6.2. Mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlari hamda ularni
hujjatlashtirish
Mehnatga haq to‘lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini
bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma‘lum tartibini belgilash zarur.
Demak, korxonada mehnatga haq to‘lashni tashkil etish biri-biriga bog‘liq bo‘lgan
uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga
haq to‘lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan
mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa
mehnatga haq to‘lash shakllari bilan aniqlanadi.
Ishchilar mehnatiga haq to‘lashda tarif setkasi asos bo‘lib hisoblanadi. Тarif
setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to‘lash shakli va mazkur sohaning
xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga
quydagilar kiritiladi:
-
bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif
stavkasi;
-
haq to‘lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi
munosabatlarini ko‘rsatuvchi tarif setkasi;
-
tarif-malakaviy ma‘lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va
ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to‘lanadi. Mehnat
malakasi darajasiga, ya‘ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab
qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo‘ladi. Тarif razradi har bir
ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish
bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif
stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to‘lash shakli, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, rag‘batlantirish
to‘lovlari, kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan
qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va
okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan
ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-sonli qarori bilan
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo‘lib, unda
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razradlar va 0-razradga nisbatan tarif koeffitsiyentlari
belgilangan. Тarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo‘lib 0-razradga
belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi.
Quyida 2000-yili Vazirlar Mahkamasining 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan
qabul qilingan yagona tarif setkasi mavjud (6.1 -jadvalga qarang).
120
6.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |