O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

alifbe  ertakda  harflar  endi  obrazlarga  kiradi.  Ular  asar  tarkibida  mustaqil 
personaj  sifatida  harakat  qilib,  ma’lum  voqelikning  obrazli  ifodasiga  ko`ra  
kompozitsion  butunlikni  tashkil qilgan. Hikoya  qilinishicha barcha  harflar  bir 
joyda  to`da  bo`lib,  she’r  yoki  hikoya  yozish  g`oyasini  o`ylaydilar.    Ammo 
nima  haqda  yozish  ular  o`rtasidagi  bahsga  sabab  bo`ladi.  “T”  harfi  “tog`” 
mavzusini ma’qullasa, “Q” qisqichbaqa, qarqunoq, qarg`a haqida yozamiz deb 
turib oladi.   “O” harfi esa oqlikni, B–bo`g`irsoq, bo`rini maqtaydi;  “S”,  “M” 
harflari ham o`z so`zida turib oladi. Xullas, A-ahillikda gap ko`p deya hamma 
harflarni  chaqirib,  tizilishini  shunda  biror  nima  yozish  mumkinligini  aytadi. 
Barcha  harflar  alfavitdagi  o`z  o’rinlarini  egallagach,  “Alifbe”ga  joylashgach, 
murodlariga yetadi,  she’r yoza boshlaydilar.  
   
K.Turdiyeva  shu  kabi  ko`plab  she’rlarida  harflarni  mustaqil  harakatga 
keltiradi.  Ulardan  kichkintoylar  xarakteriga  xos  xususiyatlarni  ochib  berishda 
foydalanadi.  Natijada,  harflar  goh  adashib  ketadi,  gohida  almashib  qoladi. 
Shoiraning  “Manman  “B”,  “Harflar  adashdi”,  “Harflar  o`yini”,  “Bitta  harf 
qochsa-chi”,    “Harflar  ketib  qolsa”,  “M”,  “A”  kelsa  yonma-yon”,  “A”  harfi 
qilsa  o`yin”,  “Harflar  ustaxonasi”,  “Bo`ling  harfga  hurmatda”  kabi  she’rlari 
ham shu tariqa ma’rifiy-badiiy ahamiyatga ega. Zero, alifbo-she’rlar  endilikda 
harfiy san’atga asoslangan yangi she’riy shakllarga keng yo`l ocmoqda, desak 
yanglishmaymiz.  Bu  esa  o`z  navbatida,  harflarni  yozilishi,  shakli,  o`rni, 
jarangdorligi, xullas, barcha tasnif-u xususiyatlarini  o`rganishga da’vat etadi.  
Harflarga ana shunday  yuksak muhabbat  bilan  yondashgan shoiramning lotin 
alifbosini  ommalashtirish,    badiiy  talqin  etishdagi  xizmati  shu  ma’noda 
beqiyos. 
         K.Turdiyeva  bolalar  kinochiligi  sohasida  ham  ijod  qiladi.  U  multfilmlar, 
telefilmlar uchun yozgan qo`shiqlari bilan-da mashhur bo`lgan. Shoira "Irkitvoy va 
Kirketjon"  multfilmini  va  M.To`ychiyev  bilan  hamkorlikda  "Katta  oyi"  badiiy 
filmini  yaratishda  faol  ishtirok  etdi.  K.Turdiyevaning  bolalar  qo`shiqchiligi 
sohasida  ham  hissasi  bor.  Uning  she`rlariga  A.Nazarov,  M.Mahmudov, 


284 
 
Sh.Yormatov  kuy  bastalagan.  Shoiraning  "Toshkesarlar  mamlakatida"  dramatik 
ertagi  "Sog`lom avlod yili"ga bag`ishlangan tanlov sovrindori bo`lgan. 
       Shoiraning "Baxillik haqida rivoyat"i ham o`quvchilarga ma’naviy saboq bera 
oladi.  Unda  o`ziga  xos  motiv  va  detallar  uchraydi.  Rivoyat  xalq  ertaklariga 
o`xshash  an’anaviy zachinga ega: 
Juda qadim yillarda, 
Juda uzoq zamonda 
Kampir-u chol yasharkan 
Bilmam qaysi tomonda 
         Shu  kampir  va  cholning  juda  badfe’lligi,  xasis  va  baxilligi  tufayli 
qarindoshlar  oyog`i  ularnikidan  uzilgan,  hech  kim  kelmas,  hatto  kulgi  ovozi 
eshitilmas  ekan.  Ammo  ularning  yakka-yu  yolg`iz  bolasi  butunlay  o`zgacha, 
odamoxun,  suxandon,  o`zgalardan  yordamini  ayamaydigan  bo`lib  voyaga  yetadi. 
Asosan,  gadolarga,  yo`qsillarga  boru  budini  ulasharkan.  Chol  va  kampir  ana 
shundan xunob bo`lishib, bir qarorga keladilar: 
Gadoylarning barisin 
Jo`nataylik mozorga, 
Yo`qsa, saxiy bu o`g`lon 
Bor-budimiz yo`q qilar, 
Qaysi gado yo`liqsa 
Uning qornin to`q qilar. 
          Oqko`ngil  o`g`illari bu qora ishga yo`l qo`ymagach, uni tog` tomonga giyoh 
terishga  yuboradilar.  Xurjuniga    bir  kalla  qand  va  non  soladilar.  Baxil  chol-u 
kampir xamirga zahar qo`shib, non pishirishadi. So`ngra ko`chadan o`tgan nochor, 
bechoralarga  shu  nondan  ulashadi.  O`sha  ko`chadan  bir  oyoqli  devona  o`tib 
ketayotsa, chol  uni  ham  uyga  chorlab, xaltangga  sol  deya  nondan  xurjuniga  tiqib 
yuboradilar. Tog`ma-tog` yurib, tentiragan saxiy o`g`il uyini topolmay, ochlikdan 
sillasi quriydi. 
Shunday ajib bu dunyo, 
Tasodifga to`liqdir. 
Taqdir ekan, devona 
Yigitchaga yo`liqdi… 
         Yigitga rahmi kelgan devona o`sha nonni xaltasiga soladi. Yigit devonaning 
ishidan,  oyoqsiz  bir  bechora  sog`  kishiga  non  berganidan  xijolat  tortib,  hang-u 
mang bo`lib turganda u g`oyib bo`ladi. Yigit uning ketidan peshma-pesh yuguradi, 
gadoy  rizqini  qiydim  deb  qiynaladi.  Har  qancha  och  qolib,  joni  qiynalsa  ham, 
uning nonini yeyishga vijdoni yo`l qo`ymaydi. Devonani izlay deb chopgan yigit, 
o`z  qishlog`iga  kelib  qoladi.  Baxil  ota-onalar  o`g`illarini  qarshi  oladilar.  Ammo  
qattiq charchagan yigitchani uyqu etadi. Uning xurjunidagi nonni esa alal-oqibat: 
O`zim bergan non deya, 
Qora niyat, shum ayol, 
Eri bilan ikkisi 
Uni yerlar bemalol. 


285 
 
Shu tariqa, baxil ota-ona o`zi qazigan chohga ravona bo`ladi, saxiy qalbli bola va 
devona omon qoladi. 
       Rivoyat  tugallanmasi  ham  xalq  ertaklarini  eslatadi.  Ezgulik  va  saxiylikning 
qo`li baxillik va zulmdan ustun bo`ladi. K.Turdiyeva asar g`oyasida istiqlol davri 
adabiyotiga xos an`analarni singdira olgan. Yomonlik qilgan inson kim bo`lishidan 
qat’y  nazar  yaratuvchi  tomonidan  jazolanishi  muqarrar.  Saxiyni  Olloh  qo`llaydi. 
Devona  qiyofasidagi  darvesh  ham  ilohiy  hodisa.  Xalq  ertaklarida  asosan  o`gay 
onalarga  xos  bo`lgan  yovuzlik  timsoli  saxiy  yigitning  o`z  ota-onasi  obrazida 
kelishi  noan’anaviy  talqindir.  Ammo,  har  yomonda  bir  yaxshilik  hikmati  bor, 
degan  hadis  mazmuni  bor  asarda.  Shu  baxil  ota-onadan  saxiy  va  qobil  farzand 
dunyoga kelgan. 
        K.Turdiyevaning  "Dunyoni  saqlar  bolalar"  qo`shig`i  bolalar  ijrosi  uchun 
mo`ljallab yozilgan. Qo`shiq tantanavor ohangda kuylanishi bilan e’tiborni tortadi. 
Unda  naqarot  ham  berilgan.  Ma`lumki,  naqarot  qo`shiqning  har  bandidan  so`ng 
muntazam  ravishda  takrorlanib  turuvchi  qismi.  Qo`shiq  va  madhiyalarda  naqarot 
boshqa  qismlardan  musiqiy  vazn,  uslub  va  ijro  sur`ati  bilan  farqlanishi  mumkin. 
Xor  jamoalariga  mo`ljallab  yaratilgan  qo`shiqlarda  naqarot  qismi,  odatda,  yalpi 
xor tomonidan ijro etiladi . 
        Aytish mumkinki, bu qo`shiq ko`proq xor jamoasi ijrosiga mo`ljallangan va u 
madhiyaga  yaqinligi  bilan  boshqa  qo`shiqlardan  ajralib  turadi.  Aytaylik, 
qo`shiqning  1-band  tuzilishi  aniq  ritmni  saqlagan,  turoqlanishi  –  4+4=8, 
qofiyalanishi  -a-a-b-a;    a-b-d-b  tarzida.  2-band  ham  shunga  yaqin,  faqat 
turoqlanishi va qofiyalanishida o`ziga xoslik bor: 
 
Eshit, zamin, / eshit samo /       -a           4+4=8 
Bizning kuyni / etsin navo /      -a           4+4=8 
Mehr bilan / ulashsa qalb /       -b           3+4=7 
Boshimizga / qo`nar Humo     -a           4+4=8 
 
Humo qushim / samo qushim /   - a       4+4=8 
Qutlar gullar / favvoralar /         - b       4+4=8 
Yurtga shodlik / va obodlik /      - d       4+4=8 
Keltirar kimlar/} 
Bolalar /                                   - b        5+3 =8 
Bu sakkizlikning  3- va 8- misralari turoqlanishida o`zgarish bor.  3-misra 7 hijoli 
bo`lsa, 8-9-misralar qo`shilib 8 hijoni, ya’ni bo`g`inni keltirib chiqargan. So`ngra, 
oxirgi  to`rlikda  ichki  qofiyalanish  bor.  Bunday  qofiyalanish  deyarli  barcha  band 
misralarida  uchraydi  va  qo`shiqdagi  ichki  ohangdoshlikni  yuzaga  keltirgan. 
Ammo,  1-sakkizlikda  misra  oxiridagi  qofiyalar  ham  to`q  va  ritmli  -  muntazam 
takrorlanib  kelgan.  2-sakkizlikda  esa  ichki  qofiyalar  ritmik  ohanglarni  jilolab 
turibdi.  Naqarotda  esa  misralardagi  so`zlarning  har  biri  deyarli  qofiyadosh  va 
radiflardan tashkil topgan: 
            N a q a r o t 
Dunyoni / poklar bolalar, / 


286 
 
Ishonchni / oqlar bolalar, / 
Tinchlikni /yoqlar bolalar, / 
Quvonchni /xohlar bolalar, / 
Ishongan bog`lar / - bolalar,/ 
Suyangan tog`lar / - bolalar. / 
Kelajakning / iplariga / 
Umidni bog`lar/ bolalar./ 
         Rost,  boshlang`ich  sinf  o`quvchilari,  hali  qofiya,  radif,  hijo  singari  adabiy 
tushunchaga  ega  bo`lmaydi,  ammo  ularga  bo`g`in  va  tovushlar  haqida  keng 
ma’lumot  beriladi.  Binobarin,  bunday  matnlar  o`tilganda,  avvalo,  vatanparvarlik 
mohiyati  uqtirilgani  holda,  so`ngra,  uning  tantanavor  kuylanishini  ta’minlovchi 
unsurlar  orqali  o`quvchilarning yod olishi, ifodali aytishiga erishiladi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish