O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  6.  Asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymatini  aniqlash  va  qayta  baholash



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
5.  6.  Asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymatini  aniqlash  va  qayta  baholash 
natijalari hisobi 
5-son  BHMSning  20-bandiga  muvofiq,  majburiyatlari  umumiy  summada 
ifodalangan  asosiy  vositalar  obyektlarining  boshlang‘ich  qiymati  mazkur  summani 
asosiy  vositalarning  alohida  obyektining  joriy  qiymatiga  mutanosib  ravishda 
taqsimlash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Bu  yerda,  nazarda  tutiladiki,  agar  xo‘jalik 
yurituvchi  subyekti  buxgameriya  hisobida  alohida  ilentifikatsiyalanaligan  asosiy 
vositalarning  bir  necha  obyektini  bitta  shartnomaviy  qiymatga  sotib  olsa,  bunday 
holatda  umumiy  summaga  sotib  olingan  asosiy  vositalar  har  bir  obyektining  kirim 
qilinishi  lozim  bo‘lgan  qiymati,  yani  boshlang‘ich  qiymati  sotib  olingan  asosiy 
vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obyektning bozor qiymati 
ulushiga  qarab  aniqlanadi.  Ushbu  me‘yor  mohiyatini  quyidagi  -misolda  ko‘rib 
chiqamiz. 
4-misol.  "Hamkor"  MChJ  2006  yil  20  mayla  "Operativ"  AJdan  mulkiy 
majmuani  250000  m.so‘m  bo‘lgan  umumiy  summaga  sotib  oldi.  Ushbu  mulkiy 
majmua  quyidilardan  iborat:  ishlab  chiqarish  binosi,  minorali  inshoot  va  madanli 
ichimliklarni quyish bo‘yicha  texnologik  liniya.  2006  yil  25 mayda  xarid  bo‘yicha 
barcha summa to‘lab berildi. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat boji to‘lovi, 
brokerlik haqi bilan bog‘liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan 
bevosita  bog‘liq  boshqa  xarajatlar,  shu  jumladan  sotib  olingan  mulkni  baholash 
bo‘yicha  sarflar  jami  50000  m.so‘mni  tashkil  etdi.  Baholovchi  kompaniyaning 
xulosasiga  ko‘ra  asosiy  vositalarning  har  bir  obyekti  quyidagi  tarzda  baholandi:  
ishlab  chiqarish  binosi  160000  m.so‘m,    minorali  inshoot  120000  m.so‘m, 
texnologik liniya 80000 m.so‘m. 
Baholovchi  kompaniyaning  xulosasidan  kelib  chiqib,  har  bir  asosiy  vositalar 
obyektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining umumiy 
bozor  qiymatidagi  ulushini  osonlikcha  aniqlash  mumkin  bo‘lali.  Ular  quyidagi 
ko‘rinishga ega: 
Asosiy vositalar 
obyekti 
Bozor 
qiymati 
Bozor qiymatining 
ulushi 
Ulush hisob-kitobi 
Ishlab chiqarish binosi 
160 000 
4/9 
160 000/360000 
Minorali inshoot 
120 000 
1/3 
120 000/360000 
Тexnologik liniya 
80 000 
2/9 
80 000/360 000 
Jami: 
360 000 
 
 
                                                 
16
 
Ўзбекистон  Республикаси  Адлия  вазирлигида  833  сон  билан  рўйхатдан  ўтказилган  19-сонли 
"Инвентаризацияни  ташкил  этиш  ва  ўтказиш"  Ўзбекистон  Республикаси  Бухгалтерия  ҳисоби  миллий 
стандарти.
 
1999 йил 2 ноябр 
17
 
Ўзбекистон  Республикаси  Адлия  вазирлиги  томонидан  1334-сон  билан  рўйхатдан  ўтказилган 
"Инвентаризация жараѐнида  аниқланган молмулк  камомади ва ортиқчасининг бухгалтерия ҳисоби ва солиққа 
тортиш тартиби тўғрисидаги Низом". 2004 йил 06 апрел 


 
105 
Yuqorida keltirilgan mulkii majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish 
bilan  bog‘liq  umumiy  xarajatlar  summasi  300  000  m.so‘mga  teng  (250000+50000 
m.so‘m)  bo‘lgani  sababli,  sotib  olingan  asosiy  vositalar  har  bir  obyektning 
boshlang‘ich qiymati quyidagi ko‘rinishga ega: 
Asosiy vositalar obyekti 
Boshlatich 
qiymat 
Bozor kiymatining 
ulushi 
Hisob-kitob 
Ishlab chiqarish binosi 
133 000 
4/9 
(4/9x300 000) 
Minorali qurilma 
100 000 
1/3 
(1/Zx300000) 
Тexnologik liniya 
67 000 
2/9 
(2/9x300 000) 
JAMI: 
300 000 
 
 
 
"Hamkor"  MChJ  buxgalteriya  hisobida  mulkiy  majmuani  sotib  olish  bilan 
bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali: 
a) asosiy vositalar obyektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -
"Asosiy  vositalarni  xarid  qilish"  schyoti  -  250000  m.so‘m,  Kt  6010  -"Mol  yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m. 
b)  xarid  qilingan  asosiy  vositalar  obektlari  haqini  to‘lash:  Dt  6010  -  «Mol 
yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga  to‘lanadigan  schyotlar»  schyoti-250000 
m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so‘m. 
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan 
bog‘liq  xarajatlar  summasiga:  Dt  0820  -  «Asosiy  vositalarni  xarid  qilish"  schyoti- 
50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m. 
g)  xarid  qilingan  asosiy  vositalar  obyektlarini  kirim  qilish  (foydalanishga 
topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish 
binosi"  schyoti-133000  m.so‘m,  Dt  0120  -  «Binolar,  inshootlar  va  uzatuvchi 
moslamalar minorali inshoot" schyoti- 
100000  m.so‘m,  Dt  0130  -  «Mashinalar 
va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni 
sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m. 
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so‘ng 
asosiy vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur 
standartda  belgilangan  holatlardlan  tashqari  hollarda,  o‘zgartirilmasligi  nazarda 
tutilgan.  Masalan,  5-son  BHMSga  muvofiq,  buxgalteriya  hisobiga  qabul  qilingan 
asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  qiymatini  o‘zgartirishga  qo‘shimcha  qurilish, 
qo‘shimcha  jihozlash,  rekonstrukiiya  qilish,  zamonaviylashtirish,  texnik  qayta 
qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat 
etiladi. 
Qo‘shimcha  qurish,  qayta  jihozlash,  zamonaviylashtirish  ishlariga  asosiy 
vositalar  obyektining  texnologik  yoki  xizmat  vazifasini  ortiqcha  yuklamalar  va 
boshqa  yanada  yaxshilaydigan  sifatlar  orqali  o‘zgartirishlar  natijasida  kelib 
chiqadigan  ishlar  kiritiladi.  Yani  asosiy  vositalar  obyekti  bilan  bog‘liq  amalga 
oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy 
vositalar  samaradorligini  dastlab  hisoblangan  meyorlarini  sezilarli  ravishda  oshirish 
yoki asosiy vositalarning ushbu obyektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan 
xizmat  qilish  meyori  jiddiy  tarzda  uzaytirish  yo‘li  bilan  ularning  holatini  yanada 
muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. 


 
106 
Odatda,  qayta  tiklash  ishlarida  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish  va  texnik 
iqtisodiy  ko‘rsatkichlarini  oshirish  bilan  bog‘liq  asosiy  vositalarning  mavjud 
obyektlari qayta o‘zgartiriladi  va ushbu  ishlar ishlab  chiqarish quvvatlarini  oshirish, 
mahsulot  (ish,  xizmatlar)  sifatini  yaxshilash  va  nomenklaturasini  o‘zgartirish 
maqsadida  asosiy  vositalarni  qayta  tiklash  loyihasi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi. 
Тexnik  qayta  qurollanish  deyilganda  ilg‘or  texnika  va  texnologiyalarni  joriy  etish, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, manaviy jihatdan eskirgan 
va tabiiy ravishda yemirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan almashtirish 
va  zamonaviylashtirish  asosida  asosiy  vositalar  yoki  ularning  alohida  qismlarining 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar tushuniladi. 
Yuqorida  qayd  etilganidek,  asosiy  vositalar  obyektini  qo‘shimcha  qurish, 
qo‘shimcha  jihozlash,  rekonstrukiiya  qilish,  zamonaviylashtirish  va  texnik  qayta 
qurollantirishga  xarajatlari  tugallanishi  natijasida  asosiy  vositalar  obyektining 
dastalabki  qabul  qilingan  amal  qilishi  meyorining  ko‘rsatkichlarini  oshishi  sababli, 
ushbu xarajatlar mazkur obyektlarning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. 
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan 
keyingi  sabab  ularni  qayta  baholashdir.  Masalan,  asosiy  vositalarni  qayta  baholash 
deganda,  asosiy  vositalar  obyektlarining  qayti  tiklash  qiymatini  bozor  narxining 
hozirgi  darajasiga  mos  keltirish  maqsadida  vaqti-vaqti  bilan  aniqlashtirish 
tushuniladi.  Хo‘jalik  yuritish  amaliyotida  asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  qiymati 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin. 
Bunday vaziyatda asosiy vositalar qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi 
va  hisobotida  joriy  qiymati  bo‘yicha  aks  ettirilishi  kerak.  Bunda  5-son  BHMSga 
muvofiq,  joriy  qiymat  deganda  asosiy  vositalarning  muayyan  sanaga  qadar  bo‘lgan 
holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, 
xabardor,  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  tomonlar  o‘rtasida  bitim  tuzilgan  holda 
aktivni  egallash  yoki  majburiyatlarni  bajarish  uchun  yetarli  bo‘lgan  summa 
tushuniladi. 
Asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  (qayta  tiklash)  qiymati  qayta  baholangan 
holda,  ularning  qayta  baholash  sanasiga  qadar  to‘plangan  eskirish  summasi  asosiy 
vositalar  boshlang‘ich  (qayta  tiklash)  qiymatining  tegishli  o‘zgarish  indekslariga 
nisbatan  tuzatiladi  va  keyinchalik  eskirish  hisoblanishi  qayta  baholangan  qiymatdan 
kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Ma‘lumki,  asosiy  vositalar  hujjatlar  asosida  tasdiqlangan  bozor  narxi  bo‘yicha 
bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi mumkin.
18
 
Agar  qayta  baholash  natijasida  asosiy  vositalarning  bahosi  oshadigan  bo‘lsa, 
asosiy  vositalar  obyektining  qo‘shimcha  oshgan  bahosi  summasi  zaxira  kapitali 
tarkibidagi  8510  -  «Mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar"  schyotiga  olib 
boriladi.  Biroq,  qayta  baholash  natijasida  asosiy  vositalar,  shuningdek  arzonlashishi 
ham  mumkin.  Bunda,  qayta  baholash  natijasida  asosiy  vositalar  obyekti  bahosining 
arzonlashgan  qismi  summasi  ushbu  obyekt  bo‘yicha  oldingi  hisobot  davrlarida 
o‘tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha oshgan baho summasi 
                                                 
18
 
Ўзбекистон  Республикаси  Адлия  вазирлиги  томонидан  1192сон  билан  рўйхатдан  ўтказилган  "1  январь 
ҳолати бўйича асосий фондларни ҳар йили қайта баҳолашни ўтказиш тартиби тўғрисида»ги Низом. 2002 йил 4 
декабр 


 
107 
miqdorida  zaxira  kapitalini  kamaytirishga,  yani  8510  -  «Mulkni  qayta  baholash 
bo‘yicha  tuzatishlar"  schyotiga  olib  boriladi.  Asosiy  vositalar  obyekti  bahosining 
arzonlashgan  qismi  summasining  ushbu  obekt  bo‘yicha  qo‘shimcha  oshgan  baho 
summasidan  ortiqcha  miqdori  9430  -  «Boshqa  operatsion  xarajatlar"  schyotiga  olib 
boriladi. 
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy vositalarni 
qayta  baholash  natijalari  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirilishi  lozim.  Qayta  baholash 
natijalari  oldingi  hisobot  yili  uchun  tuzilgan  moliyaviy  hisobot  malumotlariga 
kiritilmaydi  va  hisobot  yilining  boshlanish  sanasidagi  moliyaviy  hisobot 
malumotlarini  shakllantirishda  qabul  qilinadi.  Bunda,  oldingi  yil  oxiri  holatidagi 
malumotlarning  hisobot  yili  boshlanishi  holatidagi  malumotlar  bilan  to‘g‘ri 
kelmasligi  hisobot  yilining  birinchi  sanasidagi  holati  bo‘yicha  o‘tkazilgan  asosiy 
vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy davr uchun 
tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish