O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

8.5. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini 
kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli 
 
Bizga ma‘lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi  subyekt o‘zining faoliyatidan kelib 
chiqqan  holda  hisob  siyosatini  ishlab  chiqadi  va  unda  xarajatlarni  hisobga  olish  va 
mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usulini belgilaydi. Demak, yuqorida yoritilgan 
usullarning  qaysi  birini  qo‘llash  uning  texnologik  jarayoni,  mahsulotining  turlari, 
tarmoq xususiyati va tashkiliy tarkibiga bog‘liq. 
Хarajatlarni  hisobga  olish  mahsulot  yoki  buyurtmaning  tannarxini  kalkulatsiya 
qilishning  buyurtmali  usuli  asosan  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  uchun  sarflangan 
xom-ashyo  va  materiallar,  mehnat  sarflari  va  boshqa  umumiy  ishlab  chiqarilgan 
mahsulot,  bajarilgan  ish  yoki  ko‘rsatilgan  xizmatning  turiga  olib  borish  imkoniyati 
bo‘lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qo‘llaniladi. 
Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olish  va  mahsulot  (ish,  xizmat)ning 
tannarxini  kalkulatsiya  qilishning  buyurtma  usulini  joriy  qilish  uchun  tegishli  shart-
sharoitlar  mavjud  bo‘lishi  kerak.  Ushbu  usulni  joriy  qilishning  asosiy  sharti  bu 
tegishli  buyurtmaga  asosan  yoki  bitta  ayrim  olingan  mahsulotni  yoki  ushbu 
mahsulotlarning  guruhini ajratish  imkoniyatini  yaratish va  ishlab  chiqarilgan  har  bir 
mahsulot  yoki  bajarilgan  ishning  o‘rtacha  emas,  balki  yakka  holdagi  tannarxi 
to‘g‘risida  ma‘lumotlarni  olish  sharoitini  tug‘dirishdir.  Ushbu  hisob  va  kalkulatsiya 
tizimining usuli qo‘llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish  obyektlari, 
samolyot-kemasozlik,  qog‘oz,  mebel  sanoati,  ilmiy-izlanish,  konstruktorlik  va 


 
153 
ta‘mirlash  ishlari,  auditorlik,  konsalting  xizmatlari  va  shunga  o‘xshash  yakka 
buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi. 
Buyurtmalar  bo‘yicha  xarajatlarni  umumlashtirilgan  hisobi  bir  necha  variantlar 
bo‘yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash 
va shartnoma bo‘yicha tannarx kalkulatsiyasi. 
Nazorat  schyotlari-  bu  xarajatlar  va  ular  bilan  korrespondensiyada  bo‘ladigan 
schyotlarni  moliyaviy  hisobning  odatdagi  tartibida  ochilishini  ko‘zda  tutuvchi 
schyotlar  tizimi  hisoblanadi.  Хarajatlarning  analitik  schyotlari  xarajatlar  to‘plami 
kartochkalarida  ko‘rsatilgan-  ularda  to‘g‘ri  xarajatlar  umumlashtiriladi.  Egri 
xarajatlarni  esa  taqsimlash  hisoblari  bo‘yicha  hisobot  davri  tugagandan  so‘ng 
kiritiladigan  "buyurtmalar  kartochkalari"da  hisobga  olib  boriladi.  Kartochka 
buyurtmada  ko‘rsatilgan  hamma  ishlar  bajarilgandan  so‘ng  yopiladi.  Hamma 
buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob schyotlariga 
o‘tkaziladi. 
Alohida  hisoblash-  bu  boshqaruv  va  moliyaviy  hisobda  schyotlarni  alohida 
ochishni  ko‘zlovchi  hisob  tizimi  bo‘lib,  bu  holda  xarajatlar  schyotlariga  moliyaviy 
muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi. Bu variant yozuvlarni hisobning ikki turida 
takrorlashni ko‘zda tutadi.  
Shartnoma  bo‘yicha  tannarx  kalkulatsiyasi-  ishlab  chiqarilishi  uzoq  siklli 
bo‘lgan  yirik  buyumlarni  hisobga  olish  va  kalkulatsiya  qilish  tizimi  hisoblanadi. 
Ishlab  chiqaruvchiga  qilingan  ishlar  uchun  bosqichlar  bo‘yicha  oraliq  to‘lovlar 
shartnomada  ko‘zda  tutilgan  to‘lovlar  summasi  buyurtmachi  dalolatnoma  bilan 
tasdiqlangan realizatsiya qilingan ishlar qiymati bilan aniqlanadi. Тo‘lovlarning kelib 
tushishiga  qarab  mazkur  davr  uchun  foyda  hisoblash  uchun  realizatsiya  qilingan 
mahsulot  tannarxiga  kiritilishi  kerak  bo‘lgan  xarajatlar  aniqlanadi.  Shu  yerda  vaqti 
o‘tmagan  xarajatlarning  miqdori,  ya‘ni  tugallanmagan  va  buyurtmachiga 
topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi. 
Shartnoma  bo‘yicha  kalkulatsiya  tizimi  qo‘llanilganda  bu  tizim  uchun 
o‘rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya‘ni: 

  shartnoma  bajarilishining  erta  davrlarida  foydani  hisoblamaslik-  bu  daromad 
va xarajatlarni baholashning past ishonchliligi; 

  ziyrak  bo‘lish-  hisobot  davrida  aniqlangan  zararlar  shu  davrda  realizatsiya 
qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo‘lsa, unda 
ularning  summasi  realizatsiya  qilingan  mahsulotning  tannarxiga  zararlar  ehtimoli 
aniqlangandan  so‘ng  kiritiladi.  Masalan,  ta‘til  summalarini  to‘lash  bilan  bog‘liq 
ishchilar ta‘tili va qo‘shimchalarni to‘lash uchun zaxira yaratiladi. 

  35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga ziyrak 
bo‘lish kerak. Hisobot sanasiga bo‘lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
 
Foyda 

Ko‘zda 
tutilgan 
foydaning 2/3 qismi 

Buyurtmachidan olingan summalar  
Тopshirilgan ishlarning qiymati 
 
Ko‘zda 
tutilgan 
foyda 
=  Тopshirilgan 
ishlarning 
qiymati 

Тopshirilgan 
ishlarning 
tannarxi 
-  Ko‘zda 
tutilmagan 
xarajatlarning zaxirasi 


 
154 
 
Shunday qilib, tannarxni buyurtma bo‘yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish 
tizimi quyidagicha tavsiflanadi: 
- sarflar haqidagi ma‘lumotlar mahsulotning turlariga yoki  tayyor mahsulotning 
alohida seriyalariga o‘tkazish bilan; 
-  xarajatlar  hajmining  oraliq  vaqtda  emas  har  bir  tugallangan  guruh  (partiya) 
bo‘yicha o‘zgarishi bilan; 
-  bosh  kitobda  debet  qoldig‘ida  tugallanmagan  ishlab  chiqarishning  hajmi 
ko‘rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" schyotini yuritish bilan. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish