O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

E. Axborotlashtirish qoidalarini buzish 
(Jinoyat kodeksining 174-moddasi) 
 
Axborotlashtirish  qoidalarini  buzish jinoyatining  obyekti  axborot  egasining  unga  bo‘lgan  huquqi,  ya’ni 
axborotga egalik qilish, undan foydalanishi va uni tasarruf etish huquqidir. 
Jinoyatning predmeti faktlar haqidagi ma’lumotlar, biron-bir tadqiqot, shaxslar, voqealar va h.k. haqida 
kompyuterda  qayd  etilgan  yoki  axborot  tarmoqlari  (telekommunikatsiya  kanallari)  orqali  uzatiladigan, 
elektron hisoblash mashinalari uchun ochiq ma’lumot bazasi, ya’ni axborot bo‘lishi mumkin. 
Obyektiv  tomondan  Jinoyat  kodeksining  174-moddasi,  1-qismi-da  nazarda  tutilgan  axborotlashtirish 
qoidalarini buzish quyidagi harakatlarda: 
 
1) axborot tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanishda;  
2) foydalanishga ruxsati bo‘lgani holda tegishli himoya choralarini ko‘rmaslikda; 
3) axborotlar tarmog‘idan qonunga xilof ravishda axborotlar olishda; 
4)  axborotlashtirish  tizimidan  foydalanishga  ruxsati  bo‘lgan  holda  undagi  ma’lumotlarni  qasddan 
o‘zgartirish, yo‘qotish, olib tashlash yoki yo‘q qilib yuborishda ifodalanadi.  
 
O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-mayda  qabul  qilingan  «Axborotlashtirish  to‘g‘risida»gi 
Qonuniga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda boshqa muassasalar, korxonalar va 
tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi axborotlarga ishlov berish tizimlari, ma’lumot bazalari va 
banklari,  ekspert  va  axborot  qidiruv  tizimlari  hamda  shoxobchalari  axborotlashtirish  tizimlari  jumlasiga 
kiradi. 
Axborot  egasining  tegishli  ruxsatnomasiga  ega  bo‘lgan  yoki  axborot  tizimida  qonuniy  asosda  ishlovchi 
shaxslargina  (dasturlovchilar,  muhandislar,  xodimlar  va  boshqalar)  axborot  tizimlaridan  foydalana  oladilar. 
Ruxsatsiz foydalanish usullari turlicha (o‘zganing parolidan foydalanish, yozuvni belgilash va h.k.) bo‘lishi 
mumkin. 
Axborotdan  foydalanish  uni  muhofaza  qilish  qoidalariga  qat’iy  rioya  etgan  holda  amalga  oshiriladi. 
Muhofaza qilish qoidalarining buzilishi qonunga binoan ruxsatsiz foydalanishga tenglashtiriladi. 
Axborotni  yo‘q  qilib  yuborish  deganda,  uning  elektron  hisoblash  mashinasi,  magnitlashgan  jismlar 
(magnit  tasmalari,  disklar, disketlar  va  boshqa  shu  kabi  elektron  hisoblash  mashinalari  tizimi  yoki  ularning 
tarmog‘i kabilar)ning xotirasidan yo‘q qilish tushuniladi. 


Axborotni o‘zgartirish deganda, mavjud axborotga qonuniy egasining ruxsatisiz turli tuzatishlar kiritish 
tushuniladi. 
Axborotni  yo‘qotish  deganda,  axborotning  tegishli  egasi  qo‘lidan  chiqib  ketib,  foydalanishga  ruxsati 
bo‘lmagan shaxslar qo‘liga tushib qolish tushuniladi. 
Axborotni  olib  qo‘yish  deganda,  axborotni  disketga  yozib  olish,  ko‘paytirish  yo‘li  bilan  mashina  yoki 
boshqa jismlardan nusxalarini olish tushuniladi. 
Jinoyat  kodeksining  174-moddasi,  1-qismi  dispozitsiyasida  sanab  o‘tilgan  harakatlarning  sodir  etilishi 
natijasida  ancha  miqdordagi  zarar  ko‘rilishi  174-moddaning  1-qismi  obyektiv  tomonining  zaruriy  belgisi 
hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 174-moddasi, 2-qismi obyektiv tomoni: 
 
1)  kompyuter  tizimlarida  saqlanayotgan  ma’lumotlar  yoki  dasturlarni  o‘zgartirish  maqsadida  tegishli 
ruxsatsiz kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatishda; 
2)  ruxsati  bo‘lmagani  holda  axborot  tizimidan  foydalanish  ma’lumotlarning  buzilishi,  olib  tashlanishi 
(olib qo‘yilishi, yo‘q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab bo‘lishida) kabi harakatlarni 
sodir etishda ifodalandi. 
Dasturlarni ishlab chiqish – kompyuter tizimiga qat’iy belgilangan izchillikda buyruqlar kiritishdir. 
Kompyuter  viruslari  kompyuter  ishiga  turli  tarzda  xalaqit  berish,  ma’lumotlar  bazalarini  yo‘q  qilib 
yuborish xususiyatiga  ega bo‘ladi. 
Axborotlashtirish  qoidalarini  buzish  Jinoyat  kodeksining  174-moddasi,  1-qismi  dispozitsiyasida 
ko‘rsatilgan harakatlar sodir etilgan va ancha miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e’tiboran tamom bo‘lgan, 
deb  topiladi.  Har  bir  alohida  holda  sodir  etilgan  harakat  va  yuzaga  kelgan  oqibat  o‘rtasidagi  sababiy 
bog‘lanish  mavjudligini  aniqlash  zarur.  Ma’lumotlarning  buzilishi,  olib  tashlanishi  (olib  qo‘yilishi),  yo‘q 
qilib yuborilishi yoki kompyuter tizimining ishdan chiqishi axborotlashtirish qoidalarini buzishning oqibatlari 
(Jinoyat  kodeksining  174-moddasi,  2-qismi)  bo‘lishi  mumkin.  Jinoyat  kodeksining  174-moddasi,  2-qismi 
dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilgan va ma’lumotlarning buzilishi, olib tashlanishi (olib 
qo‘yilishi), yo‘q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishi tarzidagi oqibatlar yuzaga kelgan paytdan 
e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  yoki  ehtiyotsizlikdan  sodir  etilishi  mumkin.  Jinoyatning  motiv  va 
maqsadi  uning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  Jinoyatning  subyekti  axborot  tarmoqlaridan 
foydalanishga  ruxsati  bo‘lgan  hamda  bunday  ruxsatga  ega  bo‘lmagan  16  yoshga  to‘lgan,  aqli  raso  shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
 
 
 
 
1. O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar talon-taroj qilish jinoyatlaridan farqi va belgilari. 
2.  Aldash  yoki  ishonchni  suiiste’mol  qilish  yo‘li  bilan  mulkiy  zarar  yetkazish  nimalarda  ifodalanadi?  Bu  jinoyat  uchun 
javobgarlik asoslari. 
3.  Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazishning firibgarlikdan farqini aytib bering. 
4. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jonoyatining jinoyatda ishtirokchilikdan farqini aniqlang. 
5.  Mulkni  qo‘riqlashga  vijdonsiz  munosabatda  bo‘lish  jinoyati  bilan  kvalifikatsiya  qilishda  yo‘qotilgan  mulkning  miqdor 
tushunchasi va uning kvalifikatsiyaga ta’siri. 
6.  Jinoiy  yo‘l  bilan  topilgan  mulkni  olish  yoki  o‘tkazish  deganda  nima  tushuniladi?  Mulk  deganda  nimani  tushunish  kerak? 
Jinoyat kodeksining 171-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyektiv tomonining o‘ziga xos xususiyatlari. 
7. Mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazishda yetkazilgan zarar miqdorining kvalifikatsiyaga ta’siri. 
8.  Mulkni  qo‘riqlashga  vijdonsiz  munosabatda  bo‘lish  deganda  nima  tushuniladi?  Bu  jinoyatning  obyektiv  va  subyektiv 
tomonining o‘ziga xos xususiyatlari. 
9.  Mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazish deganda nima tushuniladi? 
10.  Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishning zaruriy shartlari. 
11. Axborotlashtirish qoidalarini buzishning ijtimoiy xavfliligi nimalarda ifodalanadi? Ushbu jinoyatning o‘ziga xos xususiyatlari. 


12.   Jinoyat  kodeksining  174-moddasida  (axborotlashtirish  qoidalarini  buzish)  nazarda  tutilgan  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilish 
uchun qanday shartlar mavjud
 
bo‘lishi lozim? 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish