O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

G. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni  
oshkor qilish yoki undan foydalanish 
(Jinoyat kodeksining 191-moddasi) 
 
Тahlil  etilayotgan  jinoyatning  obyekti  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  normal  faoliyat  ko‘rsatishini 
ta’minlovchi  ijtimoiy  munosabatlardir.  Jinoyatning  predmeti  uchinchi  shaxslarga  ma’lum  emasligi  sababli 
muayyan qimmatga ega bo‘lgan, egasi uning maxfiy saqlash choralarini ko‘rgan, sir tutilayotgan fan-texnika,  
ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa axborotlardir. 
Jinoyat  kodeksining  191-moddasi,  1-qismi  obyektiv  tomoni  sir tutiladigan  fan-texnika,  ishlab  chiqarish, 
iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz yig‘ishda ifodalanadi. 
Sir  tutiladigan  axborot  deganda,  egasining  ruxsatisiz  oshkor  qilinishi  mumkin  bo‘lmagan  turli 
xususiyatdagi axborotlar tushuniladi. 
Тo‘plash deganda, erkin, qonuniy yo‘l bilan olish mumkin bo‘lmagan axborotni qo‘lga kiritishga, egallab 
olishga qaratilgan har qanday g‘ayriqonuniy (masalan, talon-taroj qilish, pora berish, qo‘rqitish, kseronusxa 
olish va h.k.) harakatlar tushuniladi.  
Jinoyat  kodeksining  191-moddasi,  1-qismi  dispozitsiyasida  nazarda  tutilgan  axborot  har  qanday  usulda 
to‘plangan paytdan e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Subyektiv  tomondan  Jinoyat  kodeksining  191-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  harakatlar  qasddan 
sodir  etiladi.  Jinoyatning  maqsadi  –  to‘plangan  axborotni  egasining  roziligisiz  oshkor  qilish  yoki  undan 
foydalanish subyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 191-moddasi, 2-qismi obyektiv tomoni xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘p miqdorda 
zarar  yetkazib,  sir  tutiladigan  fan-texnika,  ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot,  savdoga  oid  yoki  boshqa  shu  kabi 
axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanishdan iborat bo‘ladi. 
Oshkor  qilish  deganda,  axborotni  o‘zgalarga  ma’lum  qilish  natijasida  undan  bexabar  shaxslarning 
xabardor  bo‘lishi  tushuniladi.  Axborotdan  foydalanish  deganda,  aybdor  tomonidan  mazkur  axborotdan 
foydalanishga qaratilgan har qanday harakatlarni sodir etish tushuniladi. 


Jinoyat kodeksining 191-moddasi, 2-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat axborotni oshkor qilish yoki 
undan foydalanish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e’tiboran 
tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Subyektiv tomondan Jinoyat kodeksining 191-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat qasddan sodir 
etiladi.  Jinoyatning  motiv  va  maqsadi  uning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir  qilmaydi.  Jinoyatning  subyekti  16 
yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
 
I. Raqobatchini obro‘sizlantirish 
(Jinoyat kodeksining 192-moddasi) 
 
Jinoyatning obyekti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar bozorida qonuniy raqobat qilishini tartibga 
soluvchi ijtimoiy munosabatlardir. Obyektiv tomondan jinoyat bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan 
matnlarni  yoki  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  ishbilarmonlik  nufuziga 
putur  yetkazish  maqsadida  bila  turib  yolg‘on,  noaniq  yoki  buzib  ko‘rsatilgan  ma’lumotlarni  tarqatishda 
ifodalanadi. 
Тarqatish  deganda,  bosma  yoki  boshqacha  usulda  ko‘paytirilgan  matnlarni  yoki  ommaviy  axborot 
vositalari orqali yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni xabar qilish tushuniladi. 
Agar  ma’lumotlar haqiqatga  butunlay  mos  kelmasa,  ular  yolg‘on  hisoblanadi.  Noaniq  ma’lumotlar  esa, 
ularning qisman rost ekanligini bildiradi. Haqiqiy ma’lumotlarga mos kelmaydigan ma’lumotlar ham buzib 
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. 
Bosma  usulda  ko‘paytirish  deganda,  ma’lumotlarning  nusxalarini  matbaa  usulida  ko‘paytirish 
tushuniladi.  Boshqacha  usulda  ko‘paytirish  deganda,  ma’lumotlarni  har  qanday  boshqacha  usulda 
(kseronusxa  olish,  ko‘paytirish,  fotosuratga  olish,  turli  yozuv  mashinkalaridan  foydalanish,  ma’lumotlarni 
qo‘lda yozib olish va h.k. yo‘l bilan) ko‘paytirish tushuniladi. 
Ushbu jinoyat bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari 
orqali bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar oshkor qilingan paytdan e’tiboran, ya’ni 
ular o‘zga shaxslarga ma’lum bo‘lgan paytdan tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Aybdor  yolg‘on,  noaniq  yoki  buzib 
ko‘rsatilgan axborotni tarqatayotganini oldindan biladi. 
Jinoyatni  sodir  etishdan  maqsad  –  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  ishbilarmonlik  nufuziga  putur 
yetkazish bo‘lib, u subyektiv tomonning zaruriy belgisi hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs 
xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan 
bo‘lsa, uning harakatlarida mazkur jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. 
Shaxsning  chindan  ham  mavjud  bo‘lgan  ma’lumotlarni  tarqatishi  natijasida  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektning  ishbilarmon  nufuziga  putur  yetkazilsa, jinoyat  tarkibi  mavjud  bo‘lmaydi.  Jinoyatning  subyekti 
16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
 
 
 
1.  Sifatsiz mahsulot deganda, nimani tushunish lozim? 
2.  Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish uchun javobgarlik qachon vujudga keladi? 
3.  Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish jinoyatining mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatidan qanday farqi bor? 
4.  Sifatsiz  mahsulot  chiqarish  yoki  uni  sotish  jinoyati  tufayli  odam  o‘limi  kelib  chiqishi  bilan  ehtiyotsizlikdan  odam  o‘ldirish 
jinoyati o‘rtasidagi farqni bayon eting. 
5.  Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda nimani tushunasiz? 
6.  Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashning qanday usullari mavjud? 
7.  Xaridor  yoki  buyurtmachilarni  aldash  jinoyati  (Jinoyat  kodeksining  187-moddasi) bilan  firibgarlik  jinoyati  o‘rtasida  qanday 
farq bor? 
8.  Xaridor yoki buyurtmachini aldash jinoyatidan hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyatining qanday 
farqi bor? 
9.  Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish deganda nimani tushunasiz? Ushbu jinoyat uchun 
javobgarlik shartlari nimalardan iborat? 
10.  Savdo  yoki  vositachilik  faoliyati  bilan  qonunga  xilof  tarzda  shug‘ullanish  jinoyati  bilan  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish 
qoidalarini buzish jinoyati o‘rtasidagi farq va o‘xshash tomonlarini izohlang. 
11. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish jinoyati qachon tamom bo‘lgan jinoyat hisoblanadi? 


12.  Savdo  yoki  vositachilik  faoliyati  bilan  qonunga  xilof  ravishda  shug‘ullanish  jinoyati  bilan  faoliyat  bilan  litsenziyasiz 
shug‘ullanish jinoyati o‘rtasida qanday farq bor? 
13. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish deganda nimani tushunasiz? 
14.  Qonunga  xilof  ravishda  axborot  to‘plash,  uni  oshkor  qilish  yoki  undan  foydalanish  jinoyati  bilan  axborot  olish  va  berish 
qoidalarini buzish o‘rtasida qanday farqlar bor? 
15. Raqobatchini obro‘sizlantirish jinoyati nimada ifodalanadi? 
16. Raqobatchini obro‘sizlantirish bilan tuhmat jinoyatlari o‘rtasida qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor? 
4-bob. EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYAТLAR 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish