131
bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan
summalar;
ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun
hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal
davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari,
uchun haq to‘lash;
ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash:
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo‘shimcha ta‘tillar,
navbatdagi foydalanilmagan va qo‘shimcha ta‘tillar uchun kompensatsiyalar,
o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi
tanafuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;
majburiy ta‘tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq to‘lash;
donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash;
xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular
tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar
bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob
xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi
ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo‘yicha
aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz
mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan
hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi.
Ishchilarning ta‘til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi
xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag‘larini tashkil
qilish huquqiy berilgan bo‘lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha
xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va
10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga qobiliyatsizligi bo‘yicha nafaqa va ijtimoiy sug‘urta organlari mablag‘lari
hisobidan to‘lanadigan boshqa to‘lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga
to‘lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-
orderida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: