O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

                                   Y (yozuvchi) 
Yo bo`lsammi yozuvchi, 
Hikoyalar yozuvchi
Roman, qissam yozilsa, 
Kitoblarim bosilsa. 
Taniqli bo`lsam behad 
Darrov so`rashsa dastxat. 
Intervyular olishsa, 
Tinglab qoyil qolishsa. 
Menga berganlar savol 
Javobimga qolsa lol. 
   
Bu  istiqlol  davri  alifbo-she’rlarining  yorqin  namunasi  ekanligi  bilan  ham 
e’tiborli.  Unda  davrning  nafasi  ufurib  turishidan  tashqari,  mazmun  mohiyatida  
XXI  asrning  intellektual  salohiyati  aks  etgan.  Masalan,  jurnalist  bo`lishni  orzu 
qilgan  yosh  lirik  qahramon  xabar  yozib,  elektron  pochta  orqali  tashlashni  reja 
qiladi, uchuvchilik haqida oy`laganda Marokash va Anqaradan bemalol Vataniga 
uchib  kelishni  xohlaydi.  Shu  kabi  yuksak  orzular  qanotiga  shaylangan  lirik 
qahramon  cho`ponlik,  nonvoylik,  kulolchilik,  zargarlik  kabi  ota-bobolarining 


282 
 
kasbini ham unutmay, ular to`g`risida o`rinli mulohaza yuritadi. Natijada, bunday 
alifbe she’rlar faqat jajji o`quvchilarni emas, balki o`smirlarning kasb tanlashga 
bo`lgan qiziqishlarini uyg`ota olishi bilan ham ahamiyat kasb etadi. 
            Umuman, alifbe she’rlar asosida yangi she’riy shakllarning yaratilishi o`zbek 
bolalar  she’riyatining  janriy  jihatdan  boyib  borayotganligidan  dalolatdir. 
K.Turdiyevaning  “Alifbeda nasihat”  she’ri shu jihatdan xarakterli. Shoira har bir 
harf  bilan  boshlanuvchi  o`gitlarlarni  alifbo  ipiga  marjondek  tizishda  tavze’ 
san’atidan foydalanadi:  
A” aql, adolat, azal, asli hammadan Afzal, 
B” botir bo`lsang bil shafqat, bemehr bo`lma faqat. 
D” dono so`zdan yarar dil, donolarni do`sting bil, 
E” eshit, esingda tutgin, erinishni unutgin. 
F” fahm, farosat albat, eng foydali fazilat. 
G” go`zaldir gul-u giyoh, gullarni toptash gunoh. 
H” hadis, hikoya, hikmat, uyg`otar mehr, himmat. 
I” intil ilm izlashga, shu maqsadni ko`zlashga. 
J” jahlingni jilovlab ol, janjal naf bermas biror. 
K” kamtarga kamol chopar. Kekkaygan zavol topar… 
             Ko`rinadiki,    satr  boshida  kelgan    harf    misra  ichida  ham  4-5  marta 
takrorlanib,  alliteratsion      tovushlar    sistemasini  tashkil  qilish  bilan  birga, 
she’riy  ritmga,  qofiya  va  mazmunga    putur  yetmaydi.  Shoiraning               
Alifbe-o`gitda  harflarga  mos  so`z  va  ulardan  yaxshilik  xislatini  topish, 
she’riy shakl, qofiya, vaznga solishdan ko`zlangan maqsadi bor albatta.   Bu 
avvalo,  endigina  savodi  chiqayotgan    o`quvchining  lotin  alifbosidagi  harflar 
talaffuzi,  turli  so`zlardagi  jarangini    uning  qulog`iga  qo`yishdir.  Binobarin 
bunday  she’rlarni    “Alifbe”  va  boshlang`ich  sinf  darsliklariga  kiritish,  
harflarni o`tishdagi rang-baranglikka olib keladi.  
   
   Alfavitdagi  harflar  ketma-ketligi  asosida  yaratilgan  topishmoqli  alifbe 
ham  K.Turdiyeva  ijodiga  xos  usul.    Shoira  topishmoqlarni  shunday  ketma-
ketlikda joylashtiradiki, ularning javobi alfavitdagi harflar bilan boshlanadi: 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish