O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

3.4. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarga quyidagi jinoyatlar kiradi: 
 

O‘zbekiston  Respublikasining  mafaatlariga  xilof  ravishda  bitimlar  tuzish  (Jinoyat  kodeksining  175-
moddasi). 

Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (Jinoyat kodeksining 176-
moddasi). 

Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish (Jinoyat kodeksining 177-moddasi). 

Chet el valutasini yashirish (Jinoyat kodeksining 178-moddasi). 

Soxta tadbirkorlik (Jinoyat kodeksining 179-moddasi). 

Soxta bankrotlik (Jinoyat kodeksining 180-moddasi). 

Bankrotlikni yashirish (Jinoyat kodeksining 181-moddasi).   

Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish (Jinoyat kodeksining 182-moddasi). 

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish (Jinoyat kodeksining 183-moddasi). 

Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (Jinoyat kodeksining 184-moddasi). 

Budjet intizomini buzish (Jinoyat kodeksining 184
1
-moddasi). 

Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 185-moddasi). 



Rangli  metallar,  ularning  parcha  va  rezgi-chiqitlarini  tayyorlash,  olish  va  ulardan  foydalanish  hamda 
ularni o‘tkazish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 185
1
-moddasi). 

Elektr,  issiqlik  energiyasi,  gaz,  vodoprovoddan  foydalanish    qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining 
185
2
-moddasi). 
 
Bu  jinoyatlarning  obyekti  O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyoti  asoslari,  davlatning  pul  kredit  tizimi, 
bojxona tizimining belgilangan asoslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlari, 
iste’molchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlari, soliq to‘lash tizimi, budjet intizomining belgilangan tartibi 
hisoblanadi.  Obyektiv tomondan bu jinoyatlar harakat bilan sodir etiladi. Subyektiv tomondan bu jinoyatlar 
faqat qasddan sodir etilib, jinoyat subyekti 16 yosh hisoblanadi. 
 
A. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga  
xilof ravishda bitimlar tuzish 
(Jinoyat kodeksining 175-moddasi) 
 
Bu jinoyatning obyekti O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslaridir. Obyektiv tomondan jinoyat 
davlat  organi,  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar,  korxona,  muassasa,  tashkilot,  jamoat  birlashmasining 
mansabdor shaxsi tomonidan respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan, naf 
keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimning tuzilishida ifodalanadi. 
Bitim  deganda,  tovarlar,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  xomashyo,  uskunalar  yetkazib  berish,  turli  inshootlar 
qurish va h.k maqsadlarini ko‘zlab chet ellik sherik bilan iqtisodiy bitim tuzish tushuniladi. 
Bitim  tuzilishi  natijasida  respublikaning  iqtisodiy  manfaatlariga  katta  zarar  yetkazadigan  har  qanday 
bitim  naf  keltirmaydigan  bitim,  deb  hisoblanadi.  Jinoyat  obyektiv  tomonining  zaruriy  belgisi  O‘zbekiston 
Respublikasi  manfaatlariga  xilof  ravishda  bitim  tuzilishi  natijasida  ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazilishi 
hisoblanadi. 
Ko‘p  miqdordagi  zararni  aniqlashda  «zarar»  tushunchasi  jinoiy  qilmishdan  ko‘rilgan  zararnigina  o‘z 
ichiga olishini nazarda tutish lozim. Zarar miqdorini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga 
xilof  ravishda  bitim  tuzish  sababli  boy  berilgan  naf  e’tiborga  olinmaydi.  Agar  bitim  tuzilishi  natijasida 
respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs bitim tuzilgunga qadar 
uning respublika manfaatlari uchun naf keltirmasligini bilishi kerak. 
Agar  mansabdor  shaxs  o‘zining  xizmat  vazifasiga  sovuqqonligi  natijasida  shunday  bitim  tuzsa,  uning 
xatti-harakati Jinoyat kodeksining 207-moddasiga binoan (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) kvalifikatsiya 
qilinadi. Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. 
Jinoyatning subyekti davlat organi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona, muassasa, tashkilot yoki 
jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston  Respublikasining  manfaatlariga  xilof  ravishda  bitim  tuzishda  aybdor  bo‘lgan  mansabdor 
shaxs qilmishni: 
 
a) takroran; 
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; 
d) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etgan bo‘lsa, u Jinoyat kodeksining 175-moddasi, 2-
qismi bilan javobgarlikka tortiladi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish