Mavzuga oid test savollari:
1. Bolalarning sehrli-fantastik va sarguzasht romannavis adibi qaysi javobda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?.
a) X. To‘xtaboyev;
b) H.Nazir;
c) A.Obidjon;
d) S.Barnoyev
2. “Lochin qanotlar” romani muallifi va mavzusi to‘g‘ri belgilangan javobni
aniqlang.
a) X.To‘xtaboyev; urush va bolalik mavzui talqini;
b) H.Nazir, urush va bolalik mavzui talqini;
c) S.Barnoyev, urush bolalari;
d) A.Obidjon, istiqlol g‘oyasi.
3. Badiiy adabiyot tilida voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini
aniqlash-izohlash, tavsiflash usuli qaysi badiiy tasvir vositasiga xos?
a) sifatlash;
b) mubolag’a;
c) o’xshatish;
d) metafora.
4. Odamlarga xos bo’lgan xislatlarni jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot,
parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usuli
a) jonlantirish;
b) sifatlash;
c) o’xshatish;
d) sinekdoxa.
5. Anvar Obidjon o’zbek bolalar adabiyotiga qaysi mumtoz janrni olib kirishda hissa
qo’shdi?
a) G‘azal;
b) Ruboiy;
c) Tuyuq;
d) Qit’a
Do'stlaringiz bilan baham: |