Qisqa xulosa
Buxgalteriya hisobi faoliyat ko‘rsatayotgan subyektning mulki, majburiyatlari,
xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz
hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, pul
o‘lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining predmeti esa, ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar,
tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda
ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |