O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni  
iste’mol qilishga jalb etish 
(Jinoyat kodeksining 274-moddasi) 
 
Bu jinoiy qilmish giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki odamning aql-idroki, irodasiga ta’sir 
etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etishda ifodalanadi. 
Odamlarning aql-idroki, irodasiga ta’sir etuvchi giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa moddalarni 
iste’mol  qilishga  jalb  etishning  ijtimoiy  xavfliligi  nihoyatda  yuqoridir.  Chunki  bu  qilmish  giyohvandlik 
vositalari  va  psixotrop  moddalarni  tarqatish  usullaridan  biri  hisoblanadi,  buning  natijasida  ularni  notibbiy 
ravishda iste’mol qiluvchi shaxslar doirasi kengayadi, odamlarning irodasi susayadi, giyohvandlik vositalari 
bilan g‘ayriqonuniy muomala qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qilmishlar ko‘payadi. 
Jinoyatning  obyekti  jamoat  xavfsizligi,  aholi  sog‘lig‘i  sohasidagi  ijtimoiy  munosabatlar,  giyohvandlik 
vositalari,  psixotrop  va  odamlarning  aql-idroki  irodasini  susaytiruvchi  boshqa  moddalar  bilan  muomala 
qilishning belgilangan tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. 


Ushbu jinoyatning predmeti yo‘q, chunki jinoyat obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga giyohvandlik 
vositalari,  psixotrop  va  odamning  aql-idroki,  irodasiga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalar  kirmaydi. 
Giyohvandlik  vositalari  va  qonunda  belgilab  qo‘yilgan  boshqa  moddalar,  shaxsning  ulardan  foydalanib, 
muayyan natijaga erishishi, ya’ni boshqalarni ularni iste’mol qilishga jalb etishi va shu asnoda ularni o‘ziga 
tobe qilib qo‘yishida vosita vazifasini o‘taydi.  
Obyektiv tomondan jinoyat, jinoiy natija, ya’ni boshqa shaxsning giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki 
aql-idrok,  irodaga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb  etishga  qaratilgan  faol  harakatida 
ifodalanadi.  
Harakat  subyektning  boshqa  shaxsda  yuqorida  bayon  etilgan  vositalar  yoki  moddalarni  iste’mol  qilish 
xohishini  uyg‘otishga  qaratilgan  faol  va  tashabbusli  xulq-atvoridan  iboratdir.  Qilmish  aybdorning  boshqa 
shaxsni giyohvandlik vositalari yoki boshqa moddalarni iste’mol qilishga dalolat qilishi yo ularni birgalikda 
iste’mol qilishga dalolat qilishdan iborat bo‘ladi.  
Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  yoki  aql-idrok  irodasiga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalarni  iste’mol 
qilishga  jalb  etish  so‘zlar  va  ishoralar  yordamida  yoki  jismoniy  ta’sir  ko‘rsatish  bilan  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Jalb  etish,  ishontirish  va  majburlash  orqali  amalga  oshiriladi.  Jalb  etishning  ko‘rinishi  bo‘lgan 
ishontirish  va  majburlash  turli  usullar,  yo‘llar,  harakatlar  yig‘indisidan  iborat  bo‘lib,  jinoyatning  subyekti 
ulardan  foydalanib,  o‘z  niyati,  ya’ni  boshqa  shaxsni  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  va  aql,  irodani 
susaytiruvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb etishga erishadi. 
Ishontirish  shaklidagi  jalb  etishda  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalarni  tatib  ko‘rishni  taklif, 
iltimos qilish, maslahat berish, gijgijlash, piching qilish, tilyog‘lamalik bilan maqtash, mukofot va’da qilish 
va h.k.larni qo‘llab boshqa shaxsga ruhiy ta’sir o‘tkazib, unda giyohvandlik vositalari va boshqa moddalarni 
iste’mol qilish istagini shakllantirishdan iboratdir. 
Masalan, V. ismli giyohvandlik vositalari bilan savdo qiluvchi shaxs tomiriga morfindan ukol qilish bilan 
o‘zining  12  yashar  qizini  giyohvandlikka  o‘rgatadi,  keyinchalik  qizining  kasallik  holatidan  foydalanib,  uni 
fohishalikka va o‘zining giyohvandlik vositalarini sotuvchi sherigiga aylantiradi. 
Majburlash  esa  jabrlanuvchini  qo‘rqitish,  shantaj  qilish,  aldash,  erkinligini  cheklash,  urish,  kaltaklash, 
qiynash, azoblash, badanga turli darajadagi shikast yetkazish va boshqa jismoniy va ruhiy zo‘rlik vositalarini 
qo‘llab  giyohvandlik  vositalarini  yoki  qonunda  ko‘rsatilgan  moddalarni  iste’mol  qilishga  majbur  etishdan 
iboratdir.  
Jinoiy  yo‘l  bilan  jalb  etishning  amalda  qancha  vaqt  davom  etishi  turli  omillarga:  aybdor  tomonidan 
qo‘llangan  jalb  etishning  shakli  va  usullari,  qanday  sharoitda  kechganligi;  jinoiy  qilmishning  subyekti  va 
jabrlanuvchinig  o‘zaro  munosabatlari;  jabrlanuvchining  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  va  boshqa 
moddalarni iste’mol qilishga qay darajada moyilligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli jalb etish darrov amalga 
oshiriladigan  hodisa  yoki  nisbatan  uzoq  davom  etadigan  jarayon  bo‘lishi  ham  mumkin.  Biroq  qilmishga 
huquqiy  baho  berishda  boshqa  shaxsni  bevosita  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  va  boshqa  moddalarni 
iste’mol  qilishga  ishontirish  yoki  majburlashga  qaratilgan  harakatlarning  mavjud  bo‘lganligi  shaxsning 
qilmishini jalb qilishga suiqasd, deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladi. 
Boshqa  shaxsni  giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  yoki  boshqa  moddalarni  iste’mol  qilishga  jalb  etish 
maqsadida,  ularga  shu  moddalar  iste’mol  qildirilgan  bo‘lsa,  bu  jalb  etish,  deb  hisoblanadi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  sudi  plenumining  1995-yil  27-ok-tabrdagi  21-qarorida:  «Giyohvandlik  vositalari  yoki 
psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish deganda, shaxsda ularni iste’mol qilish maylini uyg‘otishga 
qaratilgan  har  qanday  qasddan  qilingan  harakatlar  (unatish,  taklif  qilish,  maslahat  berish  va  sh.o‘.), 
shuningdek,  ta’sir  o‘tkazilayotgan  shaxsni,  giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarni  iste’mol 
qildirish  maqsadida  aldash,  ruhiy  yoki  jismoniy  zo‘rlik  ishlatish  ozodligini  cheklash  va  h.k.lar  tushunilishi 
lozim»
1
.    Shaxsning  yuqorida  aytilgan  moddalarni  iste’mol  qilishi  jalb  etishning  jinoiy  natijasi,  deb 
hisoblanishi  kerak.  Subyektning  boshqa  shaxsga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  bilan  ro‘y  bergan  oqibat  o‘rtasida 
sababiy  bog‘lanishning  mavjudligi  jabrlanuvchida  ruhiy-jismoniy,  ijtimoiy-ruhiy  yoki  jinoiy  oqibatlarning 
vujudga kelish imkonini yaratadi. Shaxs giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki o‘zining aql-idroki, irodasiga 
ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilgan paytdan e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  yoki  shaxsning  aql-idroki,  irodasiga  ta’sir  etuvchi  boshqa  moddalar 
jinoyatni sodir etish vositasi hisoblanadi. 29 yoshli, avval o‘g‘irlik qilgani uchun sudlangan L. kechqurun soat 


22.00  larda  «Chilonzor»  kinoteatri  oldida  16  yoshli  o‘smirlarni  vino  va  nasha  bilan  mehmon  qiladi.  B.ni 
onasi chaqirib olib ketgach, L. va M. bolalar uyining derazasini sindirib, u yerdan narsalarni o‘g‘irlaydi. 
Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar  bilan  muomala  qilishning  alohida  huquqiy  tartibi 
belgilangan. Bunday tartib uchta mezon: tibbiy, ijtimoiy va normativ mezonlarning yig‘indisi qo‘llaniladigan 
vositalar va moddalarga nisbatan amal qiladi. 
Тibbiy mezon nuqtayi nazaridan giyohvandlik  vositalari jumlasiga  markaziy asab tizimiga  gangituvchi, 
qo‘zg‘atuvchi yoki gallutsinatsiya uyg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatadigan o‘simliklar yoki sintetik vositalar kiradi. 
Bu vositalarni notibbiy maqsadlarda iste’mol qilish, ularga ruhiy yoki jismoniy bog‘liqlikni vujudga keltirib 
chiqaradi. 
Vositani giyohvandlik vositasi, deb e’tirof etish uchun ijtimoiy mezonni ham hisobga olish muhimdir. Bu 
notibbiy maqsadlarda iste’mol qilishning ko‘payib borayotganligi va bu sog‘liq uchun xavfli ekanligi bois bu 
turdagi  moddalar  bilan  muomala  qilishning  alohida  huquqiy  tartibini  belgilab  qo‘yish  zaruratini  keltirib 
chiqaradi. Тibbiy va ijtimoiy mezonlar jamuljam holda vositani giyohvandlik vositalari jumlasiga kiritish va 
buni  ijtimoiy  normativ  hujjatda  mustahkamlab  qo‘yish  uchun  asos  bo‘ladi  va  o‘z  navbatida  bu  normativ 
mezonni tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop 
moddalar  to‘g‘risida»gi  Qonunida  giyohvandlik  vositalari  va  boshqa  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  moddalarga 
quyidagicha: 
 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish