1.4. Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi
Хo‘jalik jarayonlari ma‘lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul
mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi.
Korxona mablag‘larining manbalari- davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni chiqarish va
sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan
tashkil etiladi. Хo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday
mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbalari va
maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi:
birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil
topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab.
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxonaning xo‘jalik
faoliyatini xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak. Undan
tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta‘minot va sotish bosqichida ishlatiladigan
mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga
xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi.
Shunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi
mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar.
22
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat
bo‘ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta‘sirini o‘tkazuvchi
vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari yetakchi
rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining
tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga
aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar, inshootlar, transport
vositalari va xo‘jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal
amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam
beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish
jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari,
xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari
o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar
tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining
kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo‘lib, kapital qo‘yilmalar
hamda uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Nomoddiy aktivlar o‘z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar beradi.
Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, alohida
imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va
hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari foydalanish
muddatlarida o‘zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr
xarajatlariga asta-sekin o‘tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa aktivlarga ham kapital
qo‘yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi
obyektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga
hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo‘sh qolgan pul mablag‘larini
qo‘yishdan ham iborat.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang‘ich materialdan iborat.
Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab
chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi.
Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab
chiqarish jarayonida iste‘mol qilinib, o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan
mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Хom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik
zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan
metalning har xil turlari tushuniladi.
Yordamchi
materiallar
asosiylardan
farqli
o‘laroq, tayyorlanayotgan
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda
ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish yo‘li
bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish
23
uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini
ta‘minlab turish uchun ishlatiladi.
Yoqilg‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi
materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste‘mol qilinadi yoki asosiy
materiallarga qo‘shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi.
Hisobda yoqilg‘i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan.
Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining bu xosiyati natura
shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg‘ining
qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari
sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar, ba‘zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor
mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan
iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o‘tgan
bo‘lsalar xam, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqichga yo‘naltirilishi
kerak bo‘ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o‘z ishlab
chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib olingan
yarim tayyor mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor
mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga,
shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi.
Тugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat
buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab,
ba‘zi bir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat
buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha
ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat
buyumlari bu yerda hali ishlanishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan
holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat‘i nazar qiymati 50 ta
minimal ish haqi miqdorigacha bo‘lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam
xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag‘lar, ya‘ni operatsiya buyumlari, pul mablag‘lari,
debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovarga bo‘linadi. Ortib
jo‘natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor
uning uchun pul to‘lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi.
Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab
chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki
hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi.
Ushbu holda mazkur obyekt operatsiya doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga
o‘tadi.
Pul mablag‘lari har xil to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul
mablag‘lari yordamida korxona mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o‘z
xodimlariga ish haqi to‘laydi, davlat daromadlariga har xil to‘lovlar va ajratmalar
24
qiladi. Pul mablag‘lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan buyumlar uchun,
banklardan-kreditlar ko‘rinishida, yuqori tashkilotlar hamda yuqori kompaniyalardan
vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi.
Pul mablag‘lari o‘zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar
o‘zlarining pul mablag‘larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valuta
schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo‘sh pul
mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lmay, u egasining barcha asosiy
hisoblashuvlarini mol yetkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari,
tashkilotlar va hokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangandir.
Korxonaning kechiktirib bo‘lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa
to‘lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan naqd pul zaxiralari uning kassasida
joylashgan bo‘ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi.
Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-kitob schyotiga belgilangan muddatlarida
qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma‘lum mablag‘lar boshqa xo‘jalik
yuritish subyektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo‘ladi. Bunday
mablag‘larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib olingan
mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil xarajatlarini
qoplash maqsadida hisoblashish sharti bilan berilgan pul summalari bo‘yicha hisob-
kitoblar kiradi. Тopshiriqni bajarib bo‘lgandan keyin, xodim tomonidan olingan
summalarning sarflanganligi to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshiriladi va ishlatilmay
qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar
bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga qarzlar boshqa operatsiyalar bo‘yicha
ham bo‘lishi mumkin. Ularga, mol yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan da‘volar
bo‘yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning o‘z extiyojlari uchun olgan bo‘nak
summalari bo‘yicha qarzlari kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb
nomlanadi.
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har
xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor
mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo
imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy
xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash
vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog‘chalari, oromgohlar va
dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar,
tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va inventar
hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-darmonlardan iborat. Bu
mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur
bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobida
mablag‘lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo‘lib
hisobga olinadi.
25
1.1-chizma. Mablag‘lar tarkibi
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o‘z faoliyatining hajmi va
xarakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga
vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari
mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus
maqsadlarda jamg‘arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan
foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga
egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lari ma‘lum
maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga
mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga
oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi.
Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat
jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona,
tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday
maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘z va qarzga
olingan mablag‘lar manbalari.
O‘z mablag‘lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida
beriladi va unga biriktirib qo‘yiladi.
Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik
shaklidagi korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning
qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi.
Davlat korxonalarining o‘z mablag‘lari budjetdan moliyalash, zaxiralar,
taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘z mablag‘lar manbaidan iborat.
Mablag‗lar (Aktivlar)
Uzoq muddatli aktivlar
Joriy (mablag‗lar) aktivlar
Asosiy
vosi
tala
r
Uz
oq muddatli
mol
iyaviy
qo‗yilm
alar
Nomoddiy
akti
vlar
Moddi
y a
ylanma
mabla
g‗
lar
P
ul m
ablag‗
lar
i
Qisqa
muddatli
mol
iyaviy qo‗
yil
mala
r
Joriy his
ob
-kit
obda
gi
mabla
g‗
lar
Tugallanmagan kapital
qo‗yilmalar
26
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning
ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi.
Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan kelib
tushgan mablag‘larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida foydalaniladigan
buxgalteriya atamasidir. Ustav kapital esa aksincha, muassislardan kelib tushgan
mablag‘lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektoridagi korxonalarning buxgalteriya
hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir. Korxonalarga ishlab chiqarish
vositalari, operatsiya sohasining ba‘zi bir mablag‘lar turlari va noishlab chiqarish
sohasining mablag‘lari beriladi. Korxona tashkil qilinayotgan paytda hosil qilgan
barcha o‘z mablag‘larining puldagi ifodasi ustav kapitalining hajmini ifodalaydi.
Ustav kapitalining hajmi korxonaning Nizomida ko‘rsatiladi.
Хo‘jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o‘sadi yoki kamayadi va
bunda tegishli o‘zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo‘yicha
aks ettiriladi.
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish
xarajatlari, ya‘ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy
takomillashtirish, moddiy rag‘batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida
muhim topshriqlarni bajarganliklari uchun rag‘batlantirish, ularga yakka tartibdagi
yordam ko‘rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turarjoylar va madaniy - maishiy
muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy - maishiy
xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir bo‘lgan
xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Budjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini
kengaytirish uchun qo‘shimcha ravishda oladigan mablag‘lar manbaidir. Budjetdan
moliyalash tartibidagi mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini
sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag‘larning o‘sishi va
to‘ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, bolalar va madaniy - maorif
muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash va
boshqalar uchun beriladi.
Qarzga olingan mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma‘lum
bir vaqtga ma‘lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular
o‘z egalariga qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga
olingan mablag‘lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar
hisoblanadi.
Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq
muddatli hamda yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi.
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning
vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi.
Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlari va boshqalar yuzasidan
olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, ya‘ni uncha uzoq
bo‘lmagan muddatga, shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta qaytarish
sharti bilan beriladi.
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy
vositalarni sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish,
27
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot
turlarni yaratish, ularning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish, o‘z
mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga
xarajatlar qilish uchun beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli,
qaytariladigan xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi.
Shunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga olingan
mablag‘lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonalar
tomonidan ehtiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo‘shimcha
mablag‘lar olishning muhim manbaidir.
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol yetkazib beruvchilar va boshqa
kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi.
Mol yetkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga
binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to‘lanishi o‘rtasida bir qancha vaqt
o‘tadi. Shu davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol yetkazib beruvchilari
oldida qarzdor bo‘lib qoladilar. Natijada mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz
ushbu korxona mablag‘lari uchun vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi.
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan
tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta tashkidotlariga, pensiya, ish bilan
ta‘minlash jamg‘armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi.
Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o‘z ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar, sud
tashkilotlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil
tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar, ishchi va
xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo‘yicha
korxonaning qarzlaridir.
Mol yetkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarning
xususiyati shundan iboratki, olinadigan mablag‘lar korxonaning biznes-rejasida
nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda cheklangan muddatga oladi.
Тaqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi,
kasaba uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, pensiya, ish bilan
ta‘minlash jamg‘armalari va moliya muassasalariga - budjetga to‘lovlar bo‘yicha
majburiyatlar kiradi. Jalb qilingan mablag‘larning bu guruhi milliy daromadni
taqsimlashning ba‘zi shakllarini aks ettiradi.
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan
zaruriy mahsulotni taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul qilingan
qoidaga ko‘ra, ishchi va xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada ishlagan davri
tugab, bir necha kun o‘tgandan keyin beriladi. Shu munosabat bilan ishchi va
xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan majburiyatlari yuzaga kelib turadi.
Ijtimoiy sug‘urta, pensiya va ish bilan ta‘minlash jamg‘armalari bo‘yicha
majburiyatlar qo‘shimcha mablag‘larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar har
oyda ijtimoiy sug‘urtaga, pensiya, ish bilan ta‘minlash jamg‘armalariga ajratmalar
qiladi va hisoblangan summalarni tegishli schyotlarga o‘tkazadilar. Bu mablag‘lar
o‘tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. Shu munosabat bilan uning yana
28
tegishli summalarni o‘tkazish bo‘yicha doimo majburiyatlari paydo bo‘lib turadi.
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo‘shimcha mablag‘lar
taqsimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to‘lovlarni davlat
daromadiga topshirib turadi. Demak, ularda ma‘lum muddatlarda moliya tashkilotlari
oldida shu to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. Shu
to‘lovlar bo‘yicha summalarni hisoblash daqiqasidan to‘lash davrigacha ular korxona
ixtiyorida bo‘ladi.
Тaqsimot bo‘yicha majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu
manbalardan mablag‘lar chetdan olish yo‘li bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan
hosil qilinadi.
Yalpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. Ma‘lumki,
yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar
o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi
va korxona sof daromadiga bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona mahsulotining sotishsi jarayonida
qat‘iy me‘yorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni
taqsimlash paytida davlat budjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning
ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar,
dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
1.2-chizma. Mablag‘lar manbalari tarkibi.
Mablag‗lar manbai
(passivlari)
O‗z mablag‗lar manbai
Majburiyatlari
Ustav kapitali
Qo`shilgan kapital
Zaxira kapitali
Sotib olingan xususiy aktsiyalar
Taqsimlanmagan foyda
Maqsadli tushumlar
Qisqa muddatli majburiyatlari
Uzoq muddatli majburiyatlari
Kеlgusi davr xarajatlari va
rеzеrvlari uchun to`lovlar
29
Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama
yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa
korxona ixtiyorida qoldiriladi. Shuning uchun uni taqsimlanishiga qadar o‘z
mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar manbaiga kiritish mumkin emas va shu
sababdan u alohida guruhga ajratiladi.
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy
boyliklarni sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko‘rinishida,
valuta va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oladi.
Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari tasarrufida
bo‘lgan mablag‘lari va ulardan foydalanish sur‘atini kerakli axborot bilan
ta‘minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. Yuqorida
harakatdagi kapital manbalari chizmasi keltirlgan (1.2-chizmaga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |