Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning ingliz tilida nomlanishi



Download 20,48 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi20,48 Kb.
#341883
Bog'liq
glossariy


GLOSSARIY

Atamaning o’zbek tilida nomlanishi

Atamaning ingliz tilida nomlanishi

Atamaning rus tilida nomlanishi

Atamaning nomlanishi

axborot


information


информация


1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar.

2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.

3. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar).


matn


ingl.: text


rus.: текст


Ma’lumotlarni ifodalash shakli. Mazmunan

yagona yaxlit bo‘lib, tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matnni kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon yoki skaner yordamida amalga oshirilishi mumkin. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi, maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqdan matnlar ma’lumotlar bloklari ko‘rinishida uzatiladi.



matn protsessori


ingl.: word

processor

rus.: текстовый процессор



qarang: matn muharriri

matn fayli


ingl.: text file


rus.: текстовый файл


Faqat harflar, raqamlar va belgilardan iborat fayl. Matn fayli matnni formatlash haqida hech qanday axborotga (masalan, qalin shrift yoki kursiv bilan ajratish, shriftning o‘lchami va turiga) ega emas, karetkani qaytarish va yangi satrga o‘tish belgilari bundan istisno. Matn fayli ASCII formatidagi fayl bo‘lib hisoblanadi. Matn fayli ixtiyoriy matn muharriri tomonidan o‘qilishi mumkin.

matnli xabar


ingl.: message text


rus.: текстовое сообщение

Matndan iborat va tarmoq bo‘yicha uzatiladigan xabar.

matn muharriri


ingl.: text editor


rus.: текстовый редактор


Matn, dastur va hujjatlarni tahrirlashni

ta’minlaydigan amaliy dasturlar majmuasi. «WYSIWYG nima ko‘rgan bo‘lsangiz shuni oldingiz» tasavvuri, matnni ekranda shunday shaklda ko‘rish imkonini beradi. U xuddi shu ko‘rinishda printerda chop etiladi. Matn muharrirlari foydalanuvchining turli topshiriqlarini bajaradilar.



matnga ishlov berish


ingl.: text processing


rus.: обработка текстов


Matnlarni kiritish, tanish, saqlash, tahrirlash, formatlash va choplash jarayoni. Matnlarga ishlov berishning muhim bosqichi bo‘lib, ularni tizimga kiritish va xotirada joylashtirish hisoblanadi. Bu amal klaviatura, nurli pero yoki skaner yordamida bajariladi. Keyingi bosqichda

matn tayyorlanadi.



sarlavha


ingl.: header


rus.: заголовок


Ma’lumotlar paketining boshida joylashgan bo‘lib, manzillash axborotini va o‘zida xatolarni tekshirish kodlarini saqlaydi. Shu atamaning o‘zi, elektron pochta xabarida, bevosita matn oldida joylashgan qismini belgilash uchun ham ishlatiladi.

sahifa


ingl.: page


rus.: страница


Noyob manzilga ega bo‘lgan, ko‘rish dasturi yordamida ochib ko‘rilishi mumkin bo‘lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o‘z ichiga olgan ko‘ptashuvchi hujjatlardir.

standart


ingl.: standard


rus.: стандарт


Tan olingan standart tashkiloti tomonidan tasdiqlangan yoki sanoat tomonidan de facto standart sifatida tan olingan format yoki tavsif. Standartlar dasturlashtirish tillari, operatsion tizimlar, ma’lumot formatlari, kommunikatsiya bayonnomalari va elektr interfeyslar uchun mavjud.

stil


ingl.: style


rus.: стиль


Matn va sahifa elementlarini formatlash tavsifnomalari to‘plami.

stillar jadvali


ingl.: style sheet


rus.: таблица стилей


Satr boshi, oyna va belgilarga bezak berish usullarini tavsiflaydi. Bu bilan u matnlarni rasmiylashtirishda salmoqli yordam ko‘rsatib, Stil, obyektlarning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq hamma narsani belgilab, ularning mazmunini daxlsiz qoldiradi.

so‘z


ingl.: word


rus.: слово


1. Biror alifboda ma’lum ma’noga ega bo‘lgan bo‘sh joylarisiz belgilar ketma-ketligi. 2. Mashina so‘zi.

ma’lumotlar


ingl.: data


rus.: данные


1. Rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot.

2. Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot.




Download 20,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish