5.7. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari
Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi tartiblarini
qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy standarti
hisoblanadi.
19
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti,
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga
olish, balans qiymatining boshqa o‘zgarishlarni hisobga olish va ularning so‘nggi
bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash,
shuningdek korxonaning moliyavii hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha
axborotlarni ochib berishdan iborat.
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning
mulk obyektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish
yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomila mamuriy va boshqa vazifalarni
amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning Indentifikatsiya
qilingan obyektlaridir.
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo‘jalik foydalanilgani va jismoniy
mazmunga ega bo‘lmaganini talab etadi. Jismoniy manoga ega bo‘lmagan aktivlar,
agar ularning egalik huquqini qo‘shgan va ular uzoq muddat davomida
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar.
Shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. Agar:
aktiv bilan bog‘liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga
ishonch mavjud bo‘lsa;
aktiv qiymati aniq hisoblangan bo‘lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan
olinali.
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo‘lgan taqdirda nomoddiy aktiv
bilan bog‘liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin:
19
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан рўйхатга олинган 7-сон "Номоддий активлар"
Бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти. 2005 йил 27 июнда
108
kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘payishi aktivning
qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish borasidagi
niyati isbotlansa;
yetarli resurslar mavjud bo‘lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy
foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obyekt hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon berish
shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat. Bir
inventar obyekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi uning mahsulot ishlab
chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish
yoxud korxonaning mamuriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida foydalanishga
xizmat qilishidan iborat,
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo‘lgan nomoddiy aktivlarning
obyekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy
aktivlarning tarkibida aks etadi.
Yuqorida qayd etnlgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obyektlarni
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin:
ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat‘iy
huquqi;
EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa
qonuniy egalik qiluvchilarning qat‘iy huquqi;
integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa
qonuniy egalik qiluvchilarning qat‘iy huquqi;
tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi,
shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;
patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug‘iga bo‘lgan qat‘iy huquqi;
gudvill;
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yani yerosti va tabiiy muhitning boshqa
resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar singarilardan
foydalanish huquqi;
mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya‘ni yer uchastkasi, binolar va
boshqalardan foydalanish huquqi;
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va
xizmat ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan
huquq).
Shu bilan birga, qati‘y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat
egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi
shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquqdir.
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan olingan
tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo‘lgan malakasi va
qobiliyati qo‘shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o‘z egalaridan ajralmaydigan
xususiyat bo‘lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin.
109
Nomoddiy aktivlarning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari litsenziyalar, patentlar,
mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import kvotalari, nouxau,
franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va boshqalardir. Quyida
nomoddiy
aktivlarning
subyektlar
faoliyatida ko‘proq uchraydigan ba‘zi
ko‘rinishlarning tavsiflari keltiriladi.
Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati‘y huquq.
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq
etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab
chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning
ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan
qo‘llanilishiga o‘xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini ro‘yxatga
olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer
terminalining yangi dizayni dizaynni ro‘yxatga olish tomonidan himoya qilinadi,
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy san‘at
kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik huquqi
egalariga ma‘lum ekskluziv huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish, qayta
nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro etish va
yozish huquqi beriladi.
Savlo markalari va savlo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle",
"Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot
yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular
egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday holatda
mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar yuridik
tomondan himoyalangan bo‘ladi.
Franchayz — ma‘lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko‘rinishdan juda
yaxshi foydalanishga bo‘lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan
foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish huquqini olish uchun hukumat
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish huquqini
olish uchun xo‘jalik subyektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi har bir
shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz (foydalanish
huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni
oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Тashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar.
Тashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro‘yxatga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mansub
bo‘ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Тashkiliy
xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda keltiradigan
dalillar asos bo‘lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy xarajatlarning barcha
yig‘indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan
moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning ba‘zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo‘ladi: ular uzoq
muddatli bo‘nak to‘lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin
bo‘lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
110
egalik qilish tavsifi bo‘yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar,
patentlar, dasturiy ta‘minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan,
tashkiliy xarajatlar va gudvill.
Identifikatsiyalash bo‘yicha: a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba‘zi
nomoddiy aktivlar firmaning aktivlarilan alohila tenglashtirilishi mumkin, masalan,
litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar;
b)
alohila identifikatsiyalanmayliganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar alohida
identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning siymati firmaning boshqa
aktivlari bilan o‘zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning ishonchiga yoki
xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil.
Do'stlaringiz bilan baham: |