O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  9. Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
5.  9. Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi 
 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan mos 
keltirish  maqsadida  nomoddiy  aktivlarning  balans qiymatini  muntazam  aniqlashtirib 
borishdan iborat. 
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma‘lumotlari asosida joriy qiymatni aniq 
belgilash  mumkin  bo‘lsa,  qayta  baholash  kunidagi  joriy  qiymatni  tasdiqlovchi 
hujjatlar  asosida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  qayta  hisoblash  yo‘li  bilan  amalga  oshirishi 
mumkin. 
Balans  qiymat  balans  hisoboti  tuzilgan  kundagi  bozor  qiymatidan  qatta  farq 
qilmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak. 
Nomoddiy  aktivni  qayta  baholashda, bunday  aktivlar uchun  faol  bozor  bo‘lgan 
hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub bir turdagi 
nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo‘yicha buxgalteriya 
hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo‘yicha 
faol  bozor  narxi  asosida  aniqlash  mo‘mkin.  Agar  qayta  baholanayotgan  nomoddiy 
aktivlar  guruhidan  bo‘lgan  nomoddiy  aktiv  bunday  nomoddiy  aktivga  faol  bozor 
bo‘lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to‘plangan amortizatsiya 
chiqarib tashlanib uning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinishi kerak. 
                                                 
22
 
Ўзбекистон Республикасининг "Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида"ги қонуннинг 9-моддаси. 1996 й 


 
116 
Agar  ilgari  qayta  baholangan  nomoddiy  aktivning  joriy  qiymati  endilikda  faol 
bozor  ma‘lumotlari  asosida  aniqlanishi  mumkin  bo‘lmasa,  nomoddiy  aktivning 
balans  qiymati  to‘plangan  amortizatsiya  chiqarib  tashlangandan  keyingi  faol  bozor 
ma‘lumotlari  asosida  so‘nggi  qayta  baholash  kunidagi  tiklovchi  qiymati  bo‘lishi 
kerak. 
Nomoddiy  aktivlarni  qayta  baholashda  uning  joriy  qiymatini  hujjat  asosida 
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin: 
a)  ishlab  chiqaruvchi  firmalar  va  ularning  maxsus  dilerlari,  vakolatxonalardan 
yozma  shaklda  olingan  o‘xshash  nomoddiy  aktivga  berilgan  narxlar  to‘g‘risidagi 
malumotlar; 
b)  qayta  baholash  o‘tkazilgan  va  nomoddiy  aktivlar  sotib  olingan  kundagi 
Markaziy  Bank  kurslari  nisbatiga  qarab  belgilangan  hisob-kitob  koeffitsentini 
qo‘llash bilan erkin muomaladagi valutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat 
bo‘lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma‘lumotlar; 
v)  qayta  baholash  davrida  ommaviy  axborot  vositalari,  maxsus  adabiyot  va 
boshqalarda e‘lon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma‘lumotlar; 
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi. 
Nomoddiy  aktivlarning  boshlang‘ich  qiymati  qayta  baholanganda  ularni  qayta 
baholash  o‘tkazilgan  kundagi  to‘plangan  amortizatsiyasi  nomoddiy  aktivlarning 
boshlang‘ich  qiymati  indeksiga  moslashtiriladi  va  keyingi  amortizatsiya  ustamasi 
qayta  baholangan  qiymatidan  o‘tkaziladi.  Qayta  baholash  indeksi  nomoddiy 
aktivning joriy qiymrtini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Qayta  baholash  natijasida  nomoddiy  aktivlarni  qo‘shimcha  baholash  summasi 
"Mol-mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar"  schyotidagi  zaxira  kapitali 
tarkibiga kiritiladi. 
Qayta  baholash  natijasida  nomoddiy  aktivlar  bahosini  pasaytirish  summasi 
oldingi hisobotdavrida o‘tkazilgan mazkur obyektning baholashdan avvalgi summasi 
doirasida  "Mol-mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar"  schyotidagi  zaxira 
kapitalining  pasaytirilishiga  kiritiladi.  Obyektni  qo‘shimcha  baholash  summasining 
uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i boshqa operaiion xarajatlarga kiritiladi. 
Nomoddiy  aktivlarni  qayta  baholash  natijalari  nomoddiy  aktivlarni  qayta 
baholash o‘tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy  aktivlarning  tiklovchi  qiymatigacha  bo‘lgan  uning  balans 
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a)  nomoddiy  aktivlar  balans  qiymatining  ko‘payishi:  Dt  «Nomoddiy  aktivlar» 
schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti. 
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans 
qiymatini  kamaytirish:  Dt  8510  -  «Mol-mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar" 
schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti. 
Mazkur  nomoddiy  aktiv  bo‘yicha  avvalgi  qayta  baholashdagi  ko‘payishdan 
ortadigan  arzonlashtirish  summasi  xarajat  hisoblanib,  9430  -  «Boshqa  operaiion 
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi. 
v)  qayta  baholashda  nomoddiy  aktivlar  bo‘yicha  amortizatsiya  summasining 
ko‘payishi:  Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti. 


 
117 
g)  nomoddiy  aktivlar  bo‘yicha  amortizatsiya  summasining  kamayishi:  Dt  0500 
«Nomoddiy  aktivlar  amortizatsiyasini  hisobga  oluvchi»  schyoti,  Kt  8510  -  «Mol-
mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti. 
Nomoddiy  aktivlar  hisobi  schyotida  xususiylashtirishda  tashkil  topgan  Gudvill 
summasiga  ega  bo‘lgan  xususiylashtirilgan  tashkilotlar  qayta  baholash  natijalari 
bo‘yicha  bu  summani  kamaytirishi  va  buxgalteriya  hisobida  quyidagi  tarzda  aks 
ettirishi kerak: Dt  8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, 
Kt 0480 – ―Gudvil" schyoti. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish