Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish (Jinoyat kodeksining 241-moddasi).
Bu jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikning Jinoyat kodeksiga kiritilishi bilan sud tizimida sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va ogohlantirish masalalari nazarda tutiladi. Odil sudlovga qarshi
jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi ham aynan O‘zbekistonda odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlash va
inson huquqlarining sud organlarida himoya qilinishi tartiblarining buzilishi bilan xavfli hisoblanadi. Bu
jinoyatlar uchun ham jinoiy javobgarlikning qonuniy asoslarini to‘g‘ri belgilash lozim. Jumladan, odil
sudlovga qarshi jinoyatlarning yuridik xususiyatlari o‘ziga xos belgilariga ega. Bu jinoyatlarning obyektini
aynan odil sudlovning normal holatlari va fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan huquq va
manfaatlari bo‘lishi mumkin.
Aynan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan odil sudlovning huquqiy
asoslarining buzilishi va inson huquqlarining buzilganligida ifodalanadi. Bu jinoyatlarning ayrimlarida
iqtisodiy xarakterdagi zararning kelib chiqishligi bilan jinoiy javobgarlikning belgilanganligini ham ko‘rish
mumkin. Jumladan, band solingan mulkni qonunga xilof ravshda tasarruf etish» (Jinoyat kodeksining 233-
moddasi) jinoyati uchun jinoiy javobgarlik ancha miqdorda zarar yetkazishga sabab bo‘lganida jinoiy
javobgarlikka asos bo‘la oladi.
Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning obyektiv tomondan aksariyat jinoyatlari faol harakat bilan sodir etilsa
(masalan, 230-modda – «Aybsiz kishini jinoiy javobgarlikka tortish»; 231-modda – «Adolatsiz hukm, hal
qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish» va h.k.), ayrimlarining faqat harakatsizlik bilan sodir etilishi
mumkin (masalan, 240-modda – «Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani
bajarishdan bo‘yin tovlashi», 241-moddaning 1-qismi — «Jinoyat haqida xabar bermaslik»). Bu
jinoyatlarning ayrimlari ham harakat bilan, ham harakatsizlik bilan sodir etiladi. Bunday jinoyatlarga Jinoyat
kodeksining 232-moddasi – «Sud qarorini bajarmaslik» jinoyati sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori,
ajrimi yoki qarorini qasddan bajarmaslik (harakatsizlik) yoki ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi (hara-
kat)da ifodalanadi.
Odil sudlovga qarshi jinoyatlar subyektiv tomondan faqat qasddan sodir etilishi mumkin bo‘lib,
ehtiyotsizlikdan sodir etilganligi uchun jinoiy javobgarlikning qo‘llanilishi mumkin emas.
Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning subyektlarini uch guruhga bo‘lish mumkin. Jumladan, huquqni
muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari (Jinoyat kodeksining 230-moddasi; 231-moddasi; 234-
moddasi; 235-moddasi); odil sudlovni amalga oshirishga jalb qilingan shaxslar (Jinoyat kodeksining 232-
moddasi; 233-moddasi; 238-moddasi; 239-moddasi; 240-moddasi); boshqa shaxslar tomonidan sodir
etiladigan jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 236-moddasi; 237-moddasi; 241-moddasi). Bu jinoyatlarning
subyekt yoshlari asosan 16 yoshdan belgilangan bo‘lsa, ayrim jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 230-moddasi;
231-moddasi; 232-moddasi; 234-moddasi; 235-moddasi) uchun jinoiy javobgarlik o‘n sakkiz yoshdan
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: