O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

6.4. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar  
    bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan  
    iborat jinoyatlar tushunchasi va turlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jinoyat  kodeksining  ushbu  bobiga  kiritilgan  jinoyatlar  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va 
prekursorlar  bilan  muomala  qilish  sohasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  muhofaza  qilishga  qaratilgandir.  Bu 
normalar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishning 
oldini olish, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi. 
Shuni qayd etish lozimki,  O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda «Giyohvandlik vositalari va 
psixotrop  moddalar  to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilinib,  u  muhofaza  qilinadigan  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartibga  soladi.  Agar  bu  munosabatlarning  buzilishlari  jinoyat-huquqiy  buzilish,  deb  topilsa,  aybdor  shaxs 
Jinoyat kodeksining tegishli normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlar  Jinoyat  kodeksining  XIX  bobiga  kiritilgan 
jinoyatlarning  predmeti  bo‘lib,  ular  haqidagi  tushunchalar  «Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar 
to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida berilgan. 
Giyohvandlik  vositalari  –  giyohvandlik  vositalari  ro‘yxatiga  kiritilgan  va  O‘zbekiston  Respublikasida 
nazoratga  olinadigan,  kelib  chiqishi  sintetik  yoki  tabiiy  bo‘lgan  moddalar,  tarkibida  giyohvandlik  moddasi 
bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar. 
Psixotrop moddalar – psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga 
olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar. 
Prekursorlar  –  prekursorlar  ro‘yxatiga  kiritilgan  va  O‘zbekiston  Respublikasida  nazoratga  olinadigan 
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar hisoblanadi
1
.  
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat 
jinoyatlar quyidagi jinoyatlardan iborat: 
 

Тaqiqlangan ekinlarni yetishtirish (Jinoyat kodeksining  270-moddasi). 

Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  qonunga  xilof  ravishda  egallash  (Jinoyat 
kodeksining 271-moddasi). 

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda 
tayyorlash,  olish,  saqlash  va  boshqa  harakatlar  qilish,  shuningdek,  ularni  qonunga  xilof  ravishda  o‘tkazish 
(Jinoyat kodeksining 273-moddasi). 

Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb  qilish    (Jinoyat  kodeksining  
274-moddasi). 

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini 
buzish (Jinoyat kodeksining 275-moddasi). 

Giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  o‘tkazish  maqsadini  ko‘zlamay  qonunga  xilof 
ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar (Jinoyat kodeksining 276-moddasi). 
 
A. Тaqiqlangan ekinlarni yetishtirish 
(Jinoyat kodeksining 270-moddasi) 
 


Тaqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi (nasha) yoxud 
tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki 
o‘stirishdan  iboratdir.  «Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar  to‘g‘risida»gi  Qonunga  muvofiq, 
tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi (6-modda) 
va  ularni  yetishtirish  uchun  ruxsat  maxsus  vakolatli  organ  tomonidan  belgilangan  tartibda,  davlat 
korxonalariga  ilmiy  maqsadlarda  foydalanish  uchun  mazkur  faoliyat  turi  bilan  shug‘ullanishga  ruxsat 
berilgan litsenziyasi bo‘lgan taqdirda beriladi (21-modda). 
Jinoyatning  obyekti  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlar  bilan  muomala  qilish 
sohasidagi ijtimoiy  munosabatlar,  shuningdek,  aholining  sog‘lig‘i  va  xavfsizligidir. Jinoyatning  predmetiga 
ko‘knor,  moyli  ko‘knor,  kannabis  (nasha)  va  tarkibida  giyohvandlik  moddalari  yoki  psixotrop  moddalar 
bo‘lgan boshqa o‘simliklar kiradi.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish