135
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar
bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli
tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha
majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan
berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi.
Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Тovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat
ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma‘lum summani belgilangan
muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya‘ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan
qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi
tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan
muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu
holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq
talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor
hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda
ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga to‘lashi kerak. Bunda nima
uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani remitentga to‘lanishi, ular
o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari
borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash majburiyati faqat veksel
beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib, hech qanday keyingi
veksellar uni o‘zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o‘tkazma vekselni
o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda
ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi
tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi
bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida
uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan
akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: