O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki 
muomalaga kiritish 
(Jinoyat kodeksining 186
1
-moddasi) 
 
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan Jinoyat kodeksiga 
mazkur modda kiritilgan. Ushbu modda uch qismdan iborat. 


Jinoyatning  obyekti  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  iqtisodiy  faoliyati  yuritishidagi  manfaatlaridir. 
Jinoyat predmeti etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlaridir.  
Obyektiv  tomondan  jinoyat  etil  spirti,  alkogolli  va  tamaki  mahsulotlarini  shunday  harakatlar  uchun 
ma’muriy  jazo  qo‘llanilganidan  keyin  yoki  ancha  miqdorda  qonunga  xilof  ravishda  ishlab  chiqarish  yoki 
muomalaga kiritishda ifodalanadi. 
Qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda, etil spirti, tamaki yoki alkogolli mahsulotlarni qonunda 
belgilangan  tartibda  ruxsatnoma  olmasdan  ishlab  chiqarish tushuniladi.  Qonunga  xilof  ravishda  muomalaga 
kiritish deganda, ularni sotish, ayirboshlash, qarz uchun to‘lash, garovga berish va h.k. tushuniladi. 
Aybdor shunday harakatlari uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda etil spirti, 
alkogolli  yoki  tamaki  mahsulotlarini  qonunga  xilof  ravishda  ishlab  chiqargan  yoki  muomalaga  kiritgan 
bo‘lsa,  u  jinoiy  javobgarlikka  tortiladi.  Jinoyat  etil  spirti,  tamaki  yoki  alkogolli  mahsulotlar  muomalaga 
kiritilgan paytdan e’tiboran tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikatsiyasiga 
ta’sir  qilmaydi.  Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan  va  etil  spirti,  tamaki  yoki  alkogolli  mahsulotlarni 
qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
Ushbu qilmish: 
 
1) ko‘p miqdorda; 
2) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; 
3) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 
4) xizmat lavozimini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 186
1
-moddasi, 
2-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
 
O‘sha harakatlar: 1) juda ko‘p miqdorda; 2) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab 
sodir etilgan bo‘lsa, aybdor shu moddaning 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. 
 
D. Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga  
xilof ravishda shug‘ullanish  
(Jinoyat kodeksining 188-moddasi) 
 
Jinoyatning  obyekti  qonunda  belgilab  qo‘yilgan  ro‘yxatdan  o‘tish  va  savdo  yoki  vositachilik  faoliyati 
bilan  shug‘ullanish  tartibidir.  Obyektiv  tomondan  jinoyat  nazorat  qilinmaydigan  foyda  (daromad)  olish 
maqsadida  belgilangan  tartibda  ro‘yxatdan  o‘tishdan  bo‘yin  tovlab,  savdo  yoki  vositachilik  faoliyati  bilan 
shug‘ullanishda ifodalanadi. 
Qonunga  xilof  savdo  yoki  vositachilik  faoliyati  deganda,  nazorat  qilinmaydigan  foyda  (daromad)  olish 
maqsadida  qonunda  belgilangan  tartibda  ro‘yxatdan  o‘tmasdan  shunday  faoliyatni  amalga  oshirish 
tushuniladi.  Aybdor  ro‘yxatdan  o‘tmasdan  savdo  yoki  vositachilik  faoliyati  bilan  qonunga  xilof  ravishda 
shug‘ullanilgan paytdan e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Jinoyat  kodeksining  188-moddasi,  1-qismi  ma’muriy  preyuditsiyaga  ega,  ya’ni  aybdor  ma’muriy  jazo 
qo‘llanilganidan  keyin  ham  bir  yil  ichida  yuqoridagi  qilmishni  sodir  etsa,  mazkur  moddaning  ko‘rib 
chiqilayotgan qismi bo‘yicha jinoiy javobgar bo‘ladi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  aybning  qasd  shakli  bilan  sodir  etiladi.  Jinoyatni  sodir  etish  maqsadi  – 
nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Jinoyatning subyekti 16 
yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish xavfli retsidivist tomonidan, 
ancha miqdorda yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, aybdor Jinoyat 
kodeksining 188-moddasi, 2-qismi bilan javobgar, deb topiladi. 
Mazkur  moddaning  3-qismida  ko‘p  miqdorda  yoki  uyushgan  guruh  tomonidan  va  uning  manfaatlarini 
ko‘zlab  sodir  etilgan  savdo  yoki  vositachilik  faoliyati  bilan  shug‘ullanganlik  uchun  javobgarlik  nazarda 
tutilgan. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish