O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
7.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi 
 
Investitsiya  fondlari  –  bu  faoliyatini  o‘z  aksiyalarini  chiqarib  aholi  o‘rtasida 
tarqatish  yo‘li  bilan  mablag‘lar  yig‘ib,  keyin  o‘z  mablag‘larini  maxsus  davlat 
kreditlariga,  davlat  xazina  majburiyatlariga  investitsiya  qiluvchi  va  qimmatli 
qog‘ozlar oldi sotdi bitimlarini bajaruvchi ochiq turdagi aksioner jamiyatidir. 
Investitsiya fondlarining daromadlari quyidagilardan iborat: korxonalardan sotib 
olingan  aksiyalar  bo‘yicha  dividendlar  va  qimmatli  qog‘ozlar  muomalalaridan 
olingan  daromadlar.  Yuqorida  keltirilgan  faoliyat  investitsiya  fondlarining  maxsus 
faoliyatidir.  Investitsiya  fondlarining  aksiyalar  va  qimmatli  qog‘ozlar  bilan 
bo‘ladigan  barcha  muomalalari  depozitariyada  hisobga  olinadi.  Investitsiya  fondlari 
aktivlarining  vakolatli  boshqaruvi  fondni  boshqarish  to‘g‘risidagi  shartnomaga 
binoan, haq to‘lash yo‘li bilan boshqaruvchi kompaniyaga topshiriladi. 
Investitsiya fondlari faoliyatining o‘ziga xosligi - bu muomalalarni buxgalteriya 
hisobida ham alohida xususiyatni vujudga keltiradi. Хalqaro buxgalteriya andozalari 
talablariga  javob  beradigan  xususiylashtirilgan  investitsiya  fondlari  schyotlar  Rejasi 
qabul qilingan. Umumiy qabul qilingan schyotlar rejasi asosida tuzilgan bo‘lib, faqat 
yangi schyotlar qo‘shilgan. Bu schyotlar xususiylashtirilgan investitsiya fondlarining 
aktivlari kapitali, daromad va xarajatlari hisobini analitikligini oshiradi. 
Sof  foyda  investitsiya  fondlarining  barcha  xarajat  va  daromadlarini  balansi 
bo‘lib, u 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga olinadi. 
Hisobot davri tugab, schyotlar xotimalangandan so‘ng sof foyda 8710-«Hisobot 
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga o‘tkaziladi. 
Aksionerlarning  umumiy  majlisi  qarori  bo‘yicha  rezerv  kapitali  schyotida 
belgilangan  summa  tashkil  etilgandan  so‘ng  sof  foyda  qisman  yoki  to‘liq 
kapitallashishga  yo‘naltirilishi  yoki  aksionerlar  o‘rtasida  taqsimlanishi  mumkin. 
Rezerv  kapitalidan  aksionerlarning  umumiy  majlisi  qarori  bo‘yicha  qoplanmagan 


 
140 
zararlarni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin. Dividendlar to‘lashga yo‘naltirilgan sof 
foyda 6610 «Тo‘lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi. 
Investitsiya  fondlarining  daromad  va  xarajatlarini  buxgalteriya  hisobi  va 
hisobotida  to‘liq  va  to‘g‘ri  aks  ettirish  uchun  har  bir  daromad  va  xarajat  turlari 
bo‘yicha  schyotlar  ochish  kerak.  Investitsiya  fondlarining  daromadlari  asosan 
qimmatli  qog‘ozlarga  egalik  qilish  va  ularni  sotishdan  olingan  summa  hisobiga 
tashkil bo‘ladi. 
Investitsiya  fondlarining  daromadlari  quyidagilardan  iborat:  kapital  bo‘yicha 
foydalar;  moliyaviy  faoliyatdan  olingan  daromadlar;  davlat  xazina  obligatsiyalari 
bo‘yicha  hisoblangan  va  olingan  foizlar;  xususiylashtirilgan  korxonalar  aksiyalari 
bo‘yicha olingan dividendlar; da‘vo qilish muddati ichida olinmagan dividendlar. 
Investitsiya  fondlarining  xarajatlari  quyidagilardan  iborat:  davlat  krediti 
bo‘yicha  hisoblangan  va  to‘langan  foizlar;  investitsiya  fondlarining  faoliyati  bilan 
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; soliq va boshqa majburiy to‘lovlar; moliyaviy va boshqa 
xarajatlar. 
Qimmatli  qog‘ozlar  hisobi  0610-«Qimmatli  qog‘ozlar»  schyotida  yuritiladi.  Bu 
schyotda  quyidagilar  hisobga  olinadi:  korxonalar  aksiyalari;  foizli  obligatsiyalar; 
diskontli  obligatsiyalar;  hisoblangan  foizlar;  aksiyalar  va  obligatsiyalarni 
baholaridagi  farqlarni  hisobga  olish.  Analitik  hisob  bir  tip,  elementlar  va  bir 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar jami bo‘yicha yuritiladi. 
Qimmatli qog‘ozlarning hisob bahosi ularning turlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan 
bahoda baholanadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olish bahosida hisobga olinadi. 
Maxsus  davlat  kreditidan  foydalanib  xususiylashtirilgan  korxonalarning 
aksiyalari  sotib  olinsa,  quyidagi  rasmiylashtiriladi:  Dt  0610-«Qimmatli  qog‘ozlar», 
Kt  5110-«Hisob-kitob  schyoti»  -  bitim  summasining  1/6  qismiga,  Kt  7830-
«Тo‘lanadigan obligatsiyalar» schyoti - bitim summasining 5/6 qismiga. 
Basharti  xususiylashtirilgan  korxonaning  aksiyalari  faqat  o‘z  mablag‘lari 
hisobidan  sotib  olinsa,  bitimning  to‘liq  summasiga  5110-«Hisob  -  kitob  schyoti» 
kreditlanadi. 
Agar  sotib  olingan  qimmatli  qog‘ozlarni  kirimga  olish  sanasi  bilan  ularning 
qiymatini  to‘lash  sanasi  orasida  vaqt  oraliYoi  vujudga  kelsa,  5110  -  schyotining 
o‘rniga 6830-«Тo‘lanadigan obligatsiyalar» schyoti kreditlanadi. 
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olinadigan daromad ularni sotib olish narxi bilan 
sotish  narxi  orasidagi  farqdan  iborat.  Bu  farqi  kapital  bo‘yicha  amalga  oshirilgan 
foyda 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining kreditida aks ettiriladi. 
Ҳisoblangan foizlar esa daromad sifatida bu daromadni vujudga kelish paytida, ya‘ni 
foizlar  hisoblanganda  9530-«Foizlar  ko‘rinishidagi  daromadlar»  schyotida  aks 
ettiriladi. 9220-  schyotining  kreditidagi summa  9320-  schyoti orqali 9910-«Yakuniy 
moliyaviy natija» schyotining kreditiga o‘tkaziladi. 
 
Хulosa 
Moliyaviy  qo‘yilmalar  –  bu  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  tomonidan  qimmatli 
qog‘ozlar operatsiyalariga amalga oshirish uchun srflangan xarajatlari bo‘lib, ushbu 
xarajatlar kelgusida daromad keltiruvchi aktivlarning shakllanishidir. 
 


 
141 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish