O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  Asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymatini  tashkil  qiluvchi  xarajatlar



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
5.2.  Asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymatini  tashkil  qiluvchi  xarajatlar 
tarkibi 
 
5-BHMSning  9-bandiga  muvofiq  asosiy  vositalar  dastlabki  qiymati  bo‘yicha 
baholanadi  va  buxgalteriya  hisobiga  kiritilali.  Asosiy  vositalarni  barpo  qilish  yoki 
sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to‘langan 
va  qoplanmaydigan  soliqlar,  shuningdek,  aktivlarni  ishchi  holatga  keltirishga 
bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  har  qanday  sarfharajatlar  tushuniladi.  Yana  shuni 
hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda  qo‘shimcha  qiymat  soligi  va  aksiya 
solig‘i  kabi  soliqlar  undiriladigan  soliqlar  hisoblanadi,  yani  umumiy  tartibda  soliq 
to‘laydigan  korxona  tomonidan  mazkur  soliqlar  to‘langanda  hisobga  olinadi,  biroq 
asosiy  vositalarni  sotib  olish  ishga  tushirishda  yuqorida  ko‘rsatilgan  soliqlar  ham 
ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi. 
Хo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, 
odatda,  ularning  korxonaga  kelib  tushishi  sabablaridan  kelib  chiqqan  holda 


 
92 
belgilanadi.  Asosiy  vositalarning  korxonaga  kelib  tushishining  asosiy  manbalari 
quyidagilar:  obyektni  oldi-sotdi  shartnomasi  bo‘yicha  sotib  olish;  kapital  kiritmalar 
yakunlangandan  keyin  ishga  tushirilgan  obyektning  oldi-berdisi;  tasischi  tomonidan 
ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; 
uzoq  mudlatli  ijara  shartnomasi  moddiy-tovar  zaxirasi  tarkibidan  o‘tkazish;  qiymati 
avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar; 
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 
5-BHMSning  11-bandi  haq  evaziga  olingan  asosiy  vositalarning  dastlabki 
qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish-montaj 
ishlari  uchun  pudratchilarga  va  aktivlarni  yetkazib  beruvchilarga  to‘langan  summa; 
asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olish yig‘imi, davlat 
bojlari va shunga kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari; asosiy vositalar 
obektlarini  sotib  olish  bilan  bog‘liq  soliqlar  va  yig‘imlar  summasi;  asosiy  vositalar 
obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun 
to‘lanadigan 
summa; 
asosiy 
vositalarning 
obektlarini 
yetkazib 
berish  
tavakkalchiligini  sug‘urta  qilish  bo‘yicha  harajatlar;  asosiy  vositalarning  sotib 
olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, 
sozlash, ishga tushirishga to‘lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun 
ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar; 
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq 
muddatli  kredit  bo‘yicha  o‘tkazilgan  foizlar  ishga  tushirilgan  asosiy  vositalarning 
dastlabki  qiymatiga  qo‘shiladi.  Agar  xo‘jalik  yurituvchi  subekt  asosiy  vosita  bilan 
bog‘liq  sarflarni  to‘lash  uchun  moliya-kredit  tashkilotlaridan  maqsadli  kredit  olish 
bo‘lsa,  mazkur  maqsadli  kredit  bo‘yicha  o‘tkazilgan  foizlar  obyektning  ishga 
tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga 
tushirilish  jarayoni  davomida  asosiy  vositalarning  ishga  tushirilayotgan  obyekti 
qiymatiga kiritilishi kerak. 
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya‘ni u foydalanishga topshirilgan 
bo‘lsa,  foiz  xarajatlarini  kapitallashtirish  to‘xtatiladi,  asosiy  vositalar  obyekti 
foydalanishga  berilgandan  keyin  o‘tkazilgan  foizli  xarajatlar  esa  xo‘jalik  yurituvchi 
subektning  moliyaviy  faoliyati  bo‘yicha  xarajatlar  (9610  -  «Foiz  ko‘rinishidagi 
xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi. 
Korxonaning  o‘z  kuchi  bilan  yaratilgan  asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymati 
sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning 
ushbu obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi. 
Agar  asosiy  vositalarning  obektlari  chet  el  valutasiga  sotib  olinsa,  u  holda 
ularning  dastlabki  qiymati  barcha  to‘lanadigan  va  qoplanmaydigan  soliqlar, 
shuningdek,  aktivni  yetkazib  berish  va  montaj  qilish,  o‘rnatish,  ishga  tushirish 
bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan 
bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan 
sanaladi  O‘zbekiston  Respublikasya  Markaziy  banki  belgilagan  kurs  bo‘yicha 
summani  chet  el  valutasining  qiymatiga  hisoblash  yo‘li  bilan  milliy  valuta 
(so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta‘kidlash 
kerakki,  asosiy  vositalarning  sotib  olingan  obyektlari  to‘lovlari,  moddiy-tovar 
zaxiralarini  sotib  olish  bo‘yicha  kontraktlarni  tayyorlash,  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va 


 
93 
yopish bilan bog‘liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
xarajatlar  moddiy-tovar  zaxiralarining  tannarxiga  kiritilmaydi,  balki  ular  hisobot 
davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. 
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati odatda 
ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy 
vositalarning  kelib  tushish  manbalariga  qarab,  ularning  boshlang‘ich  qiymati 
shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish