O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  5.  Asosiy  vositalarni  ta’mirlash  xarajatlari  va  ularning  chiqib



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

 5.  5.  Asosiy  vositalarni  ta’mirlash  xarajatlari  va  ularning  chiqib 
ketishining buxgalteriya hisobi 
 
Asosiy  vositalar  obyektlarini  ishchi  holatda  ushlab  turish  ularni  tamirlash  yo‘li 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Joriy tamir — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish maqsadida 
amalga  oshiriladigan  tamirlashdir.  O‘rta  ta‘mirda  tamirlanadigan  agregatni  qisman 
ajratib  yig‘ish  yoki  detallar  qismlarini  qayta  tiklash  yoki  almashtirish  amalga 
oshiriladi. 
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to‘liq ajratib yig‘ish, 
bazaviy  va  korpus  detallari  va  uzellarni  ta‘mirlash,  barcha  eskirgan  detallar  va 
uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash amalga 
oshiriladigan tamirlashdir. 
Bino  va  inshootlarni  kapital  tamirlash  —  bazaviy  va  korpus  detallari  va 
uzellarini  tamirlash,  barcha  eskirgan  konstruksiyalarning  detallari  va  uzellarini 
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta‘mirlashdir. 
Obyektni  ishchi  holatida  ushlab  turish  va  undan  foydalanishda  kelgusidagi 
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga 
oshirilgan  xarajatlar  ular  tegishli  bo‘lgan  hisobot  davri  xarajatlari  tarkibiga  olib 
boriladi.  Ishlab  chiqarish  asosiy  vositalarini  ishchi  holatida  saqlab  turish  xarajatlari 
va  ishlab  chiqarish  asosiy  vositalarning  barcha  turdagi  ta‘mirlashini  o‘tkazish  bilan 
bog‘liq  xarajatlar  mahsulotlar  (ishlar,  xizmatlar)ning  ishlab  chiqarish  tannarxiga, 
mamuriy  va  ijtimoiy,  madaniy  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  mo‘ljallangan 
asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib borilali. 
Zarur  holatlarda,  alohida  sohalarning  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlari 
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  ruxsati  bilan  kapital  tamirlash 
ishlarini  o‘tkazish  uchun  mablag‘lar  zaxiraini  tashkil  etishlari  mumkin.  Mazkur 
zaxira  bo‘yicha  ajratmalar  "Ishlab  chiqarish  tusidagi  boshqa  xarajatlar"  elementi 
tarkibida  aks  ettiriladi,  u  asosiy  vositalarning  har  bir  obyektini  kapital 
ta‘mirlanishdan  o‘tkazishning  davriyligi  va  unga  ketadigan  xarajatlarning  taxminiy 
baholangan  qiymatidan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Zaxira  bo‘yicha  ajratmalar  meyori 
har bir hisobot davri oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy 
yil uchun ajratmalar hajmi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital 
tamirlash uchun zaxira qilingan mablag‘lar summasi mazkur obektning tamirlashiga 


 
103 
ketgan  haqiqiy  xarajatlardan  oshib  ketsa,  ortiqcha  summa  tuzatib  qo‘yilishi  kerak; 
agarda  haqiqiy  xarajatlar  zaxira  qilingan  mablag‘lar  summasidan  oshib  ketsa,  unda 
ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks 
ettiriladi. 
Zaxiralarni  hisoblash  bo‘yicha  operatsiyalar  8910  -  «Kelgusidagi  xarajatlar  va 
to‘lovlar  zaxiralari"  schyoti  krediti  va  harajatlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar  debeti 
bo‘yicha aks ettiriladi. 
Zaxira qilingan mablag‘lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat 
va to‘lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari" schyotining debeti 
hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning 
kamayishiga olib boriladi. 
U yoki bu zaxira bo‘yicha summalarni tashkil etilishi va undan foydalanishning 
to‘g‘riligi  smetalar,  hisob-kitoblar  va  shunga  o‘xshaganlarning  malumotlari  bilan 
vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi. 
5-son  BHMSning  50-bandiga  muvofiq,  chiqib  ketayotgan  asosiy  vositalar 
obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona 
balansidan  ularni:  tugatishda;  sotganda;  almashtirilganda;  tekinga  berilganda;  ta‘sis 
ulushi  sifatida  ustav  kapitaliga  berilganda;  uzoqmuddatli  ijara  shartnomasi  bo‘yicha 
berilganda;    kamomad  yoki  yo‘qotishlar  aniqlanganda;  qatnashchilar  tarkibidan 
qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi. 
Bitta  asosiy  vositada  turlicha  foydali  xizmat  muddatiga  ega  bo‘lgan  bir  necha 
mustaqil  obyektlar  bo‘lgan  hollarda,  asosiy  vositani  qayta  tiklashda  ushbu  har  bir 
obyektning  almashtirilishi  alohida  inventar  obyektining  chiqib  ketishi  yoki  xarid 
qilinishi sifatida hisobga olinadi. 
Asosiy  vositalar  obektini  qisman  tugatish  hollarida  uning  boshlang‘ich  qiymati 
va  to‘plangan  amortizatsiyasi  obyektning  tugatilgan  qismiga  tegishli  boshlang‘ich 
qiymati va to‘plangan amortizatsiya summasiga mos holda kamaytiriladi. 
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy 
vositalarning  chiqib  ketishidan  olinadigan  daromad  summasidan  ularning  qoldiq 
qiymatini  hamda  asosiy  vositalarning  chiqib  ketishi  bilan  bog‘liq  egri  soliqlar  va 
xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 
Asosiy  vositalar  obektlarining  chiqib  ketishidan  ko‘rilgan  moliyaviy  natijani 
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo‘shimcha baholash 
summasining  qoldig‘i,  ya‘ni  avvalgi  qo‘shimcha  baholash  summalarining  asosiy 
vositalar  ushbu  obyektining  avvalgi  arzonlashtirilgan  summasidan  oshib  ketgan 
qismi,  asosiy  vositalarning  chiqib  ketishidan  olinadigan  daromad  tarkibiga  kiritilib, 
ayni  vaqtda  8510  -  «Mol-mulkni  qayta  baholash  bo‘yicha  tuzatishlar"  schyoti 
bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  "Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida"gi  qonuniga 
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini 
nazorat  qilish  maqsadida  korxona  tomonidan  asosiy  vositalarning  inventarizatsiyasi 
vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari bo‘yicha esa 
besh yilda bir marta o‘tkaziladi. 


 
104 
Asosiy  vositalarning  inventarizatsiyasi  19-sonli  buxgalteriya  hisobi  milliy 
standartiga  muvofiq  belgilangan  tartibda  o‘tkaziladi.
16
    Korxonalarda  mulklarni 
inventarizatsiya  qilish  natijasida  aniqlangan  asosiy  vositalarning  kamomadi  va 
ortiqcha  chiqishini  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  va  soliqqa  tortilishi  amaldagi 
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
17
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish