O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

Masalan:  Kompyuterning  boshlang‘ich  qiymati  1100000  so‘m,  uning 
foydalanish  muddati  oxiridagi  qoldiq  (tugatuvchi)  qiymati  100000  so‘m,  foydali 
xizmat  muddati  5  yil,  yillik  amortizatsiya  meyori  amortizatsiyalanadigan 
qiymatning  20  %  ni  yoki  200000  so‘m  ((1100000-100000)/5=200000)  so‘mni 
tashkil etadi. 
Amortizatsiyani  bajarilgan  ishlar  hajmiga  mutanosib  ravishda  hisoblash 
(ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy 
vositalar  obyektining  har  bir  konkret  yildagi  ishlab  chiqarish  hajmiga  asoslanadi. 
Mazkur  usul  bo‘yicha  har  yillik  amortizatsiya  summasini  hisoblab  chiqish  uchun 
foydali  xizmat  muddatining  butun  davomidagi  umumiy  baholangan  jami  ishlab 
chiqarish  hajmini  va  konkret  bir  yildagi  ishlab  chiqarish  hajmini  aniqlash  zarur. 
Ishlab  chiqarilgan  mahsulot  birligi  soni,  ishlangan  soatlar  miqdori,  bosib  o‘tilgan 
tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul 
qilinishi mumkin. 
Amortizatsiyani  hisoblashning  ishlab  chiqarish  usulida  amortizatsiya 
ajratmalarining  yillik  summasi  hisobot  davridagi  mahsulotlar  (ishlar,  xizmatlar) 
hajmining  tabiiy  ko‘rsatkichi hamda  asosiy  vositalar  obyektining tugatish  qiymati 
chegirib  tashlangan  boshlang‘ich  (qayta  tiklovchi)  qiymatining  ushbu  asosiy 
vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan 
mahsulot  (ish,  xizmat)larning  taxminiy  baholangan  hajmiga  bo‘lgan  nisbatidan 
kelib chiqib aniqlanadi. 
Asosiy  vositalardan  intensiv  ravishda  foylalanilgan,  shuningdek,  fan-texnika 
taraqqiyoti  kuchli  tasir  ko‘rsatgan  hollarda  asosiy  vositalarning  eskirishi 
amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul 
orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq 
usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul). 
Ikki  karrali  amortizatsiya  meyori  bilan  kamayib  boruvchi  qoldiq  usuli 
bo‘yicha  amortizatsiyani  hisoblash  davrida  aktivning  amortizatsiyalanadigan 
qiymati  kamayib  boradi.  Ushbu  usul  bo‘yicha  amortizatsiyani  bir  tekisda  (to‘g‘ri 
chiziqli)  hisoblash  usulidan  kelib  chiqib  hisoblangan  amortizatsiya  meyori  ikki 
karraga  oshirilib,  mazkur  hisobot  davridagi  tegishli  asosiy  vositaning  qoldiq 
qiymatiga ko‘paytirilali. Ikki karrali  amortizatsiya  meyori  bilan  kamayib  boruvchi 
qoldiq  usuli  bo‘yicha  amortizatsiyani  hisoblashda  taxminiy  baholangan  tugatish 
qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi. 
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik 
amortizatsiya  ajratmalari  summasi  asosiy  vositalar  obyektining  hisobot  yili 
boshidagi  qoldiq  qiymati  va  ushbu  obyektning  foydali  xizmat  muddatidan  kelib 


 
100 
chiqib  hisoblangan  va  ikki  karraga  oshirilgan  amortizatsiya  meyoriga  asoslangan 
holda aniqlanadi. 
Masalan: oldingi  -misolda  kompyuterning  foydali xizmat  muddati 5  yilga  teng 
edi.  Mos  holatda,  to‘g‘ri  chiziqli  usulda  yillik  amortizatsiya  meyori  20  %  (100%  / 
5)ni  tashkil  etadi.  Ikki  karrali  amortizatsiya  meyori  bilan  kamayib  boruvchi  qoldiq 
usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy 
stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi. 
5.1-jadval  
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
davri 
Boshlang‘ich 
(qayta tiklash) 
qiymat 
Amortizatsiyaning yillik 
summasi 
Тo‘plangan 
amortizatsiya 
Balans 
qiymati 
1-yil oxiri 
1 100 000 
40% x 1100000= 440000 
440 000 
660 000 
2-yil oxiri 
1 100 000 
40% x 660000= 264 000 
704 000 
396 000 
3-yil oxiri 
1 100000 
40% x 396000=158 400 
862 400 
237 600 
4-yil oxiri 
1 100000 
40% x 237600=95 040 
957440 
142 560 
5-yil oxiri 
1 100 000 
(40%x 142560=57024 
«nazorat maqsadida") 
1000000-57440= 42560 
1000 000 
100 000 
 
Yillar  yig‘indisi  usuli  (kumulyativ  usul)ga  muvofiq,  har  bir  yil  uchun 
amortizatsiya 
me‘yori 
amortizatsiya 
muldatining 
oxirigacha 
qoladigan 
amortizatsiyalanadigan  qiymatning  ulushi  sifatida  aniqlanadi.  Ushbu  ulush, 
amortizatsiya  ajratmalari  tugashigacha  qolgan  to‘liq  yillar  raqami  (soni)ni 
amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga bo‘lish 
orqali aniqlanali. 
Yillar  yig‘indisi  usuli  (kumulyativ  usul)da  yillik  amortizatsiya  ajratmalari 
summasi  asosiy  vositalar  obyektining  tugatish  qiymati  chegirib  tashlangan 
boshlang‘ich  (qayta  tiklash)  qiymati  hamda  mahrajida  obyektning  foydali  xizmat 
muddati  oxirigacha  qolayotgan  yil  soni  (raqami)  va  suratida  obyektning  foydali 
xizmat muddati yillari yig‘indisi bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi. 
Masalan:  oldingi  -misolda  kompyuter  5  yillik  foydali  xizmati  muddatiga  ega 
edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil 
etadi. 
5.2-jadval  
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari  
Amortizatsiya 
ajratmalari davri 
Amortizatsnya 
kilingan kiymat 
Amortizatsiyaning yillik 
summasi 
Тo‘plangan 
amortizatsiya 
1-yil oxiri 
1000 000 
(5/15x1000000)= 333333,3 
333333,3 
2-yil oxiri 
1 000 000 
(4/15x1000000)= 266666,7 
600000,0 
3-yil oxiri 
1 000 000 
(3/15x1000000)= 200000,0 
800000,5 
4-yil oxiri 
1000 000 
(2/15x1000000)= 133333,3 
933333,3 
5-yil oxiri 
1000 000 
(1/15x1000000)= 66666,7 
1000000,0 


 
101 
Keyinchalik 
har 
bir 
kasrni 
1000000 
so‘mga 
teng 
bo‘lgan 
amortizatsiyalanadigan  qiymatga  ko‘paytirish  yo‘li  bilan  har  yilgi  amortizatsiya 
summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15. 
Soliq  solish  maqsadida,  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksida  asosiy 
vositalarning  boshlang‘ich  (qayta  tiklash)  qiymatiga  nisbatan  foizlarda  yillik 
amortizatsiya meyori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish