O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

Mas’ul muxarrir:                               i. f. n, dots. O‘.T. Eshboev 
 
 
 
Taqrizchilar:                                      i. f. n., profess. A.S.Sotivoldiev 
 
i. f. n, dots. M.Mirxodjayev 


 

Финансовый  и  управленческий  учет:
 
Джураев  Н.Ю.,  Бобожонов  О., 
Абдувахидов Ф.Т., Сатывалдыева Д.А.  Учебник. ТГЭУ. T.: 2007. 
 
В  условиях  рыночной  экономики  для  благополучного  ведения 
хозяйственной  деятельности,  развития  коммерческой  деятельности  и 
укрепления  конкурентоспособности  хозяйствующих  субъектов  требуется 
глубокое изучение нормативно-правовых документов.    
В    учебнике  на  основании  практической  деятельности  национальных  и 
международных  субъектов,  освещены  предмет  и  метод  бухгалтерского  учета, 
финансовый  учет  основных    средств,  денежных  средств,  товарно- 
материальных  запасов,  финансовых  инвестиций,    а  также  взаимосвязь  и 
различия 
финансового 
и 
управленческого 
учета, 
управления 
над 
использованием  средств,  оценка  инвестиционной  деятельности,  принятия 
проектов, ведения учета и отчетности по сегментам. 
Данный учебник рекомендуется  для студентов высших учебных заведений 
в  бакалавриате  и  в  магистратуре.  Кроме  того,  рекомендуется  использовать  в 
качестве  учебного  пособия  дипломированным    бухгалтерам,  аудиторам, 
менеджерам, финансовым директорам и налоговым инспекторам.   
 
 
 
 
Ответственный  
редактор:                                          к.э.н.доц. У.Т. Эшбоев 
  
 
 
 
  
Рецензенты:                                    к.э.н. профес. А.С.Сотиволдиев 
                 к.э.н. доц. М.Мирходжаев 
 
 
 
 
 


 

In  conditions  of  market  economy  for  the  prosperity  of  economical  activity, 
developing  of  commercial  activity  and  strengthening  of  competitiveness  of  the 
enterprises is required deep learning of the legal-regulation documents.    
This  book  highlights  subject  and  methods  of  the  accounting,  accounting  for 
fixed  assets,  cash,  inventory,  financial  investments,  as  well  as  interrelation  and 
differences  between  financial  and  managerial  accounting,  management  of  assets, 
appraisal of investment activity, acceptance of the project, accounting and reporting 
for  different  segments  of  accounting  in  the  light  of  national  and  international 
company practices. 
This book is recommended as the textbook for the students of higher educational 
institutions in bachelor and master degrees. Besides it is recommended to use as the 
manual  to  the  professionally  qualified  bookkeepers,  auditors,  managers,  financial 
directors and tax inspectors.   
  
Responsible editor:            the candidate of economic sciences., senior lecturer.          
                                           U.Т. Eshboev 
 
 
 
 
  
The reviewers:                   the candidate of economic sciences. А.S.Sotivоldiev 
the candidate of economic sciences. М.Мirkhadjaev 
 
 
 
 


 

Kirish 
 
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  chuqurlashtirish  sharoitida  turli  mulkchilikka 
asoslangan  tashkiliy-iqtisodiy  jihatdan  bir-biridan  farq  qiluvchi  ko‘plab  xo‘jalik 
yurituvchi  subyektlarning  paydo  bo‘lishiga  zamin  yaratildi.  Shu  munosabat  xo‘jalik 
yurituvchi  subyektlarda  buxgalteriya  hisobning  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilishi  va  uning 
ustidan  nazoratning  samarali  mexanizmini  ishlab  chiqish  hozirgi  kunning  dolzarb 
vazifalaridan biridir. 
Хususan,  buxgalteriya  hisobining  ahamiyati  sifatida  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektlarda  hisob  tizimining  naqadar  to‘g‘ri  yuritilishi,  xo‘jalikning  iqtisodiy-
moliyaviy  faoliyatini  o‘rganish  va  uning  holatiga  xolisona  baho  berish,  shuningdek 
iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  samaradorligini  aniqlash  hamda  nazoratini  o‘rganish 
bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.  
Iqtisodiyotni  chuqurlashtirish  jarayonida  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘eklarning 
iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish 
va  xizmat)  ning  hajmini  bashoratlash,  shuningdek,  samaradorlikka  erishish  uchun 
muhim  bo‘lgan  qarorlar  qabul  qilish  iqtisodiy  tahlil  fanining  metodikasini  yanada 
takomillashtirib  borishni  taqozo  etadi.  Тahlil  natijasida  olingan  muhim  qarorlar 
bevosita  xo‘jalikning  boshqaruv    tizimini  yaxshilash  bo‘lsa,  ikkinchidan  ushbu 
ma‘lumotlar  tashqi  foydalanuvchilarning  xo‘jalik  faoliyatiga  bo‘lgan  qiziqishiga 
hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.  
Shu  jihatdan  ―Moliyaviy  va  boshqaruv  hisobi‖  fanini  o‘zlashtirish  jarayonida 
talabalar  bozor  iqtisodiyotining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  hamda  qonuniyatlarini 
hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama  mukammal 
o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi. 
―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanining  maqsadi - talabalarga buxgalteriya 
hisobi,  iqtisodiy  tahlil  va  audit  bo‘yicha  ilmiy-nazariy  bilimlarni  chuqurlashtirish, 
shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun 
zaruriy ma‘lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni 
qabul  qilish,  korxonaning  iqtisodiy-moliyaviy  holatini  tahlil  etish,  amalga 
oshirilayotgan  iqtisodiy  jarayonlarning  nazoratini  yuritish  borasidagi  ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iboratdir. 
Jahon  talablariga  javob  beradigan,  xalqaro  tamoyillar  va  qoidalarga  mos 
keladigan,  O‘zbekistonda  buxgalteriya  hisobini  rivojlanishini  huquqiy  asoslarini 
ta‘minlovchi  qonun  zarur  edi.
1
  Qonun  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish, 
buxgalteriya  hujjatlari  va  registrlari,  aktiv  va  majburiyatlarni  inventarizatsiya  qilish 
va  baholashning  asosiy  printsiplari  va  qoidalari,  o‘z  va  qarzga  olingan  kapitalni 
hisobi,  moliyaviy  hisobotlar  oldiga  qo‘yilgan  negiz  vazifalar,  maqsad  va  talablarni 
belgilab berishini talab etadi. 
                                                 
1
 
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни, 1996 йил 30 август. 


 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  amal  qilayotgan  qonuniy  va  me‘yoriy 
hujjatlar  barcha  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  uchun  hisob  siyosati  me‘yorlarini 
huquqiy ta‘minlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
2
  
Shu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, 
buxgalteriya  hisobi,  iqtisodiy  tahlil  va  audit  ixtisosligi  bo‘yicha  malakali  kadrlar 
tayyorlash  hamda  ularni  o‘qitishni  talab  qiladi.  Shu  jihatdan,  «Moliyaviy  va 
boshqaruv hisobi » fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta‘lim olayotgan talabalar, 
buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga 
qaratilganligidir. 
Mazkur  darslikni  tayyorlash  jarayonida  ―Buxgalteriya  hisobi»,  «Moliyaviy 
hisob»,  «Boshqaruv  hisobi»  fani  bo‘yicha  tayyorlangan  o‘quv  adabiyotlari  tahlil 
qilindi.  Bular  jumlasiga,  «Moliyaviy  hisob»  (О.Бобожонов  ва  К.Жуманиѐзов. 
Дарслик,  2002й),  «Бухгалтерский  управленческий  учет»  (М.А.Вахрушина. 
Учебник, 2000г), «Бухгалтерия щисоби» (Каримов А, Ф.Исломов. А.Авлоқулов. 
Дарслик, 2004й), «Замонавий бухгалтерия ҳисоби» (А.Сотиволдиев. Дарслик, 3-
том,  2004й),  Бухгалтерский  учет  (Н.Г.Кондраков.  Учебник,  2004г),  Бошқа 
тармоқларда  бухгалтерия  ҳисобининг  хусусиятлари  (С.Вохидов.  Ўқув 
қўлланма,  2004й),  Молиявий  ҳисоб  (И.Очилов.  Ўқув  қўлланма,  2004й)    kabi 
o‘quv  adabiyotlari  yaratilgan.  Ushbu  adabiyotlarning  Хorijda chop  etilganlari bizda 
amal  qilinayotgan  buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasiga  ko‘ra  va  ular  namunaviy 
o‘quv  dasturimizdan  ham  farq  qiladi.  Respublikamizda  chop  etilganlari  esa,  dastur 
asosida  yozilgan  bo‘lib,  «Buxgalteriya  hisobi  va  audit»  yo‘nalishlariga 
mo‘ljallanganligidir.  Biroq,  namunaviy  o‘quv  rejasiga  binoan,  boshqa  iqtisodiyot 
yo‘nalishlarida  ta‘lim  olayotgan  talabalarga  «Moliyaviy  va  boshqaruv  hisobi»  fani 
sifatida  o‘qitilishi,  ushbu  fan  bo‘yicha  darslik  tayyorlashni  taqozo  qilmoqda.  Shu 
boisdan,  yuqorida  keltirilgan  adabiyotlar  mazkur  Fan  bo‘yicha  tuzilgan  namunaviy 
o‘quv  rejasiga  mos  kelmasligidir.  Albatta  yuqorida  sanab  o‘tilgan  darslik  va  o‘quv 
qo‘llanmalar  yuqori  saviyada  yozilgan  o‘quv  adabiyotlari  hisoblanadi  hamda  ular 
nazariy-amaliy  ahamiyatga  egadir.  Biroq,  2004  yildan  boshlab  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektlar  faoliyatiga  21-sonli  BHMSni  tadbiq  etilishi,  ushbu  adabiyotlarni  ham 
qayta  ishlashni  taqozo  qilmoqda.  Bu  standartga  muvofiq,  barcha  subyektlarda 
xo‘jalik  jarayonlarini  Yangi  schyotlar  rejasiga binoan, hisobga  olishning o‘ziga xos 
xususiyatlari  yaratildi.  Shu  boisdan,  ―Moliyaviy  va  boshqaruv  hisobi‖  fanidan 
darslikni  yaratishga  ehtiyoj  sezilganligi  bois,  mualliflar  tomonidan  o‘quv  rejasiga 
ko‘ra, namunaviy dastur asosida mazkur darslik tayyorlandi. 
Shunday qilib, mazkur darslik o‘quv rejasiga ko‘ra,  iqtisodiyot yo‘nalishlarida 
ta‘lim  olayotgan  talabalarga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  ―Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi‖, 
―Moliyaviy hisob‖ va ―Boshqaruv hisobi‖, ―Boshqaruv tahlili‖ va ―Moliyaviy tahlil‖, 
―Moliya  va  kredit‖,  ―Soliqlar  va    soliqqa  tortish‖,  ―Menejment‖,  ―Marketing‖, 
―Statistika‖ kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. 
Kitob  oliy  o‘quv  yurtlarining  talabalari  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  qilinadi. 
Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar, iqtisodchilar 
                                                 
2
 
ЎзР  ВМнинг  «Маҳсулот  (ишлар,  хизматлар)ни  ишлаб  чиқариш  ва  сотиш  харажатларининг  таркиби  ҳамда 
молиявий  натижаларни  шакллантириш  тартиби  тўғрисидаги  Низом».  1999й  5-февралдаги  54-сонли  қарори;   
Ўзбекистон Республикасининг 0-23-сонли «Бухгалтерия ҳисобининг миллий андазалари». 1998-2005 йиллар. 


 

va  kasb-hunar  kollejlari  o‘qituvchilari  hamda  talabalari  ham  qo‘llanma  sifatida 
foydalanishlari mumkin. 


 


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish