O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Kannabis – bu nashaning navlaridan biri bo‘lgan o‘simlikdir (Hindiston, Janubiy Chu vodiysi, Krasnodar 
o‘lkasi nashalari va nashaning boshqa turlari mavjud).  
Тarkibida  giyohvandlik  moddasi  yoki  psixotrop  moddalar  bo‘lgan  o‘simliklar  jumlasiga  kokain  butasi, 
koki barglari va tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan boshqa ekinlar kiradi. 
Mazkur jinoyat obyektiv tomondan taqiqlangan ekinlarni, ya’ni tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan 
o‘simliklarni ekish yoki yetishtirishdan iboratdir. Тarkibida giyhovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar 
bo‘lgan  ekinlarni  ekish  deganda,  o‘stirilishi  taqiqlangan,  tarkibida  giyohvandlik  moddasi  bo‘lgan 
o‘simliklarning urug‘larini yoki ko‘chatlarini har qanday yer uchastkasidagi tuproqqa qadash tushuniladi. Bu 
harakatlar unib chiqqan o‘simliklarning pishib yetilgan yoki yetilmaganligidan qat’iy nazar, tamom bo‘lgan 
jinoyat, deb topiladi. 
Ekinlarni  yetishtirish  deganda,  o‘stirilishi  taqiqlangan  o‘simliklarni  pishib  yetilish  bosqichigacha  olib 
borish  maqsadida  ekinzor  va  ko‘chatlarni  parvarishlash  (sug‘orish,  chopiq  qilish,  o‘g‘itlash  va  h.k.) 
tushuniladi. Bu qilmish ko‘chatlar yetilgan yoki yetilmaganidan qat’iy nazar, tamom bo‘lgan jinoyat tarkibini 
hosil qiladi. 
Javobgarlik to‘g‘risidagi masala muayyan oqibatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq emasligi va qilmishning 
ko‘rsatib  o‘tilgan  harakatlar  bajarilgan  paytdan  e’tiboran  tamom  bo‘lgan,  deb  topilishi  tufayli  bu  jinoyat 
formal tarkibli jinoyatlar jumlasiga kiradi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  plenumining  1995-yil  27-oktabrdagi  «Giyohvandlik  vositalari  yoki 
psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti 
haqida»gi  21-qarorida:  «Aybdorning  harakatlari  ekin  maydoni  o‘lchamidan  kelib  chiqqan  holda  Jinoyat 
kodeksining  270-moddasi  tegishli  qismlari  bilan  kvalifikatsiya  qilinadi,  bunda  ushbu  moddaning  1-qismi 
bilan kvalifikatsiya qilish uchun ekin maydonining o‘lchami 250 m
2
.gacha bo‘lishi ko‘zda tutiladi. 
Shaxs  yetishtirilishi  taqiqlangan  o‘simliklarni  turli  maydonlarda  o‘stirayotgan  bo‘lsa,  uning  qilmishini 
kvalifikatsiya  qilishda  jami  ekin  maydonidan  kelib  chiqmog‘i  lozim.  Agar  yetishtirilishi  taqiqlangan 
o‘simliklarni  ekish  va  yetishtirish  kelgusi  narkotik  moddalarni  o‘tkazish  maqsadini  ko‘zlab  tayyorlash, 
saqlash, tashish, jo‘natish, shuningdek, o‘tkazish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday harakatlar Jinoyat 
kodeksining  270-moddasi  va  tegishli  moddalarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlar  majmuyi  bilan  kvalifikatsiya 
qilinmog‘i darkor»
1
, deb tushuntirish berilgan. 
O‘rganilayotgan  jinoyat  subyektiv  tomonidan  aybning  to‘g‘ri  qasd  shakli  bilan  ifodalanadi.  Aybdor 
tarkibida  giyohvandlik  vositasi  yoki  psixotrop  moddasi  bo‘lgan  ekinlar  yoki  o‘simliklarni  qonunga  xilof 
ravishda  o‘stirayotganini  biladi  va  mazkur  harakatlarni  sodir  etishni  xohlaydi.  Jinoyatni  sodir  etishning 
maqsadi aybdorning harakatlarini kvalifikatsiyalash uchun ahamiyatga ega emas. Jinoyatning motivi ham har 
xil bo‘lishi mumkin, biroq u ham qilmishning kvalifikatsiyasi va jinoiy jazo tayinlashga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Ushbu jinoyatning subyekti jinoyat sodir etilgunga qadar 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso shaxslar 
bo‘lishlari mumkin. 
Jinoyat kodeksining 270-moddasi, 2-qismida ushbu jinoyatni aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda: 
 
 a)  ilgari  giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalar  bilan  qonunga  xilof  ravishda  muomala 
qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;  
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;  


d)  o‘rtacha  kattalikdagi  ekin  maydonida  tarkibida  giyovandlik  moddalari  bo‘lgan  o‘simlikni 
yetishtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 
 
Yetishtirish  taqiqlangan  ekinlarni  o‘stirish  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxs  ilgari  ham  Jinoyat  kodeksining 
270–276-moddalarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlardan  birini  sodir  etgan  bo‘lsa  yoxud  voyaga  yetmagan 
shaxsni  giyovandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalar iste’mol  etishga jalb qilgan  bo‘lsa,  ya’ni  qilmishda 
Jinoyat  kodeksining  127-moddasi  2  va  3-  qismlarida  nazarda  tutilgan  jinoyat  mavjud  bo‘lsa,  bunday 
qilmishni  Jinoyat  kodeksining  270-moddasi,  2-qismi,  «a»  bandi  bo‘yicha  kvalifikatsiya  qilish  kerak. 
Qilmishni  kvalifikatsiya  qilishda  oldingi  shunday  jinoyati  uchun  sudlangan  yoki  sudlanmaganligining 
ahamiyati yo‘q, ammo sudlanganlik bekor bo‘lmagan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan 
bo‘lishi shart. Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ikki yoki 
undan ortiq shaxslarning tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlar yoki psixotrop moddalari bo‘lgan 
o‘simliklarni  qonunga  xilof  ravishda  yetishtirishda  birgalikda  qasddan  ishtirok  etishni  bildiradi,  bunda 
jinoyatni sodir etishda avval til biriktirilgan bo‘lishi lozim. 
Bu vositalarni o‘rtacha kattalikdagi ekin maydoniga yetishtirish deganda, Jinoyat kodeksining sakkizinchi 
bo‘limida berilgan ta’rifga muvofiq, 250 m
2
.dan 1000 m
2
.gacha bo‘lgan maydonda yetishtirish tushuniladi. 
Jinoyat kodeksining  270-moddasi, 3-qismida: 
 
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;  
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;  
d)  katta  ekin  maydonida  taqiqlangan  ekinlarni  yetishtirganlik  uchun  javobgarlik  belgilangan.  Тahlil 
etilayotgan jinoyat, tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan o‘simliklarni yetishtiruvchi aybdor buni 
sodir etguniga qadar Jinoyat kodeksining 34-moddasida belgilangan tartibda sudning qonuniy kuchga kirgan 
hukmi  bilan  o‘ta  xavfli  retsidivist  deb  topilgan  bo‘lsagina,  qilmish  o‘ta  xavfli  retsidivist  tomonidan  sodir 
etilgan deb hisoblanadi.  
Ikki  yoki  undan  ortiq  shaxsning  tarkibida  giyohvandlik  vositalari  bo‘lgan  o‘simliklarni  birgalikda 
yetishtirish  uchun  oldindan  birlashishi  Jinoyat  kodeksining  29-moddasiga  muvofiq,  uyushgan  guruh 
tomonidan  tarkibida  taqiqlangan  ekinlarni  yetishtirish,  deb  topiladi.  «Jinoiy  guruhni  uyushgan,  deb 
kvalifikatsiya qilish uchun asosiy mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining 
bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va 
yo‘l-yo‘rig‘i  ishlanganligini,  har  bir  ishtirokchi  o‘rtasida  vazifalar  taqsimlanganligini,  texnika  bilan 
ta’minlanganligini,  jinoyatni  yashirish  choralari  ko‘rilganligini,  umumiy  intizomga  va  jinoiy  guruh 
tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim»
1
.  
Jinoyat  kodeksining  sakkizinchi  bo‘limida  berilgan  ta’rifga  muvofiq,  tarkibida  giyohvandlik  vositalari 
bo‘lgan  ekinlarni  katta  maydonda  yetirishtirish  deganda,  1000  m
2
  va  undan  ortiq  bo‘lgan  ekin  maydoni 
tushuniladi.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish