O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

7.2. Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobi 
 
Moliyaviy  qo‘yilma  bu  korxonaning  qimmatli  qog‘ozlarni  sotib  olish  uchun 
qilgan xarajatlari, ya‘ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, 
shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek 
boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir. 
Muddatiga  qarab  moliyaviy  qo‘yilmalar  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli 
bo‘ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish 
qimmatli  qog‘ozlarni  sotib  olish  maqsadiga  bog‘liq.  Masalan,  bir  yil  ichida  undan 


 
136 
foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan 
ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi. 
Moliyaviy  qo‘yilmalar  sodir  bo‘lganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar  bo‘lib  olingan 
aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga 
berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning 
amalga  oshirgan  qo‘yilmalariga  bo‘lgan  huquqini  tasdiqlovchi  hujjatlari  olinmagan 
moliyaviy  qo‘yilmalar  mablag‘lari  alohida  hisobga  olinadi.  Qimmatli  qog‘ozlar 
sotilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlarga  obligatsiyalar  va  berilgan  qarzlarni 
qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi. 
Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 5800  – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga 
oluvchi  schyotlar»  va  0600  –  «Uzoq  muddatli  investitsiyalarni  hisobga  oluvchi 
schyotlar» yuritiladi. 
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko‘rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli 
investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo‘lib, u 
oy  boshiga  bo‘lgan  moliyaviy  qo‘yilmalar  summasini  ko‘rsatadi.  Bu  schyotning 
debetida: qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo‘yilmalar, 
berilgan  qarzlar  summasi  bo‘yicha  sodir  bo‘lgan  muomalalar  aks  ettiriladi.  Krediti 
bo‘yicha  –  qimmatli  qog‘ozlarni  qaytarish,  sotish,  qaytarilgan  qarz  summalar 
bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi. 
0600–«Uzoq  muddatli  moliyaviy  qo‘yilmalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar» 
bo‘yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog‘ozlar; 0620-«Shu‘ba xo‘jalik jamiyatlariga 
investitsyalar»; 0630 - «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «Chet el 
kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli 
investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin. 
Aktivlarni  investitsiyalarga  o‘tkazish  tartibi  va  ularning  turlari:  12  -Moliyaviy 
investitsiyalar  hisobi»,  8-Konsolidallashgan  moliyaviy  hisobotlar va shu‘ba xo‘jalik 
jamiyatlariga  investitsiyalar»  va  14  -  «Qo‘shma  faoliyatda  qatnashish  ulushini 
moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy andazalari bilan tartibga 
solinadi. 
0610-Qimmatli  qog‘ozlar»  schyotida  davlat  va  mahalliy  foizli  zayom 
obligatsiyalari  va  shunga  o‘xshagan  qimmatli  qog‘ozlarga  qo‘yilgan  mavjud  uzoq 
muddatli qo‘yilmalar harakati hisobga olinadi. 
0620-«Shu‘ba  xo‘jalik  jamiyatlariga  investitsyalar»,  0630-«Qaram  xo‘jalik 
jamiyatlariga  investitsiyalar»  va  0640  -  «Chet  el  kapitali  mavjud  bo‘lgan 
korxonalarga  investitsiyalar»  schyotlarida  shu‘ba,  qo‘shma,  uyushgan  va  qaram 
korxonalarga  qo‘yilgan  mavjud uzoq  muddatli qo‘yilmalar  hamda  ularning  harakati 
hisobga olinadi. 
0690-«Boshqa  uzoq  muddatli  investitsiyalar»  schyotida  kelajakda  foyda  olish 
maqsadida  davlat  korxonalari  yoki  xayriya,  ekologik  jamiyatlariga  qo‘yilgan  uzoq 
muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning debeti 5110-«Hisob – kitob 
schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta 
schyotlari»  va  qimmatli  qog‘ozlar  sotib  olish,  boshqa  korxonalarga  qo‘yilgan 
investitsiya,  berilgan  qarzlar  qaysi  mablag‘lar hisobidan  amalga oshirilishiga qarab, 
boshqa  schyotlarning  krediti  bilan  korrespondentlanadi.  Yuqorida  keltirilgan 
schyotlar  bo‘yicha  analitik  hisob  dastlabki  hujjatlarga  asosan  qo‘yilmalar,  qimmatli 


 
137 
qog‘ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo‘yicha yuritiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarni 
oldi  –  sotdi  muomalalarini  amalga  oshirilishi  aksiya  obligatsiyalarni  nominal 
qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni 
sotib  olish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  haqiqiy  xarajatlar  summasida  qabul  qilinadi  va 
hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga va aksiyalar 
bo‘yicha  olinadigan  dividendga  qarab  aksiyalarni  sotish  qiymati  bilan  nominal 
qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi. 
Qisqa  muddatli  moliyaviy  qo‘yilmalarni  hisobga  olish  uchun  5800-«Qisqa 
muddatli  investitsiyalar»  schyotidan  foydalaniladi.  Bu  schyot  aktiv  bo‘lib,  debet 
qoldig‘i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 
yoki  berilgan  qarzlar  summasini  aks  ettiradi.  Debet  oboroti  hisobot  oyida  sotib 
olingan qimmatli qog‘ozlar,  berilgan  qisqa  muddatli kreditlar va depozitga berilgan 
summani  ko‘rsatadi.  Kredit  oborotida  sotilgan  aksiyalar,  qaytarilgan  obligatsiyalar 
yoki  zayomlar  va  depozit  summalar  aks  ettiriladi.  Ko‘rsatib  o‘tilgan  qo‘yilmalar 
hisobi  qo‘yilmalar  turlari  bo‘yicha  quyidagi:  5810-«Qimmatli  qog‘ozlar»;  5830-
«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda 
yuritiladi.  Bu  schyotlar  bo‘yicha  muomalalar  hujjatlari  uzoq  muddatli  moliyaviy 
qo‘yilmalarga  o‘xshagan,  ularning  analitik  hisobining  tuzilishi  va  yuritilishi  ham 
shunday. 
Boshqa  korxonalarga  asosiy  vositalarni  qo‘yish  yo‘li  bilan  uzoq  va  qisqa 
muddatli  qo‘yilmalar  qilinsa,  9210-«Asosiy  vositalarning  chiqib  ketishi»  schyoti 
kreditlanib  0600  va  5800–schyotlarning  tegishli  schyotlari  debetlanadi,  agar 
nomoddiy  va  boshqa  aktivlar  qo‘yilma  qilinsa,  9220-«Boshqa  aktivlarning  chiqib 
ketishi»  schyoti  kreditlanadi.  Aksiyalar  sotib  olinsa,  boshqa  korxonalarning  ustav 
kapitaliga moliyaviy qo‘yilmalar o‘tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 0600 
va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki qaytarilgan va 
o‘tkazib berilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 – schyot debetlanib 
0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Depozit qo‘yilmalar va 
berilgan  qarzlarning  qaytarilishi  5110  va  5210  –  schyotlarning  debeti  va  0600  va 
5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida aks ettiriladi. 
Aksiyalar  bo‘yicha  olinadigan  dividendlar  hisoblanganda  4840-«Olinadigan 
dividendlar»  schyoti  debetlanib  9520-«Dividendlar  ko‘rinishidagi  daromadlar» 
schyoti  kreditlanadi.  Obligatsiyalar  bo‘yicha  foizlar  hisoblansa,  4830-«Olinadigan 
foizlar»  schyoti  debetlanib  9530-«Foizlar  ko‘rinishidagi  daromadlar»  schyoti 
kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» debetlanib 
4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi. 
Korxonaning  aktividagi  aksioner  jamiyatlaridan  sotib  olingan  aksiya  va 
obligatsiyalari  turli  sabablarga  ko‘ra  sotilishi  mumkin:  aksiyalar  rejadagi  foydani 
keltirmasligi;  aksiya  va  obligatsiyalarni  faqat  uzoq  vaqt  ichida  foyda  olish  uchun 
emas, balki ularni keyinchalik sotish yo‘li bilan foyda olish maqsadida sotib olinishi. 
Qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 9220-
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga xo‘jalik 
muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o‘xshagan. 


 
138 
Sotilgan  yoki  qaytarilgan  qimmatli  qog‘ozlarning  balans  qiymatiga  9220  -
schyoti  debetlanib  0600  va  5800  -  schyotlarning  tegishli  schyotlari  kreditlanadi. 
Ushbu  qiymatliklarni  sotishdan  foyda  olinsa,  9220  -  schyoti  debetlanib,  9320 
«Boshqa  aktivlarning  chiqib  ketishidan  foyda»  schyoti  kreditlanadi.  Zarar  qilinsa  -
9430-«Boshqa  operatsion  xarajatlar»  schyoti  debetlanib,  9220  -schyoti  kreditlanadi. 
Qimmatli  qog‘ozlarni  sotishdan  olingan  tushumga  5110  yoki  5210-  schyoti 
debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi. 
Obligatsiyalarni  sotib  olishdan  maqsad  ularning  nominal  qiymatiga  qarab  foiz 
olish, shuningdek qaytarilgandan so‘ng obligatsiyalarning nominal qiymatini olishdir. 
Shu  boisdan  obligatsiyaning  haqiqiy  qiymati  bilan  nominal  qiymati  orasidagi  farq 
shunday  amortizatsiyalanishi  kerakki,  qaytarilish  vaqtida  haqiqiy  qiymati 
obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo‘lsin. Bunda ikki variant mavjud: 
-  obligatsiyani  nominal  qiymatidan  ortiq  summaga  sotib  olinishi.  Bunday 
hollarda  obligatsiyalar  bo‘yicha  foizlar  sotib  olingan  vaqtda  olingan  daromad 
hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo‘li bilan 
haqiqiy qiymati nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi; 
-  obligatsiyani  nominal  qiymatidan  kam  summaga  sotib  olinishi.  Bunday 
hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz daromadini 
ko‘paytirish yo‘li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning sotib olish narxi 
nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi. 
Obligatsiyalarni  haqiqiy  sotib  olish  qiymati  bilan  nominal  qiymati  orasidagi 
farqi, ularning muomalada bo‘lish muddati ichida bir tekisda - xo‘jalik faoliyatining 
natijasiga o‘tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud: 
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda 
obligatsiyaning  haqiqiy  qiymati  har  oyda  qiymatlar  orasidagi  farqini  zararga 
o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi; 
-  obligatsiyani  nominal  qiymatidan  kam  summaga  sotib  olinishi.  Bunday 
hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda hisoblab, 
firmaning foydasiga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi. 
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
foiz  summasini  puli  olingunga  qadar  foydaga  o‘tkazsa  bo‘ladi.  Uzoq  muddatli 
obligatsiyalar  bo‘yicha  foiz  hisoblash  mumkin  emas,  chunki  moddiylashtirilmagan 
foyda  hosil  bo‘ladi.  Ehtiyotkorlik  prinsipiga  binoan  moliyaviy  natijalarni  aks 
ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha sodir bo‘lgan zararlarni 
foyda yoki zararlar schyotiga o‘tkazish mumkin, lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi 
bo‘yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu demak, olingan foyda miqdorini buzib 
ko‘rsatishdir. 
Uzoq  muddatli  obligatsiyalarni  sotib  olish  xarajatlari  ularning  nominal 
qiymatidan ortiq bo‘lsa, uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha zararlar 
obligatsiyalarni  muomalada  bo‘lish  muddati  ichida  har  oyda  teng  qismda 
korxonaning zarariga o‘tkazib boriladi. Lekin bunday muomalalarning foydasi yo‘q, 
shuning uchun ham ularga yo‘l qo‘ymaslik kerak.  
Uzoq  muddatli  obligatsiyalar  ko‘pincha  qirqib  olinadigan  talonlari  bilan 
chiqarilib,  obligatsiyalarni  muomalada  bo‘lgan  davri  ichida  vaqti  -  vaqti  bilan  ular 
bo‘yicha foizlar to‘lanadi. Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati bilan 


 
139 
nominal  qiymati  orasidaga  farqi  har  gal  korxonaga  daromad  hisoblaganda  hisobdan 
chiqarib  boriladi.  Agar  obligatsiyalarni  sotib  olish  qiymati  ularning  nominal 
qiymatidan  ortiq  bo‘lsa,  har  gal  foiz  hisoblanganda  obligatsiyalarning  nominal 
qiymatidan  ortiq  summaning  bir  qismiga  haqiqiy  daromad  kamaytirib  boriladi. 
Schyotlarda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 4830-«Olinadigan foizlar» 
–  obligatsiyalar  bo‘yicha  olishga  tegishli  bo‘lgan  foizlar  summasiga,  Kt  0610 
«Qimmatli  qog‘ozlar»  –  obligatsiyalarning  nominal  qiymatidan  olingan  haqiqiy 
qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti – olishga 
tegishli  foizning  qolgan  qismiga,  ya‘ni  4830  va  0610  –  schyotlarga  o‘tkazilgan 
summalar orasidagi farqiga. 
Хalqaro  buxgalteriya  hisobi  andozasi  konsepsiyalariga  binoan,  boshqa  aktivlar 
kabi, investitsiyalar ham faqat o‘zlarida mujassamlangan foydani korxona kelajakda 
olishga  yetarli  darajada  ishonchi  bo‘lsagina  buxgalteriya  hisobida  aktivlar  tarkibida 
hisobga  olishi  mumkin.  Ularni  sotib  olishi  uchun  birgina  qilingan  xarajatlar  yetarli 
emas.  Bu  xarajatlar  kelajakda  iqtisodiy  naf  keltirishi  to‘g‘risidagi  ishonchni 
tasdiqlash  zarur.  Basharti  bunday  ishonch  bo‘lmasa,  qilingan  sarflar  aktivlar  emas 
xarajatlar deb hisoblanadi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish