6.5. Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va
foydalanishni nazorat qilish
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va
xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda
xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O‘zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi
to‘lash bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi
qo‘llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi
to‘lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish
beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan
ishchining ishlagan vaqti bo‘yicha tarif stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchi holda korxona rejali avans to‘lashning o‘rniga oyning birinchi yarmi
bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti
bo‘yicha ish haqi hisoblaydi.
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so‘ng, 40-50 foizi
miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish
uchun foydalaniladigan hujjat bo‘lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi
dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish
uchun asos bo‘lib hisoblanadi:
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt
yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi
(bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo‘qotgani va shu kabilar uchun to‘lanadigan haq);
- ish haqini yig‘ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun;
- barcha turdagi qo‘shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani
bo‘yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti;
- o‘tgan oy bo‘yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini
hisoblash uchun;
- ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari;
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomaslari;
- rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo‘lib hisoblanadi, chunki u har bir
tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to‘lov va ushlanmalar turlari bo‘yicha
tuziladi. Тo‘lov qaydnomasi quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat:
- to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo‘yicha;
129
- to‘lov va zachet turlari bo‘yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning
debet oboroti;
- qo‘liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning kredit
saldosi.
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha
to‘lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir
qancha variantlar qo‘llaniladi:
- hisoblashish-to‘lov qaydnomaslarini tuzish yo‘li bilan. Bunda ikki registr
birlashtirilgan: hisoblash va to‘lov qaydnomasi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida to‘lashga
tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to‘lanadi);
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo‘li bilan, to‘lash esa to‘lov qaydnomasi bilan
amalga oshiriladi;
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo‘liga tegadigani) «Ish haqi
hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo‘li bilan. Bunga asosan ish haqi berish
uchun to‘lov qaydnomasi tuziladi.
Moliyalash manbaidan qat‘iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari
tarkibiga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun
bo‘yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o‘rtacha ish haqi,
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan xarajatlarning
barchasi xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar
tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o‘tkazilib, keyin har oyda hisobot davri
foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan
nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi.
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar,
korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan
mablag‘larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o‘z navbatida mehnat
haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni
taqozo etadi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy
hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish
ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun
sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo‘yicha
yig‘ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo‘yicha yig‘ma» ishlov berish
jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomaslariga asosan tuziladi.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma‘lumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1
jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo‘yicha ma‘lumotnoma tuzish
va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi.
Chunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan
ushlangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma 6410-schyotning kredit
ma‘lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti
6520-schyotning debeti bo‘yicha; 7-qaydnomasga – 4710-schyotning krediti
bo‘yicha, 6990-schyotning krediti bo‘yicha yoziladi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |