6.2. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
tushunchasi va turlari
Insonni, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyatlar sifatida tan olinishi insonlarning xavfsiz
turmush sharoitini, davlat va jamoat institutlarining normal faoliyatini ta’minlaydigan ijtimoiy sharoitlarni
vujudga keltirish va ta’minlashni taqozo etadi. Fuqarolarning mehnat qilishi va dam olishi uchun normal
sharoitlarni yaratish, davlat va jamoat tartibini muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy normalar tizimi
odamlar, davlat va jamoat institutlarining ijtimoiy himoyalanganligining muhim omilidir. Jinoyat
kodeksining o‘n yettinchi bobi normalari shular sarasidandir.
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning xususiyati ularning keng doiradagi ijtimoiy munosabatlar
uchun obyektiv ravishda xavfliligidadir. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etilganda muayyan
shaxsning manfaatlariga zarar yetkazilmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlariga – umuman
jamiyat hayotining xavfsiz sharoitiga zarar yetkaziladi. Bunda butun jamiyat hayotining normal va xavfsiz
sharoitlari, jamoat tartibi, turli faoliyatni amalga oshirishdagi va ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar
bilan muomala qilishdagi xavfsizlik kabi ijtimoiy qadriyatlar jinoiy tajovuzlarga uchrashi mumkin.
Jinoyat kodeksining XVII bobi normalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning obyekti – jamiyatni har bir
a’zosining xavfsizligini, jamoat tartibini, turli xil faoliyat ko‘rsatishda va ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan
predmetlar bilan muomala qilish jarayonida jamiyat yoki davlat manfaatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy
munosabatlar majmuyi hisoblanadi.
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning ko‘pchiligi (Jinoyat kodeksining 242–248, 251–252, 254, 255
1
-
moddalari) obyektiv tomondan harakat bilan sodir etiladi. Alohida jinoyatlar esa, harakatsizlik bilan ham
sodir etiladi (o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash Jinoyat kodeksining 249-moddasi), bir
qator jinoyatlar esa, ham harakat bilan ham harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin (250, 253–255, 256–
259-moddalar). Ayrim jinoyatlar formal tarkibli jinoyatlar hisoblanadi (masalan, Jinoyat kodeksining 242,
243-moddalari), aksariyati esa, moddiy tarkibli jinoyatlarga tegishli (masalan, Jinoyat kodeksining 244, 256–
259-moddalari).
Jamoat xavfsizligiga qarshi aksariyat jinoyatlar subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi. Bir qator
jinoyatlar faqat ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin, masalan, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni
beparvolik bilan saqlash (Jinoyat kodeksining 249-moddasi). Jinoyat kodeksining 245, 251
1
-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarda maqsad zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi.
Bevosita asosiy obyektiga ko‘ra, mazkur jinoyatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (tor ma’noda). Mazkur guruhdagi jinoyatlar jamiyat hayotining
barcha sohalarida sodir etilishi, butun jamiyat hayotining xavfsiz va normal sharoitini ta’minlash sohasidagi
eng muhim manfaatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Ularga Jinoyat kodeksining 242–245-moddalarda
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi;
2) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq
jinoyatlar. Jinoyatlarning mazkur guruhini Jinoyat kodeksining 246–255
1
-moddalarda nazarda tutilgan
jinoyatlar tashkil qiladi.
3) turli faoliyatni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar. Bu guruhga
Jinoyat kodeksining 257–259-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar:
Jinoiy uyushma tashkil etish (Jinoyat kodeksining 242-moddasi).
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish (legallashtirish) (Jinoyat kodeksining 243-
moddasi).
Ommaviy tartibsizliklar (Jinoyat kodeksining 244-moddasi).
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat
kodeksining 244
1
-moddasi).
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga
rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish (Jinoyat kodeksining 244
2
-moddasi).
Diniy mavzudagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
(Jinoyat kodeksining 244
3
-moddasi).
Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish (Jinoyat kodeksining 245-moddasi).
Kontrabanda (Jinoyat kodeksining 246-moddasi).
O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda
egallash (Jinoyat kodeksining 247-moddasi).
Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik
qilish (Jinoyat kodeksining 248-moddasi).
O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash (Jinoyat kodeksining 249-moddasi).
Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat
kodeksining 250-moddasi).
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat kodeksining
251-moddasi).
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish (Jinoyat
kodeksining 251
1
-moddasi).
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat kodeksining 252-moddasi).
Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 253-moddasi).
Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish (Jinoyat kodeksining 254-moddasi).
Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 255-moddasi).
Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish,
to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni
sodir etish (Jinoyat kodeksining 255
1
-moddasi).
Тadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 256-moddasi).
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 257-moddasi).
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (Jinoyat
kodeksining 257
1
-moddasi).
Тog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 258-
moddasi).
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 259-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |