145
eskirishi, ijara to‘lovlari, yonilg‘i, suv, energiya sarflari qayerlarga sarflanganiga
qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi.
Shu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar
turlari bo‘yicha
moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va
sarflangan umumiy
xarajatlar to‘g‘risida ma‘lumotlarni yig‘adi. Ushbu ma‘lumotlarga asoslangan holda
manfaatdor shaxslar kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib bormay soliqlarning
to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Ushbu holat faqatgina bozor
iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydi.
Chunki amaliyotda ko‘pchilik holatlarda soliq organlari xo‘jalik yurituvchi
subyektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining qo‘llanishini
mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini kamaytirish
holatlarining oldini olish va jazolash maqsadida chuqur va har tomonlama
tekshiradilar.
Boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan ayrim schyotda xo‘jalik yurituvchi
subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi-
marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma
xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning
summasi bir xil bo‘lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal
daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi.
Moliyaviy buxgalteriyada 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda
aks ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish
faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi
bo‘yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni osonlashtirish uchun ayrim
cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi, ya‘ni xo‘jalik yurituvchi subyekt faqat asosiy ishlab
chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy
faoliyatlari yo‘q deb faraz qilinadi.
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo‘yidagi tartibda
hisoblab chiqiladi:
- tovar-moddiy zaxiralarning qiymati faqatgina yilning oxirida inventarizatsiya
natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma‘lumotlariga muvofiq qayd qilinadi.
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida ТMK
qoldiq summasining ko‘payishiga qo‘shilib ushbu olingan ko‘rsatkichdan sarflangan
umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi.
Hisobning integratsiyalashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki
buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida
qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan
ushbu schyotlarga ta‘lluqlidir. Subyektning faoliyati bo‘yicha sarflarni aniqlash
uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig‘i aks ettiriladi va
ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining
schyotlarida yoritiladi.
Misol: 2800-"Тayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina boshqaruv
hisobining ushbu schyotidan berilgan ma‘lumotga asosan tegishli mahsulotlarning
146
qoldig‘i ko‘rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo‘lgan hamma muomalalar, tayyor
mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish muomalalari, ularning umumiy summalari
boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi. Boshqa jarayonlar-
tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, ТMZ qoldiq summasi,
moliyaviy natijalarning ko‘rsatkichlari ham shu tartibda moliyaviy va boshqaruv
hisoblarida yoritiladi. Тegishli ma‘lumotlarni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazish
ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali amalga oshirilib hisobot
davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda qoldiq bo‘lmaydi.
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma‘lumotlarning
samaradorligidir. Chunki asosiy maqsad shu hisobning ma‘lumotlariga tayangan
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. Shuning uchun
ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning
ma‘lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko‘rilgan iqtisodiy naflar qoplasa
va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi.
Ushbu holatda shuni ham e‘tiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan
naflar darhol ko‘zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini
qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. Shuning uchun boshqaruv hisobining
iqtisodiy samardorligi uni qo‘llash doirasiga va ma‘lumotlarni yig‘ish va ularga
ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog‘liq. Amaliyotda mamlakatimizda
buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan
(integratsiyalashgan) yuritiladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng avvalo
tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini ishlab chiqish
va hisob siyosatiga kiritishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: