O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

         
Kavsar Turdiyeva 
(1958-yilda tug`ilgan) Toshkent davlat universiteti va 
Sankt-Peterburg davlat universitetida o`qigan. 1994-yilda "Hozirgi zamon  bolalar 
she’riyatida  ma’naviyat  muammolari"  mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini 
himoya qilgan. Shoiraning "Varrak", "O`ynayapman, o`ylayapman", "Qush bo`lib 
uchgan ona", "Raqamlar bo`ylab sayohat", "Quvnoq alifbo bo`ylab sayohat" kabi 
kitoblari chop etilgan. 
        Kavsar  Turdiyeva  ijodida  ona  tili  va  ona  tili  faniga  oid  she’rlarning  rang-
barang  namunasini  uchratishimiz  mumkin.  Xususan  shoiraning  “Ona  tilim” 
she’rida  ona  tilining    naqadar  go`zal  va  ma’no    mazmunga  boy  ekanligi  aytib 
o`tilgan.  Bu    barmoq  vaznida  yozilgan  bo`lib,  4+3  shaklida  turoqlangan.  “Ona 
tilim”  she’rida  ona  tilimiz  onalarning  allasiga,  opa-singillarning    yallasiga, 
momolarning hikoyalarida namoyon bo`lishi she’rda juda chiroyli tasvirlangan.  
        Shoiraning “Tillar ko`pdir dunyoda” she’rida esa tillar haqidagi ta’rif shunday 
boshlanadi:  
Tillar  ko`pdir  dunyoda, 
Bir- biridan  ziyoda. 
Kulib bizlarga qarab, 
Arabcha  so’zlar  arab. 
            Kavsar  Turdiyeva    ijodida  nafaqat  ona  tilimizga  muhabbat,  balki  o’zbek 
tilining  nazariy  qirralarini  poetik  talqin  etishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Shoiraning 
alifbodan  boshlab,  o’zbek  tilining  so’z  turkumlari,  gap  bo’laklari,  kelishik 


279 
 
qo’shimchalarigacha lirik ifoda etishi diqqatga sazovor. Aynan shu jihat  shoiraning 
o’ziga xos yo’nalishini belgilaydi desak, yanglishmagan bo’lamiz. Ilmiy tushuncha, 
nazariy  ma’lumotlarni  badiiy  so`z  yordamida  obrazlantirib,  mustaqil  sujet, 
kompozitsion butunlikda  lirik ifodalaydi. 
       Masalan,   uning “Ot” she’rida ot so’z turkumi shunday ta’riflanadi : 
                           Bosh so`z turkumi , “ot”dir  u 
                           Barchaga ham yoddir u. 
                          “Atoqli “, “Turdosh “ bo`lar,  
                           Ba’zan harfi bosh bo’lar. 
        Haqiqatan,    mustaqil  va  yordamchi  so’z  turkumlari  ichida  birinchi  bo`lib    Ot 
so`z turkumini o`rgnamiz. Kavsar Turdiyeva ijodidagi ushbu she’r o`quvchiga aniq 
va  tushnarli  tarzida  ot  so`z  turkumini  ifodalash  uchun  ikki  guruhga  bo`linishi  
ta’kidlangan.  Yoki: 
                          Yigirib turli ipak, 
                          Kiygandek turfa ko’ylak. 
                          Go’yo bir - bir kelishib, 
                           Kelgach olti ” Kelishik”.  
        Shoiraning ushbu she’rida nafaqat atoqli va turdosh ot balki, kelishiklarga ham 
murojaat qilishini ko`rish mumkin. She’rda kelishiklar badiiy san’atning  “tashxis” 
san’ati asosida aytib o`tilgan.  
                           Ot go`yoki nurlanar,  
                           Kelishikda turlanar. 
                           So`ng o`zgarib bir onda, 
                           Tuslanadi shaxs-sonda. 
       She’rda 
so`zlar  kelishik  qo`shimchalarini  olib  turlansa,  shaxs-son 
qo`shimchalari  bilan  tuslanishi  nazariy  jihatdan  haqiqatligi  ayonlashadi.  Kavsar 
Turdiyeva  yana  bir  she’rida  o`z  va  ko`chma  ma’noda  ishlatiladigan  so`zlarni 
ajratishni poetik ifodalaydi:  
                           Ovqat achchiqdir, yema! 
                           Menga achchiq so`z dema. 
                           Kelib qoldi kumush qish, 
                          Men qo`ydirdim oltin tish. 
       Bundan  biz qaysi  so`z birikmasi  o`z ma’nosida,  qaysi  so`z  birikmasi  ko`chma 
ma’noda ekanligini yaqqol ko`rish mumkin. Ya’ni ushbu misrada achchiq ovqat o’z 
ma’nosida va achchiq so’z ko’chma ma’noda  ekanligini o’quvchilar  qiynalmasdan 
topa oladilar.  Keyingi misradagi “ kumush qish” hamda  “oltin tish” shunga misol 
bo`la  oladi.  Ushbu  misradagi  “Kumush  qish”    so`z  birikmasi  ko`chim  ma’noning 
metafora asosida qo’llanilgan. 
                             
Alifbe-  she’rlar  turkumi  nafaqat  boshlang`ich  sinf  o`quvchilarining  savod 
chiqarishlari  uchun,  balki  harfiy  san’at  asosidagi  badiiy  ijodga  daxldorligi  bilan 
e’tiborni tortadi. Istiqlol yillarida alifbe she’rlarning yanada rang-barang namunalari 
yaratildi.  


280 
 
“Alifbe-she’rlar odatda,– deb  yozadi  adabiyotshunoslar,–  yangi alifbo qabul 
qilinishiga bevosita aloqadordir” 
Darhaqiqat,  lotin  yozuviga  asoslangan  yangi  alifboni  yosh  avlodga  teran 
singdirish,  shu  bilan  birga  katta  avlodning  ham  bu  jarayonga  o`rgatishda  she’riy 
alifbolarning  ahamiyati katta. Xususan, alifboni badiiy  ijodning  turli  kompozitsion 
shakl  va  usullarida,  janriy  xilma-xillikda  ifoda  etish  bu  maqsadning  ijobiy 
ko`rinishlaridir. Jumladan, o`zbek bolalar she’riyatida Kavsar Turdiyeva ijodi aynan 
lotin  yozuviga  asoslangan  alifbe-she’rlarga  boydir.  Shoiraning    ko`pgina  she’rlari  
o`quvchiga alifboni  nafaqat nazariy jihatlarini, balki uning mumtoz adabiyotimizga 
xos an’analar, she’riy san’atlar vositasida anglatishga xizmat qiladi. 
Aytaylik, K.Turdiyeva  “Biz shunaqa bolamiz” she’rini “ she’riy alifbo” deb 
ko`rsatadi.  Unda lotin alifbosidagi 29 ta harfning har biri bilan boshlanuvchi so`zlar 
alifbo tartibida she’riy vazn va qofiyaga solingan. Mazmunida esa aqlli, besh baho 
oladigan,  do`stlari  ko`p  va  eli  mustahkam,  jajji  botirlar,  Vatanga  qo`shqanot  
bo`lgan  eng  ibratli  avlod  tarannum  etiladi.  Shoiraning    “Sehrli  harflar  oroli”  
she’rida  esa harflar endi  o`zining imloviy vazifasini  tushuntiradi: 
Aa – Men “A”dirman, “A”dirman, 
        Ko`p narsaga qodirman, 
       “Qor”, “Bol”, so`zlarga qara: 
        Yasadim “Qora, bola”. 
 
 
Bunda har bir harfga bag`ishlangan misralarning mustaqil kompozitsiyaga, 
mustaqil qofiya  va  mazmunga egaligi, qolaversa butun she’rni birlashtiruvchi 
yagona yetti hijoli ritm esa misralarning 4+3 tarzidagi turoqlanishi bilan she’riy 
ritmni  tashkil  etgani  e’tiborga  loyiq.  To`rtliklarning  rang-barangligi  –  o`zini 
tavsiflayotgan  harflarning  so`zga  qo`shilish  o`rnidir.  Shoira  alfavitdagi 
harflarning  joylashuvini  yaxlit  qit’aga  o`xshatsa-da,  go`yo  harflarning  har  biri 
alohida  oroldir.  Ularning  xususiyati,  vazifasi,  so`zdagi  o`rni,  unli-undoshligi 
xilma-xil. Buni shoira  ayrim harflar misolida yaqqolroq tushuntiradi: 
Ff–  Men unliman, undoshman, 
          Fazo so`zida boshman. 
          Ba’zan “V”dek  jaranglab, 
          Qolsam yurma alanglab. 
 
      Shu  tariqa,  o`quvchiga  harflarni  tanishtiribgina  qolmay,  uning  yuqori  sinflarda 
beriladigan  ilmiy  ta’rifi  haqida  ham  tushuncha  berayotganidan  dalolatdir.  Shu 
jihatdan  bunday  she’rlarni  harfiy  san’atga  asoslangan  pedagogik  she’rlar  qatorida 
e’tirof etish mumkin. She’rdagi ayrim harflar ta’rifi esa Shermuhammad Munisning  
“Savodi ta’lim” manzumasiga yaqinligi bilan ya’ni, harflarning shaklini tabiatdagi 
narsalarga qiyoslash orqali aniqroq tasvirlash kuzatiladi. Masalan,  alifbodagi  “Ch” 
harfi o`zini shunday tanishtiradi: 
Chaqqondirman, chiroyli, 
Shaklim narvon va yoyli
Men qo`shilsam oynakka 


281 
 
Ko`zing tushar choynakka. 
          Bu jihat shoiraning  alohida turkum she’rlarida ham uchraydi. Jumladan, “D” 
o`xshaydi Ilhomga” she’rida lotin alifbosidagi harflar  quyidagicha  obrazlanadi. 
“O” dumaloq  go`yo  shar, 
“N” o`xshaydi narvonga, 
“L”ilingan javonga, 
“S” o`xshaydi oqqushga, 
“V” qanot yozgan qushga, 
“A” o`xshab ketar tomga, 
“D” o`xshaydi Ilhomga 
 Yurar qaddin qilib dol. 
            Go`yo yuz yasharli chol. 
             K.Turdiyeva  shu  tarzda  alfavitdagi  har  bir  harfga  to`xtalib,  harflardan  goh 
topishmoq,  goh  o`yinchoq,  ba’zan  esa    bolalarga  o`git  berish  maqsadida 
foydalanadi. Natijada,  harfiy san’atlarning  yangi talqinlari  namoyon bo`ladi.  
Muallifning  “Kasblar  she’rga  aylandi,  alifbega  joylandi”    she’rida  alfavit 
tartibidagi  harflar  saf  tortib,  o`zi  bilan  boshlanuvchi  kasblar  haqida  so`z  yuritadi. 
Har  biri  10-14  misralik  she’rda    aniq  bir  kasb-hunar  haqida  so`z  boradi,  ular  
o`zaro  mustaqil  sujetga  ega  bo`lsa-da,  barchasi  “yo  bo`lsammi”  so`zidan 
boshlangani,  mantiqiy  bog`lqligiga  ko`ra    yaxlit  she’rdir.  Alifbe  she’r  orqali 
o`quvchilar  o`ttizdan  ortiq  kasb-hunar  haqida  tasavvurga  ega  bo`ladilar.  Rost, 
she’rda kichkintoy bolalarning tasavvuriga hali sig`maydigan kasblar haqida ham 
fikr yuritiladi.  Masalan, elchi, g`avvos, lug`atshunos kabi. Ammo shoira o`zining 
zamondosh  o`quvchilarini  yangi  voqelik,  chet  tillarini  1-sinfdan  o`rgatilishi  va 
xalqimizning iqtidorli farzandlari tafakkuriga mos fikr yuritishni ko`zlaydi.  Bunda 
shoira tajnisli so`zlardan ham foydalangan: 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish