O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

 
6.5. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar  
 
 
 
 
 
 
 
 


 
Jamoat  tartibiga  qarshi  jinoyatlar  «Bezorilik»  (Jinoyat  kodeksining  277-moddasi)  va  «Qonunga  xilof 
ravishda  qimorxonalar  tashkil  etish  va  ularni  saqlash»  (Jinoyat  kodeksining  278-moddasi)  jinoyatlaridan 
iborat bo‘lib, quyida har birini alohida tahlil qilamiz. 
 
A. Bezorilik 
(Jinoyat kodeksining 277-moddasi) 
 
Jinoyatning  obyekti  jamoat  tartibi,  fuqarolarning  jismoniy  daxlsizligi,  sog‘lig‘i,  o‘zganing  mulki 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2002-yil 14-iyundagi «Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha 
sud  amaliyoti  haqida»gi  qarori  1-bandida:  «Тushuntirilsinki,  bezorilik  jamoat  tartibiga  qarshi  qaratilgan 
bo‘lib,  jamiyatda  yurish-turish  qoidalarini  qasddan  mensimaslikda  ifodalangan  harakatlar  shaxsni  urish-
do‘pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o‘zganing mulkiga ancha miqdorda nobud qilish bilan 
bog‘liq holda sodir etiladi»
1
, deb ko‘rsatilgan. 
Jamoat  tartibi  deganda,  jamiyatda  odamlar  o‘rtasidagi  huquq  va  axloq  me’yorlariga  asoslangan 
munosabatlar  yig‘indisi  bo‘lib,  u  orqali  fuqarolarning  xavfsizligi  va  tinchligi,  o‘zgalar  mol-mulkining 
saqlanishi,  davlat,  jamoat  va  boshqa  korxonalar,  muassasalar  hamda  tashkilotlar  normal  faoliyatining 
ta’minlanishi tushuniladi. 
Obyektiv  tomondan  mazkur  jinoyat  huquqiy  normaning  1-qismida  ko‘zda  tutilgan  bezorilik,  jamoat 
joylaridagi  xulq-atvor  qoidalariga  qasddan  hurmatsizlik  bildirish,  urish-do‘pposlash,  badanga  yengil  shikast 
yetkazish  yoxud  o‘zganing  mulkiga  jiddiy  zarar  yetkazish  yoki  uni  nobud  qilish  bilan  bog‘liq  holda  sodir 
qilinganlikda ifodalanadi.  
Jamiyatdagi axloq qoidalarini mensimaslik ruxsat etilmagan joylarda alkogolli ichimliklar iste’mol qilish, 
uyat  so‘zlarni  aytish,  o‘tkinchilarga  noo‘rin  shilqimlik  qilish,  tabiiy  ehtiyojlarini  omma  oldida  qondirish, 
jamoat joylarida yalang‘och holda ko‘rinish, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishda, yashil to‘sinlarni 
payhon qilish kabi harakatlarda ifodalanadi. 
Obyektiv tomonining zaruriy belgisi jamiyatda o‘rnatilgan axloq qoidalarini buzish va urish-do‘pposlash 
yoki  yengil  tan  jarohati  yetkazish  yoxud  o‘zganing  mol-mulkini  nobud  qilish,  jiddiy  zarar  yetkazish  bilan 
bog‘liq holda sodir etilishidir. Jamiyatda mavjud bo‘lgan axloq qoidalarini buzishning o‘zi jinoyat tarkibini 
tashkil etmaydi.  
Jamoat  joylarda  uyat  so‘zlarni  aytish,  fuqarolarga  haqoratli  tarzda  shilqimlik  qilish  va  boshqa  shunga 
o‘xshash  jamoat  tartibi  va  fuqarolar  tinchligini  buzuvchi  harakatlar,  ya’ni  jamiyatdagi  axloq  qoidalarini 
qasddan mensimaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘zda tutilgan mayda 
bezorilik uchun javobgarlikni vujudga keltiradi.  
Mazkur  moddaning  1-qismida  ko‘zda  tutilgan  bezorilik  urish-do‘pposlash  yoki  yengil  tan  jarohati 
yetkazish bilan bog‘liq jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalarini buzish sodir bo‘lgan paytdan tugallangan 
hisoblanadi. 
O‘zganing mol-mulkini nobud qilish yoki unga jiddiy zarar yetkazish bilan bog‘liq jamiyatda o‘rnatilgan 
xulq-atvor  qoidalarini  qasddan  mensimaslik  oqibatida  jiddiy  zarar  yetkazilganida  tamom  bo‘lgan  jinoyat 
hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  motivi  –  bezorilik  qilish  istagi  bo‘lib, 
subyektga jinoiy qilmishning, jamoat tartibini buzishning o‘zi rohat bag‘ishlaydi, u o‘zining jamoatchilikka 
qarshi xulq-atvoridan qoniqish hosil qiladi. 
Bezorilik  motivining  mohiyati,  jinoiy  harakatining  qaysi  predmetga  yo‘naltirilgan  va  qaysi  ijtimoiy 
munosabatlar  tizimiga  nisbatan  amalga  oshirilganidan  qat’iy  nazar,  jamiyatni  ochiq  mensimaslik,  hurmat 
qilmaslik, deb e’tirof etiladi.  
Bezorilik motivlariga o‘zini jamoatchilik fikriga qarshi qo‘yishga, ko‘z o‘ngida jamiyatda birga yashash 
qoidalarini,  axloq  va  ma’naviyat  normalarini  mensimasligini  u  yoki  bu  shaklda  namoyish  qilish,  shirakayf 
holatda  «botirlik»,  «erkaklik»ni,  yuklatilgan  mas’uliyatiga  loqaydlikni  ko‘rsatish,  jabrlanuvchini  qo‘rqitish 
yoki yerga urish va boshqalar kiradi.  


Jinoyat  kodeksining  277-moddasi,  1-qismida  nazarda tutilgan  bezorilikning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan, 
ushbu moddaning va 2 va 3-qismida ko‘zda tutilgan bezorilik jinoyatining subyekti esa, 14 yosh-ga to‘lgan 
hisoblanadi. 
Mazkur moddaning 2-qismida: 
 
a) badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib; 
b) bir guruh shaxslar tomonidan; 
d) sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol 
sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab; 
e)  o‘z  mazmuniga  ko‘ra  umume’tirof  etgan  axloq  qoidalarini  namoyishkorona  mensimaslikda 
ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan; 
f)  yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab; 
g)  ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazib,  birovning  mulkini  nobud  qilib  yoki  unga  shikast  yetkazib  sodir 
qilingan bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutadi. 
 
Bir guruh shaxslar tomonidan sodir qilingan bezorilik birga bajaruvchilik bo‘lib, birga harakat qiluvchi 
shaxslar mazkur jinoyatning obyektiv tomonini bevosita bajaradilar, biroq birgalikda ishtirok etish avvaldan 
kelishib  olingan  bo‘lmaydi.  Bunday  holatda  odatda  ishtirokchilar  bezorilik  harakatlarini  sodir  etayotgan 
shaxsga kelib qo‘shiladilar. 
Agar  sovuq  qurol  yoki  kishining  sog‘lig‘i  uchun  amalda  shikast  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan  narsalarni 
(qurol  sifatida)  namoyish  qilib,  ularni  qo‘llash  bilan  qo‘rqitib  yoxud  qo‘llab  jinoyat  sodir  qilish  nafaqat 
aybdor  ular  yordamida  tan  jarohati  yetkazgan  yoki  yetkazishga  uringan  hollarda,  balki  ko‘rsatib  o‘tilgan 
predmetlarning  qo‘llanishi  shaxs  hayoti  va  sog‘lig‘i  muqarrar  xavf  solishi  mumkin  bo‘lganda  ham  aybdor 
harakatlari 277-moddaning 2-qismi, «v» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.  
Yuqorida keltirilgan Oliy sud plenumi qarorida: «Qilmishni Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi, 
«v» bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida sovuq qurol yoki shaxsning sog‘lig‘iga amalda 
shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni namoyish qilish (ko‘rsatish)ning o‘zi yetarlidir. Bunda 
ularni  qo‘llashga  nisbatan tahdid  bo‘lgan-bo‘lmaganligining  ahamiyati  yo‘q,  biroq,  bu  holat  sud  tomonidan 
jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak»ligi ta’kidlangan. 
Sovuq qurolni yoki qo‘llanishi sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa predmetlarni namoyish 
qilish  deganda,  bezorining  o‘z  qo‘lidagi  mazkur  predmetlarni  qo‘llashni  po‘pisa  qilmasdan  ko‘rsatishga 
yo‘naltirilgan har qanday harakati tushuniladi. 
Sovuq qurolni yoki qo‘llanishi sog‘liqqa obyektiv zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa predmetlarni 
qo‘llash yoki qo‘llash bilan qo‘rqitish deganda, aybdor shaxsga zarar yetkazgan, yetkazishga uringan, biroq 
aybdorning  irodasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra,  oqibatga  erishilmagan  harakatlar,  shuningdek, 
mazkur predmetlarning qo‘llanishi shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan 
harakatlar tushunilishi lozim. 
O‘ta surbetlik deganda, umume’tirof etgan, hurmat qiladigan, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor, axloq 
qoidalarini  namoyishkorona,  ya’ni  oshkora  mensimaslik  tushuniladi.  O‘ta  surbetlik  –  ma’naviyatning 
umume’tirof etilgan me’yorlarini, ijtimoiy uyatni, odobni namoyishkorona mensimaslik bo‘lib, jamoat joyida 
yalang‘och ko‘rinishda, boshqa fuqarolar oldida jinsiy aloqaga kirishishda, bemorlar, qariyalar, zaif kishilar, 
ayollarni, yodgorliklarni tahqirlashda va hokazolarda ifodalanadi
1
.  
Xo‘rlash  yoki  tahqirlash  deganda,  aybdorning  jabrlanuvchi  shaxsning  qadr-qimmati  va  sha’nini 
kamsitishga,  unga  ma’naviy,  axloqiy,  jismoniy  azob-uqubatlar  yetkazishga  qaratilgan  har  qanday  harakati 
tushuniladi. 
«Kichik yoshdagilarga o‘n to‘rt yoshga yetmagan shaxslar kiradi. 
Keksa kishi deb, mehnat qonunlarida belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxsga aytiladi. 
Nogiron  deganda,  belgilangan  tartibda  I,  II,  III  guruh  nogironi,  deb  tan  olingan  shaxs  tushuniladi.  Shu 
bilan  birga  ayb  qo‘yishda  shaxsning  nogironligi  yaqqol  ko‘rinishi  va  aynan  shu  qusur  tufayli  shaxs 
kamsitilgan (haqoratlangan) bo‘lishi shart»
2
.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish