O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka 
Mehnatga haq 
to‘lash bo‘yicha 
razradlar 
Nolinchi razradga 
nisbatan tarif 
koeffitsiyentlari 
Mehnatga haq to‘lash 
bo‘yicha razradlar 
Nolinchi razradga 
nisbatan tarif 
koeffitsiyentlari 










10 
11 
1,000 
2,014 
2,216 
2,439 
2,681 
2,937 
3,205 
3,484 
3,773 
4,064 
4,361 
4,663 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
18 
19 
20 
21 
22 
 
4,973 
5,288 
5,606 
5,931 
6,259 
6,593 
6,930 
7,273 
7,620 
7,973 
8,328 
 
Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning 
mehnatiga  to‘lanadigan  summani  mazkur  ishchiga  belgilangan  razradning 
koeffitsiyentiga  ko‘paytirish  kerak.  Yuqorida  keltirilgan  yagona  tarif  setkasini 
budjetdan  moliyalashtiriladigan  muassasalar,  tashkilot  va  korxonalar  qo‘llashga 
majbur. 
O‘zining moliyaviy faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, 
davlat-aksioner  korxonalari  va  tashkilotlari  mehnatga  haq  to‘lashning  yagona  tarif 
setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa 
mulk  shaklidagi  korxona,  tashkilot  va  muassasalarga  yagona  tarif  setkasi  asosida 
xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi. 
Тarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan nolinchi razryadning minimal 
ish  haqi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi. 
Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan 
o‘rtacha  oy  ish  kunlarining  uzunligiga  (ish  vaqtining  o‘rtacha  oy  fondi)  qarab  1-
razryadning  soatlar  tarif  stavkalarining  minimal  o‘lchami  aniqlanadi.  Chunonchi, 
nolinchi razradning minimal ish haqisi 12420 so‘m va (40 soatlik ish haftasida) ish 
vaqtining o‘rtacha oylik  fondi 169,2 soat  bo‘lgan  taqdirda  soatlik tarif stavkasining 
o‘lchami 73,40 so‘m bo‘ladi (12420 : 169,2). 
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay 
ishchilar),  shuningdek  kasb  guruhlari  va  ish  turlari  (uch  guruh  stavkalar)  bo‘yicha 
tabaqalashtirib korxona mehnatga  haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini ishlab chiqishi 
mumkin.    Bir  korxona  moliyaviy  imkoniyatlari  va  boshqa  ishlab  chiqarish 
ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi. 
Mehnatga  haq  to‘lashni  tashkil  etishning  asosiy  elementi  bo‘lib,  mahsulot 
birligini  ishlab  chiqarishga  yoki  ma‘lum  tashkiliy-texnik  sharoitlarida  berilgan  ish 
hajmini  bajarishga  sarflanadigan  mehnat  o‘lchamini  belgilovchi,  mehnatni 
normalashtirish hisoblanadi. 
Mehnatni  normalash,  mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  qilishning  asosiy  tarkibiy 
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi. Normal 


 
121 
ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo‘ladigan 
normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish 
normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma‘lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda 
ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi. 
Korxonalarga  mehnatga  haq  to‘lash  shakl  va  tizimlarini  mustaqil  belgilash 
huquqi berilgan. Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. 
Mehnatga  ishbay  shaklida  haq  to‘langanda  ish  haqi,  mahsulotning  sifati, 
murakkabligi  va  ish  sharoitini  hisobga  olgan  holda,  ishlab  chiqarilgan  mahsulot 
birligining  miqdoriga  bog‘liq.  Vaqtbay  shaklida  ish  haqi,  xodimlar  malakasi  va  ish 
sharoitini  hisobga  olgan  holda,  sarflangan  (haqiqiy  ishlagan)  vaqtning  miqdoriga 
bog‘liq. 
Ishbay  ish  haqi  shakli  ishchilarni,  ilg‘or  tajribalardan  foydalangan  holda, 
mehnat  unumdorligini  oshirishga  moddiy  jihatdan  qiziqtiradi.  Mehnatga  haq 
to‘lashning  bu  shaklida  ishlab  chiqarilgan    mahsulot  sifatini  qat‘iy  tekshirish  zarur. 
Mehnatga  haq  to‘lashning  ishbay  shakli  quyidagi  mehnatga  haq  to‘lash  tizimlariga 
bo‘linadi: to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay 
tizim
Mehnatga  vaqtbay  shaklida  haq  to‘langanda  ish  haqi  hisoblash  bo‘yicha  asos 
qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. 
Vaqtbay  ish  haqi  shakli  ikki  tizimdan  iborat:  mehnatga  haq  to‘lashning  oddiy 
vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida  ish haqi bevosita 
ishlagan  vaqt  miqdoriga  bog‘liq.  Vaqtbay-mukofot  tizimida  oddiy  vaqtbay  tizimi 
bo‘yicha hisoblangan ish haqiga qo‘shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, 
yoqilg‘ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to‘xtovsiz 
ishlashi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi. 
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga 
haq  to‘lashlar  yakka  va  umumiy  bo‘lishi  mumkin.  Ish  jarayonida  kasblarni  birga 
qo‘shib  olib  borish,  ijrochilarning  birini  ikkinchisiga  bog‘liqlik  zarurati  bo‘lsa, 
mehnatga haq to‘lash umumiy bo‘lishi mumkin. 
Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab chiqarishning 
xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga, shuningdek mahsulot 
sifatini  nazorat  qilish  usuliga  bog‘liq.  Тasdiqlangan  qonunga  binoan  sanoatda 
quyidagi  dastlabki  hujjatlar    qo‘llaniladi:  ishbay  ish  naryadi,  marshrut  varaqasi, 
tayyorlangan  mahsulot  to‘g‘risida  raport,  tayyorlangan  mahsulotni  hisobga  olish 
qaydnomasi,  bajarilgan  ishlarni  qabul  qilish  dalolatnomasi,  vaqtbay  ishlovchilarga 
berilgan  normalashtirilgan  topshiriq  va  boshqalar.  Ishlangan  mahsulot  va  bajarilgan 
ishlar  hisobi  bo‘yicha  dastlabki  hujjatlar  miqdorini  anchaga  kamaytirish  uchun 
yiriklashtirilgan,  kompleks  me‘yor  va  baholarni  qo‘llash,  shuningdek  bir  yo‘la 
tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga ko‘p kunlik (yig‘ma hujjatlar)  haftada ishbay 
ishlarning bajarilishi (Т-28-shakl) ga o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.  
Ish  haqini  to‘g‘ri  hisoblash  uchun  barcha  hujjatlarda  quyidagi  ma‘lumotlar 
keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, 
ismi,  otasining  ismi;  tabel  raqami  va  ishchining  razryadi;  ish  birligiga  belgilangan 
vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo‘yicha norma-soat miqdori  


 
122 
Тexnologik  karta,  sex,  uchastka  ishlab  chiqarish  dasturiga  binoan  tuzilgan, 
amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan 
oldin  ishchiga  yoki  brigadaga  topshiriladi.  Ish  bajarilgandan  so‘ng  texnik  nazorat 
bo‘limi  (OТK)  haqiqiy  ishlab  chiqarilgan  va  qabul  qilingan  yaroqli    mahsulotlar 
miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi. 
Yakka, takrorlanmaydigan  mahsulot  ishlab  chiqarishlarida ishbay  ish bo‘yicha 
asosiy  hujjat  bo‘lib  bir  yo‘la  tuziluvchi,  yig‘ib  boruvchi,  shuningdek  yakka  va 
brigada  bo‘yicha  tuziladigan  naryad  hisoblanadi.  Bir  yo‘la  naryad  smena  yoki  oy 
davomida  bir  buyurtma  yoki  ishlab  chiqarish  xarajatlari  turiga  tegishli  ish  turlari 
bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar 
brigada  tomonidan  bajarilsa  –  brigada  (umumiy)  naryadi  deyiladi.  Naryadning  orqa 
tomonida  brigada  tarkibi,  ishlangan  vaqt,  bajarilgan  ish,  brigada  a‘zolarining 
malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlar keltiriladi.  
Naryadlar  bo‘yicha  bajarilgan  ish hajmi  va  ishlar  harakatini  texnologik  zanjiri 
tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), 
biri  ikkinchisi  bilan  bog‘lanmagan  bir  yoki  bir  necha  operatsiyalarga  yoziladi. 
Shuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya (guruh) bir xildagi 
mahsulot  tayyorlaydigan  seriyali  ishlab  chiqarishlarda tayyorlangan  mahsulot  va  ish 
haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha 
har  bir  ishchi  ish  bajarishi  mumkin.  Marshrut  varaqasi  barcha  texnologik  jarayon 
operatsiyalariga va ma‘lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi.  Bunda 
ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, 
ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut 
varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har 
birining  ish  haqisi  maxsus  hujjatda  –  15  kunda  yoki  bir  oyda  bir  marta  tuziladigan 
ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi. 
Ko‘plab  ishlab  chiqarish  xarakteridagi  korxonalarda  ishchilar  odatda  o‘zlariga 
berkitilgan  bir  xil  texnologik  operatsiyalarni  bajaradi.  Bunda  ishlab  chiqilgan 
mahsulot  va  ish  haqining  hisobi  smena  yoki  oy  bo‘yicha  tuziladigan  yig‘ma 
qaydnomaslarda yuritiladi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish