O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish 
(Jinoyat kodeksining 241-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  surishtiruv,  dastlabki  tergov,  prokuratura  organlari  yoki  sudlarning  normal 
faoliyati  hisoblanadi.  Obyektiv  tomondan  Jinoyat  kodeksining  241-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan 
jinoyat tayyorgarlik ko‘rilayotgan  yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda 
xabar bermaslikdan iboratdir. 
Xabar  bermaslik  deganda,  o‘z  faoliyati  munosabati  bilan  yoxud  boshqa  sabablarga  ko‘ra  qandaydir 
shaxslar  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyatni  sodir  etishga  tayyorgarlik  ko‘rilayotganligi  yoxud  tamom  bo‘lgan 
jinoyatdan  xabar  topgan  shaxsning  shu  haqdagi  axborotni  davlat  hokimiyati,  huquqni  muhofaza  qilish 
organlariga yetkazmasligini tushunish zarur.  
Тayyorgarlik  ko‘rilayotgan  yoki  sodir  etilgan  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  haqidagi  xabar  mansabdor 
shaxs tomonidan ma’lum qilinmagan taqdirda, uning qilmishi sodir etilgan jinoyat holatlaridan kelib chiqib, 
hokimiyat  yoki  mansab  vakolatini  suiiste’mol  qilish  sifatida  Jinoyat  kodeksining  205-moddasi  yoxud 


hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish sifatida Jinoyat kodeksining 206-moddasi bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinishi lozim.  
Og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  tushunchasining  ta’rifi  Jinoyat  kodeksining  15-moddasida  berilgan.  Aniq 
bilgani  holda  tayyorgarlik  ko‘rilayotgan  yoki  sodir  etilgan  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  haqida  xabar 
bermaslik shaxs ana shu faktlarni ma’lum qilish harakatini ko‘rmagan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat,  
deb hisoblanadi. Jinoyatning sodir etilish motivi har xil (jinoyatni sodir etgan shaxsni yashirib qolish, guvoh 
sifatida ishtirok etishni istamaslik va h.k.) bo‘lishi mumkin.  
Jinoyatning motivi va ko‘zlangan maqsad qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Jinoyat 
kodeksining 241-moddasi, 1-qismi bo‘yicha 16 yoshga to‘lgan, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan 
og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  haqida  aniq  bilgani  holda  xabar  bermagan  shaxs  jinoyatning  subyekti  bo‘lishi 
mumkin.  
Jinoyat  kodeksining  241-moddasi,1-qismida  javobgarlik  belgilangan  jinoyat  obyektiv  tomonidan  og‘ir 
yoki o‘ta og‘ir jinoyatni oldindan va’da bermasdan yashirishdan iboratdir. Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 
2-qismi  bo‘yicha  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyatni  oldindan  va’da  bermasdan  yashirgan  shaxslar  javobgar 
bo‘ladilar,  boshqa  jinoyatlarning  va’da  bermasdan  yashirilganligi  ushbu  modda  bo‘yicha  javobgarlikni 
vujudga keltirmaydi.  
Yashirish deganda, jinoyatchi, jinoyat izlari, sodir etilgan jinoyat qurollari va vositalari, jinoiy yo‘l bilan 
qo‘lga  kiritilgan  predmetlarning  yashirilishini  tushunish  zarur.  Yashirish  uy-joyni,  qiyofasini  o‘zgartirish 
uchun  kiyim-kechak  berishdan,  shaxsni  biron-bir  hujjat  bilan  ta’minlashdan,  qon  izlarini,  barmoq  izlarini 
yo‘qotishdan va h.k.lardan iborat bo‘lishi ham mumkin. 
Jinoyat  kodeksining  241-moddasi,  2-qismida  oldindan  va’da  bermay  jinoyatni  yashirganlik  uchun 
javobgarlik nazarda tutilgan. Oldindan va’da berib yashirish, ya’ni jinoyatlarning sodir etilishidan oldin yoki 
sodir etilayotgan vaqtda jinoyatni sodir etish qurollari va vositalari bilan ta’minlash, jinoyat izlarini, jinoiy 
yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan buyumlarni yashirish muayyan jinoyatda ishtirokchilikni tashkil etadi.  
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirishga qaratilgan har qanday harakat sodir etilgan paytdan e’tiboran 
jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi.  
Shaxs  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyatni  yashirayotganini  aniq  bilishi  lozim.  Jinoyatning  sodir  etilish 
motivlari  har  xil  –  jinoyatchidan  qo‘rqish,  qarindoshlik  yoki  birodarlik  aloqalari,  soxta  obro‘  va  h.k.lardan 
iborat  bo‘lishi  mumkin.  Ammo  bu  motivlar  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishda  ta’sir  etmaydi.  Jinoyatning 
subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
 
 
 
1. Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning turlari. 
2. Obyektiv tomondan aybsiz kishini javobgarlikka tortish qanday harakatlarda ifodalanadi? 
3. Aybsiz kishi deganda nima tushuniladi? 
4. Adolatsiz hukm chiqarish deganda nima tushuniladi? 
5. Qanday qarorlar adolatsiz chiqarilgan hisoblanadi? 
6. Sud qarorlarini bajarmaslik subyektiv tomondan qanday sodir etiladi? 
7. Kimlar qonunga muvofiq ushlab turilishi mumkin? 
8.  Ko‘rsatuv berishga majbur etish jinoyati obyektiv tomondan qanday harakatlarda ifodalanadi? 
9.  Qanday harakatlar tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, deb kvalifikatsiya qilinadi? 
10. Yolg‘on xabar berish yoki yolg‘on guvohlik berish jinoyati qachon   tugallangan hisoblanadi? 
11.  Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish harakatlari   nimada ifodalanadi? 
12. Jinoyat haqida xabar bermaslik qachon tugallangan hisoblanadi? 
13. Jinoyatni yashirish qachon tamom bo‘lgan hisoblanadi?
 
 
6-bob. JAMOAТ XAVFSIZLIGI VA JAMOAТ     ТARТIBIGA QARSHI JINOYAТLAR

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish