O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Asosiy vositalar kirimining hisobi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi 
Korxonalarga  asosiy  vositalar  turli  manbalardan  kirim  qilinadi.  Asosiy 
vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning boshlang‘ich 
qiymati  buxgalteriya  hisobi  schyotlarida  hisobga  olinadi.  Ushbu  muomalalarning 
buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko‘rib o‘tamiz. 


 
94 
Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan umumiy 
qiymati  2500000  yevro  bo‘lgan  to‘qimachilik  uskunasini  sotib  olish  bo‘yicha 
shartnoma  tuzdi.  Yetkazib  berish  shartnomasiga  muvofiq,  sotib  oluvchi  uskuna 
qiymatining  50  foizni  yetkazib  beruvchining  akkreditiv  hisob  varag‘iga  oldindan 
o‘tkazishi  kerak.  AJ  2006  yil  15  martda  yetkazib  beruvchining  bankida  akkreditiv 
hisob  varag‘ini  ochdi.  Akkreditiv  hisobvarag‘i  ochilgan  sanada  yevroning 
O‘zbekist‘on  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  so‘mga  nisbatan  belgilangan 
kursi bo‘yicha (keyinchalik so‘mga nisbatan 1 yevroning kursi deb yuritiladi) 1 yevro 
1440  so‘mni  tashkil  etdi.  Akkreditiv  hisobvarag‘ini  ochish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 
o‘tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv o‘tkazish uchun bank haqi 
o‘tkazilgan  summaning  1,2  foizini,  kontraktni  tayyorlash  uchun  yuridik  firma  200 
yevroni,  kontraktni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  yopish  bilan  bog‘liq  garflar  kontrakt 
summasining  0,05  foizini  tashkil  etdi.  Bunlan  tashqari,  milliy  valutani  yevroga 
konvertatsiya  qilishda  konvertatsiya  qilingan  chet  el  valutasi  summasining  0,2  foiz 
miqdorida komission haq to‘landi. 2006 yil 18 martda uskuna k o‘llandi. Uskunani 
tashish  (transportda  tashish,  jo‘natish,  ortishtushirish  ishlari,  yetkazib  berish)  da 
xavfsizlikni taminlash, fransport uchun to‘lov va boshqalar bo‘yicha sarflar 250.000 
yevroni  tashkil  etdi.  2006  yil  25  martda  invoysda  ko‘rsatilgan  qiymatdan  5  foizni 
tashkil etadigan bojxona to‘loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. 
Yuk  bojxona  deklaratsiyasi  taqdim  etilgan  sanada  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  banki  tomonidan  so‘mga  nisbatan  o‘rnatilgan  yevro  kursi  1  yevro  uchun 
1470 so‘mni tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani 
o‘rnatish.  Montaj  qilish,  sinash  va  ishga  tushirish,  sozlash  ishlari  bo‘yicha  sarflar 
100000 yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim 
etishdi (bu sanada kurs bo‘yicha 1 yevro 1472 so‘mni tashkil etdi). Uskuna 2006 yil 1 
2 aprelda ishga tushiriddi. 
Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar "Sitroniks" AJ 
buxgalteriya  hisobida  quyidagi  tarzda  aks  ettiriladi:  2006  yil  15  martda  yetkazib 
beruvchi  bankida  akkreditiv  hisob  varag‘ini  ochishni  aks  ettirish:  Dt  25510  - 
«Akkreditivlar"  -  1800000  m.so‘m;  Kt  5210  -  «Mamlakatlar  o‘rtasidagi  valuta 
hisoblari"  schyoti  -  1800000  m.so‘m.    1800000  m.so‘m  =  (1  250000  yevro  x  1440 
so‘m 1800000 m.so‘m); 
Sotib  olingan  asosiy  vositalarning  to‘lovi  bilan  bog‘liq  sarflar  summasiga:  Dt 
9430  -  «Boshqa  operaiion  xarajatlar"  -  34200  m.so‘m;  Kt  5210  -  «Mamlakatlar 
o‘rtasidagi valuta hisoblari"  schyoti - 34200 m.so‘m. (23750 yevro x 1440 so‘m = 
34200 m. so‘m).  
 Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko‘rinishga ega: 
Akkreditiv  hisobvarag‘ini  ochish  bilan  bogliq 
xarajatlar 
1250000 yevro x 02 foiz yevro; 
Akkreditiv o‘tkazish uchun bank haqi 
1250000 yevro x 1,2 foiz - 15000 yevro; 
Kotraktni tayyorlash uchun to‘lov 
200 yevro; 
Kontraktni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  yopish 
bo‘yicha sarflar 
2500000 yevro x 0,05 foiz - 1250 yevro; 
Chet  el  valutasining  konvertatsiyasi  bo‘yicha 
xarajatlar 
2500000 yevro x 0,5 foiz - 5000 yevro; 
Jami 
23750 yevro. 


 
95 
 
2006 iil 18 mart buxgalteriya o‘tkazish talab etilmaydi; 2006 yil 25 martda  
a) uskuna xarid qiymati summasiga:  Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" - 
3675000  m.so‘m;  Kt  6010  -"Yetkazib  beruvchi  va  vositachilarga  to‘lov  hisobi" 
schyoti - 3675 000 m. so‘m.  2500 000 yevro x 1470 so‘m = 3675 000 m. so‘m; 
b)  uskunani  tashish  bo‘yicha  sarflar  summasiga:    Dt  0820  -"Asosiy  vositalarni 
sotib olish" - 367 500 m.so‘m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 367500 m. 
so‘m.  (250 000 yevro x 1470 =  367 500 m.so‘m). 
v) uskuna bo‘yicha bojxona to‘lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni 
sotib  olish"  -  183750  m.so‘m;  Kt  6990  -  "Boshqa  majburiyatlar"  schyoti  -  183750 
m.so‘m (2500 000 yevro x 5 foiz - 125000 yevro x 1470 so‘m =183750 m. so‘m) 
2006  yil  10  aprel  o‘rnatish,  montaj  qilish,  sinov  va  ishga  tushirish-sozlash 
ishlari  xarajati  summasiga:  Dt  0820  -  "Asosiy  vositalarni  sotib  olish"  -  147  200 
m.so‘m,    Kt  6990  -  "Boshqa  majburiyatlar"  schyoti  -  147  200  m.so‘m.  (100  000 
yevro x 1472 so‘m = 147200 m.so‘m). 
2006  yil  2  aprel  uskunani  foydalanishga  topshirishni  aks  ettirish:    Dt  0130  - 
"Mashina  va  uskunalar‖  -  4373  450  m.so‘m,    Kt  0820  -"Asosiy  vositalarni  sotib 
olish" schyoti - 4373 450 m.so‘m. 
Korxona  ustav  kapitaliga  kiritiladigan  ulush  hisobiga  olingan  asosiy 
vositalarning  boshlang‘ich  qiymati  bo‘lib,  korxona  ta‘sischilari  tomonidan 
kelishilgan  ularning  pul  bahosi  hisoblanadi,  agar  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 
hujjatlarida  boshqalar  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa.  Masalan,  "Хususiy  korxona 
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, mulkdor 
xususiy korxon^ning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi. 
Shuningdek "Mas‘uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyatlar 
to‘g‘risida"gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunining  15-moddasiga  muvofiq, 
jamiyatning  ishtirokchilari  va  jamiyatga  qabul  qilinadigan  uchinchi  shaxslar 
tomonidan  jamiyatning  ustav  kapitaliga  qo‘shiladigan  pulsiz  hissalarning  puldagi 
bahosi  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  jamiyatning  barcha 
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi. 
Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi bo‘yicha 
qurilgan 
asosiy 
vositalar 
0100 
-"Asosiy 
vosigalarni 
hisobga 
oluvchi 
schyotlar"larning  tegishli  schyotlari  debetiga,  0810  -"Тugallanmagan  qurilish" 
schyotining krediti bo‘yicha kirim qilib olinadi. 
Тasischilar  tomonidan  korxonaning  ustav  kapitalidagi  ulushlari  hisobiga 
kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyogning  (0100)  debeti  va  4610-  "Тasischilarning  ustav  kapitaliga  ulushlari 
buyicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirimi, 
8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog‘lanishida, asosiy vositalarni hisobga 
oluvchi  schyotning  (0100)  debeti bo‘yicha  aks  ettiriladi.  Asosiy  vositalarni hisobga 
olish (0100) schyoti bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq soliqqa tortish maqsadida tekinga 
olingan asosiy vositalarning summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblaganda soliqqa 
tortiladigan bazaga qo‘shiladi. 


 
96 
Shu  bilan  birga  "Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini 
himoya  qilish  to‘g‘risida"gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunining  33-moddasi, 
jamiyatni  ta‘sis  etish  chog‘ida  aksiyaga  to‘lanadigan  haq  sifatida  topshirilayotgan 
mol-mulkning  puldagi  bahosi  muassislar  o‘rtasidagi  kelishuvga  muvofiq 
chiqarilishini belgilab beradi. 
Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi 
ish  haqining  ikki  yuz  baravaridan  ko‘pni  tashkil  etsa,  jamiyat  aksiyalari  va  boshqa 
qimmatli  qog‘ozlarining  haqi  sifatida  topshirilayotgan  mol-mulkning  puldagi 
bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak. 
Misol. "Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh jinslarini 
qayta  ishlash  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  uskunasini  sotib  oldi,  Shartnomaga  muvofiq 
uskunaning  qiymati  10800  m.so‘mni,  shu  jumladan  QQS  1800  m.so‘mni  tashkil 
etadi.  Shartnoma  shartlariga  ko‘ra  "Oniks"  AJ  xarid  uchun  2006  yil  7  yanvarda 
uskuna  qiymatidan  30  foiz  miqdorida  bo‘nak  to‘lovini  amalga  oshirdi.  Uskunani 
sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa tavsiflarini baholagan 
"Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi va shartnomaga muvofiq 
xizmat qiymati 600 m.so‘mni tashkil etdi. Aktivdan maqsadli foydalanish uchun uni 
ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq boshqa sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni 
yuklashtushirish ishlari 80 m.so‘m; avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 
500 m.so‘m; uskunalarni yetkazib berishga ma‘sul AJ ekspeditorining xizmat safari 
xarajatlari  100  m.so‘m;  uskunani  yetkazib  berish  bo‘yicha  xavfsizlikni  taminlash 
bo‘yicha  xarajatlar  50,4  m.so‘m;  ixtisoslashgan  montaj  kompaniyasining  uskunani 
o‘rnatish  va  montaj  qilish  qiymati  200  m.so‘m;  uskunani  sinovdan  o‘tkazishda 
foydalanilgan  materiallarning  qiymati  65,6  m.so‘m  va  uskunani  ishga  tushirish  va 
sozlash  bilan  bog‘liq  boshqa  sarflar  135,0  m.so‘m,  2006  yil  5  yanvarda  uskuna 
ishlatishga  berildi  va  asosiy  vositalarni  qabul  qilish  berish  haqidagi  dalolatnoma 
rasmiylashtirildi.  Yuqorida  ko‘rsatilgan  operaaiyalar  "Oniks"  AJ  buxgalteriya 
hisobida aks ettirilishi tartibini ko‘rib chiqamiz: 
2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo‘nak to‘langanining ifodasi: 
Dt  4320  -  «Uzoq  muddatli  aktivlar  ostida  yetkazib  beruvchi  va  pulratchilarga 
bo‘naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000. 
2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga  to‘langan, uskunaning qiymatiga: 
Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish»  - 10.800.000; Kt «Mol yetkazib beruvchi 
va pudratchilarga to‘lash schyotlari" – 10800000. 
b)  uskunani  mol  yetkazib  beruvchilarga  berilgan  bo‘naklarning  qoldig‘ini 
yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lash  schyoti" -3240000;  Kt 
4320  -  «Uzoq  muddatli  aktivlar  ostida  yetkazib  beruvchi  va  pudratchilarga  berilgan 
bo‘naklar" schyoti – 3240000. 
v)  uskunaning  texnika  ishlari  va  boshqa  tavsiyalarini  baholash  summasiga;  Dt 
0820  -  «Asosiy  vositalarni  sotib  olish"  –  600000,  Kt  "Mol  yetkazib  beruvchi  va 
pudratchilarga to‘lash schyoti" - 600000. 
g)  uskunalarni  yetkazib  berish,  yukni  ortish-tushirish  yetkazib  berishda 
xavfsizlikni  ta‘minlash  bo‘yicha,  sarflar  summasiga,  shuningdek  uni  o‘rnatish  va 


 
97 
montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" -  830400, 
Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400. 
d)  uskunani  korxonaga  yetkazib  berishga  vakil  bo‘lgan  ekspeditorning  xizmat 
safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000, Kt 
4220 - «Хizmat safariga berilgan bo‘naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga qarz" 
schyotlari - 100000; 
e) uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek  korxona 
kuchi  bilan  amalga  oshirilgan  ishga  tushirish,  sozlash  ishlari  bo‘yicha  sarf 
summasiga:  Dt  0820  -  «Asosiy  vositalarni  sotib  olish"  schyoti  –  200600,    Kt  1000-
«Materiallar»,  6710  «Mehnatga    haq  to‘lash  bo‘yicha  xodimlar  bilan  hisob-kitob», 
6500 «Sug‘urta va davlat maqsadli fondiga to‘lash bo‘yicha qarzlar hisobi»  va 6900 
«Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600. 
2006  yil  15  yanvar  sotib  olingan  uskunani  ishlatishga  berishni  aks  ettirish:  Dt 
0130  -  «Mashina  va  uskunalar"  schyoti  –  12531000,  Kt  0820  -  «Asosiy  vositalarni 
sotib olish" schyoti 12531000. 
Kreditdan  foydalanish  uchun  foizlar  to‘lash  harajatlari  qarz  kapitali  xisobiga 
to‘liq  yoki  qisman  to‘lab  sotib  olingan  asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymatiga 
kiritilmaydi.  
Faraz  qilaylik,  "Oniks"  AJ  2006  yil  15  yanvarda  uskuna  sotib  olish  bo‘yicha 
kreditorlik  qarzining  qolgan  qismini  to‘lash  uchun  Depozit  bankdan  har  oyda 
foizlarni yillik 36 foiz stavka bo‘yicha to‘lash bo‘yicha uch yil muddatga kredit oldi. 
Bunda  kredit  bo‘yicha  to‘lanadigan  foizlar  "Oniks"  AJ  buxgalteriya  hisobida  2006 
ychl  31  yanvarda  quyidagi  tarzda  akg  ettiriladi:  Dt  9610  -  «Foiz  ko‘rinishdagi 
xarajatlar" schyoti-  126760, Kt 6920 - «O‘tkazilgan foizlar" schyoti- 126760. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish