O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

E. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 


(Jinoyat kodeksining 189-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  fuqarolarning  manfaatlari,  mulk  shaklidan  qat’iy  nazar  savdo  korxonalari, 
umumiy ovqatlanish korxonalarining normal faoliyat yuritishidir. 
Obyektiv  tomondan  jinoyat  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  qoidalarini  buzishda  namoyon  bo‘ladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  plenumining  1996-yil  15-martdagi  «Savdo  sohasidagi  jinoyatlar  va 
boshqa huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 9-qarorida «Jinoyat kodeksining 
189-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda 
tutilgan  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  qoidalarini  buzish  deganda,  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasidagi 
huquqiy  munosabatlarni  tartibga  soladigan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarining  buzilishi  tushunilmog‘i 
lozim. 
Bunda  sud  aybdor  tomonidan  aynan  qaysi  savdo  qoidalari  buzilganligini  ko‘rsatishi  shart»
1
,  deb 
tushuntirish berilgan. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda har bir aybdor tomonidan qaysi qoida, shu qoidalarning 
qaysi  bandi  buzilganligini  aniqlash  zarur.  Masalan,  1995-yil  15-fevralda  qabul  qilingan  «Aholi  bilan  pulli 
hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda  nazorat-kassa  mashinalarini  majburiy  qo‘llanish  tartibi  to‘g‘risidagi 
Nizom»ga  muvofiq,  har  bir  savdo  shoxobchasida  kassa  apparati  o‘rnatilgan  bo‘lishi  kerak.  Uning  yo‘q 
ekanligi savdo qoidalarini buzish hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 189-moddasi, 1-qismi ma’muriy preyuditsiyaga ega, ya’ni Jinoyat kodeksining 189-
moddasi,  1-qismi  bo‘yicha  jinoiy  javobgarlik  xuddi  shunday  harakatlar  uchun  ma’muriy  jazo 
qo‘llanilganidan keyin yuzaga keladi. Jinoyat kodeksining 189-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat 
savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  qoidalarining  biron-bir bandi  buzilgan  paytdan e’tiboran tamom  bo‘lgan,  deb 
topiladi. 
Subyektiv  tomondan  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  qoidalarini  buzish  qasddan  sodir  etiladi. Jinoyatning 
motivi va maqsadi uni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Jinoyatning subyekti savdo yoki xizmat 
ko‘rsatish sohasida ishlovchi va 16 yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
Ko‘rib chiqilayotgan moddaning 2-qismida ancha miqdorda yoki xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari 
ushbu kodeksning 187, 188 yoki 190-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan 
yoxud  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  oldindan  til  biriktirib  sodir  etilgan  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish 
qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 
Jinoyat  kodeksining  189-moddasi,  3-qismida  ko‘p  miqdorda  sodir  etilgan  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish 
qoidalarini  buzganlik  uchun  javobgarlik  nazarda  tutilgan.  Aybdor  shaxs  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish 
qoidalarini buzgan va ayni paytda xaridorlar yoki buyurtmachilarni aldagan bo‘lsa, uning harakatlarini shu 
jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilish zarur. Agar savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 
tovlamachilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishlari, yuqorida aytilganidek, jinoyatlar jami 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
 
F. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish 
(Jinoyat kodeksining 190-moddasi) 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  1991-yil  15-fevralda  qabul  qilingan  «O‘zbekiston  Respublikasidagi 
korxonalar  to‘g‘risida»gi  Qonuni  8-moddasida  aytilishicha:  «Litsenziya  olinishi  kerak  bo‘lgan  faoliyat 
turlarini amalga oshirish uchun korxona zarur litsenziyani olishi shart». 
Korxonaning  litsenziya  olinishi  kerak  bo‘lgan  faoliyatiga  ruxsatnoma  berish  va  bunday  ruxsatnomani 
haqiqiy  emas,  deb  topish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi
1
.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1994-yil  18-aprelda  qabul  qilgan  Qarorining  ilovasida 
mulkchilikning  barcha  shaklidagi  korxonalar  (tashkilotlar),  shu  jumladan,  chet  el  korxonalari  va  qo‘shma 
korxonalar  faqat  maxsus  ruxsatnoma  (litsenziya)  asosidagina  shug‘ullanishga  haqli  bo‘lgan  faoliyat 
turlarining ro‘yxati berilgan. Masalan, portlovchi va zaharli moddalar hamda bunday  moddalarni qo‘llagan 
holda  boshqa  buyumlar  yaratish,  ishlab  chiqarish,  ularni  tashish  va  sotish;  ov  va  sportga  mo‘ljallangan 
o‘qotar qurollarni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek, tig‘li qurollar (milliy pichoq turlaridan tashqari) ishlab 
chiqarish,  ularni  ta’mirlash  va  sotish;  qimorxonalar  tashkil  etish,  lotereyalar  va  shunga  o‘xshash  tadbirlar 
o‘tkazish
1
 uchun, albatta, litsenziya olinishi lozim.  


Qonunda  mustahkamlab  qo‘yilganidek,  jinoyatning  obyekti  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanishni  tartibga 
soluvchi ijtimoiy munosabatlardir. Obyektiv tomondan jinoyat litsenziya olinishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan 
maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishda ifodalanadi, ya’ni bu jinoyat formal tarkibli hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining «Savdo sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha sud 
amaliyoti  to‘g‘risida»gi  qarorida:  «Amaldagi  qonunlariga  muvofiq,  savdo  faoliyatining  ayrim  turlari  bilan 
shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi, aybdor 
muqaddam shunday harakatlar uchun bir yil mobaynida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-
moddasi  bilan  ma’muriy  javobgarlikka  tortilgan  bo‘lsa,  Jinoyat  kodeksining  190-moddasi  bo‘yicha 
javobgarlikni  yuzaga  keltiradi.  Agar  bunda  aybdorning  savdo  faoliyatini  faqat  ruxsatnoma  (litsenziya)siz 
amalga oshiribgina qolmay, balki ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlaganligi aniqlansa, uning harakatlari 
Jinoyat  kodeksining  188  va  190-moddalari  majmuyi  bilan  kvalifikatsiya  qilinmog‘i  lozim»
2
,  deb 
tushuntiriladi. 
Ushbu modda ma’muriy preyuditsiyaga ega. Shuning uchun Jinoyat kodeksining 190-moddasi, 1-qismi 
bo‘yicha  jinoiy  javobgarlik  litsenziya  olinishi  shart  bo‘lgan  faoliyat  bilan  maxsus  ruxsatnoma  olmasdan 
shug‘ullangan  shaxsga  nisbatan  ma’muriy  jazo  choralari  qo‘llanilgandan  keyin  sodir  etilgan  hollardagina 
yuzaga keladi. 
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadi har xil bo‘lishi mumkin, 
ammo ular qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Mazkur jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan 
har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
Ushbu  qilmishning  xavfli  retsidivist  yoxud  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  oldindan  til  biriktirib  sodir 
etilishi faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. 
Mazkur  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishda  faoliyat  bilan  litsenziyasiz  shug‘ullangan  shaxs  soliqlarni 
to‘lashdan  ham  bo‘yin  tovlagan  bo‘lsa,  uning  harakatlari  Jinoyat  kodeksining  190  va  184-moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarning jami bo‘yicha javobgarlikni vujudga keltirishini nazarda tutmoq kerak. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish