Mahsulot chiqarish deganda, mahsulotni buyurtmachi yoki iste’molchiga topshirish yoki jo‘natish
tushuniladi. Sotish deganda, tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotish nazarda tutiladi.
Тahlil qilinayotgan modda bo‘yicha javobgarlik sifatsiz mahsulotni tovar bozoriga chiqarish yoki sotish
natijasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan hollardagina vujudga keladi.
«Sifatsiz mahsulot deganda, davlat standarti talablariga, me’yoriy normalarga javob bermaydigan va sifat
sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotlar tushuniladi. Mahsulot har qancha sifatsiz bo‘lsa-da, o‘rtacha og‘ir
yoki og‘ir tan jarohati yetkazish xususiyatiga ega bo‘lmasa, Jinoyat kodeksining 186-moddasida javobgarlik
belgilangan jinoyatning predmeti bo‘la olmaydi. Bunday hol ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslarga nisbatan
ma’muriy, intizomiy va boshqacha tarzdagi choralar ko‘riladi.
Har qanday oziq-ovqat mahsulotlari ushbu jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin. Lekin jinoiy
javobgarlik yuzaga kelishining sharti sifatida jinoiy oqibat ko‘rsatilgan. Qilmishni bevosita ushbu modda
bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoiy oqibat kelib chiqqan bo‘lishi shart»
1
.
Тovar bozoriga sifatsiz mahsulotni chiqarish yoki sotish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘i uchun mazkur
moddada ko‘rsatilgan oqibatlar kelib chiqmasa, jinoiy javobgarlik ham vujudga kelmaydi. Biroq, O‘zbekiston
Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq,
tovar (ish, xizmat)ning tuzilishi, ishlab chiqarilishi, tarkibidagi va boshqa nuqsonlari, shuningdek
iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar,
uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining
hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan
qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan, kirishmaganidan qat’iy
nazar, har qanday iste’molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini talab
qilish huquqiga ega.
Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda
tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda tovar
ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yuzaga kelgan bo‘lsa,
qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki foydalanish, uni saqlash
yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste’molchi tomonidan buzilishi tufayli zarar yetkazilganligini
isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Subyektiv tomondan jinoyat – sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish qasddan sodir etiladi, kelib chiqqan
oqibatlar (sog‘liqqa zarar yetkazilishi, odamlar o‘limi)ga nisbatan esa subyektning aybi ehtiyotsizlikda
ifodalanadi.
Jinoyat subyekti tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish uchun javobgar yoki uni sotish bilan
shug‘ullanayotgan shaxsdir. Ushbu moddaning 2-qismida odamning o‘limiga sabab bo‘lgan sifatsiz mahsulot
chiqarganlik yoki sotganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Тahlil qilinayotgan moddaning 3-qismida sifatsiz mahsulot chiqarganlik yoki sotganlik natijasida:
a) odamlar o‘limi;
b) boshqa og‘ir oqibatlarning yuzaga kelganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Boshqacha og‘ir oqibatlar deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir
shikast yetkazilishi tarzidagi sog‘liqqa zarar yetkazish, odamlarning yalpi zaharlanishi va boshqalar
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: