Tursunboy Adashboyev
she’riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi
(1939-2017)
249
Tursunboy Adashboev 1939-yilda Qirg`izistonning O`sh viloyatiga qarashli
Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog`ida tug`ilgan. U bolaligidan har ikki xalq
tili, qadriyatlari, ma’naviyati, madaniyati, ma’rifatidan bahramand bo`lib o`sadi va
haqli ravishda o`zini har ikki xalq farzandi deb hisoblaydi. Bo`lajak shoir qalbida
she’riyatga oshnolik tuyg`usi maktabda o`qib yurgan vaqtidayoq tug`iladi. Uning
"Maktabim" sarlavhali birinchi she’ri 6-sinfda o`qib yurgan paytida "Lenin
uchquni" (hozirgi "Tong yulduzi") gazetasida e`lon qilinganligi fikrimizni
250
tasdiqlovchi dastlabki dalildir. Ikkinchi misol: 1956-yilda "Qirg`iziston haqiqati"
gazetasi eng yaxshi hajviy she`rlar uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov yakunida 1-
mukofot hech kimga berilmaydi, 2-mukofot maktab o`quvchisi T.Adashboyevga
beriladi. Yana bir misol: u maktabda o`qib yurgan paytida "Qizil O`zbekiston"
gazetasida folklorshunos olim H.Zarifov nomidan gazetxonlarga murojaat qilinib,
ertakchi bobo-buvilari hamda baxshilardan o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarini
yozib olib, tahririyatga jo`natish va shu bilan xalq og`zaki ijodining xalqimiz
orasidagi nodir namunalarini saqlab qolishdek xayrli ishga hissa qo`shish tashabbusi
bilan chiqilgan edi. Yosh o`quvchi T.Adashboyev qalbida bu tashabbus, ehtimolki,
endi-endi nish urib kelayotgan badiiyatga oshnolik tuyg`ularini uyg`otib yuboradi.
U peshqo`rg`onlik Olim baxshi Soyibboyevdan "Yozi bilan Zebo" dostonini yozib
olib, Toshkentga yuboradi va ko`p o`tmay folklorshunos olimlar H.Zarifov va
Muzayyana Alaviyadan yangi izlanishlarga undovchi minnatdorchilik maktubi ham
oladi. Baxshilardan, bobo-buvilardan eshitilgan ertak va rivoyatlar, doston-u
qo`shiqlar, tez aytish-u topishmoqlar T.Adashboyev qalbiga, o`zi aytganidek,
"cho`g` solgan bo`lsa, ajab emas" . Shu sababli ham u o`rta maktabni tugatgach,
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning
jurnalistika fakultetiga hujjat topshiradi. Universitetda o`qish jarayonida she’riyat
sirlarini yanada puxta egallagan yosh shoirning dastlabki asarlari birin-ketin
matbuotda e’lon qilina boradi hamda talabalik chog`idayoq, 1964-yilda,
"Kamolning olmasi" deb nomlangan hammualliflikdagi birinchi kitobi nashr etiladi.
T.Adashboyev Toshkent davlat universitetini tugatganidan keyin o`z bilimini
yanada oshirish, qalamini charxlash maqsadida Moskvadagi Jahon adabiyot
institutining ikki yillik kursida ham tahsil oladi. U o`qishni tugatganidan keyin uzoq
yillar mobaynida O`sh viloyat gazetasida adabiy xodim bo`lib ishladi. Shoirning
1987-yildan keyingi taqdiri Toshkent bilan bog`liq. U "Yulduzcha" (hozirgi
"Cho`lpon") nashriyotida salkam yigirma yil bosh muharrir o`rinbosari vazifasida
ishladi. Bu davr mobaynida shoirning "Biz sayohatchilarmiz" (1966), "Ola-Tovlik
bo`laman", "Arslonbob sharsharasi" (1969), "Surnay", "Nur daryo" (1975),
"Guldasta", "Olatog`-lolatog`" (1978), "Jo`nataman quyoshni" (1982), "Oqbura
to`lqinlari" (1985), "Sovg`a" (1986), "Arslonbob afsonasi"(1988), "Uch bo`taloq va
sirli qovoq" (1990), "Topishmoqli alifbe"(1997), "Oltin yolli tulpor qissasi" (2003),
"Orzularim – qo`sh qanotim" (2003), "Osmondagi darvoza" (2012) singari kitoblari
nashr qilinadi.
T.Adashboyevning sermahsul va mohir tarjimon sifatidagi faoliyati ham o`ziga
xosdir. U avvalo, jahon bolalar she’riyatining juda ko`plab yetakchi
namoyandalarining she’riy asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, bolalar adabiyoti
xazinasini boyitishga hissa qo`shadi. Shoirning "Men suv ichgan chashmalar"
turkumidagi tarjimalari ijodkor iste’dodi va mahoratining serqirraligini asoslaydi.
K.Chukovskiyning "Eshitmadim demanglar", "Toshbaqa", "Kular tipratikanlar",
"Jenni"; V.Berestovning "Ko`lmakdagi suratlar", "O`qishni bilsang o`zing";
B.Zaxoderning "Samovar", "Bo`ri maqtasa…", "Itbaliq"; gurji shoiri Nodar
Dumbadzening "Ketino", "Igna"; tatar shoiri N.Yusupovning "Kechirasiz", Rustam
Ming`alimning "Gilos", "Shamol esgach"; yahud shoiri Ovsey Druzning
251
"Kutilmagan hodisa", "Tarozilar"; litva shoiri Y.Markinkyavichyusning "Jang
tugadi", "Mening kitobcham"; V.Dankoning "Qorbobo bo`lsam agar", "Hasrat";
tojik shoiri Saydali Ma’murning "Yaxshi odamlar", "Nima shirin?"; qirg`iz shoiri
K.Junushevning "Qayiq", "Qaydan bilsin?", "Necha so`mlik bolasan?",
"Toshbaqaning
shiori",
"Boshi
bormi?";
qozoq shoiri
Q.Murzalievning
"Xolmirzaning "oti", "Tikan terdi"; turkman shoiri O.Annadurdiyevning "Tovus",
"Ninachi", "Savol-javob"; polyak shoiri Yan Bjexvaning "Tuxum va tovuq", "Tuz
haqida ertak"; uyg`ur shoiri Uchqunning "Muhammadning savollari"; arman shoiri
G.Gabrielyanning "Misol", "To`g`ri javob", "Vachikning panjasi"; belorus shoirasi
N.Tulupovaning "Dars", "Nikitaning yoshlari"; arab shoiri Bayon as Safadiyning
"Rimaning savollari", "Shamol ham yig`laydimi?"; ingliz shoiri Uolter De La
Merning "Pat saqlanar yostiqda", "Berkinmachoq" she`rlari; "Otboqar" nomli nemis
xalq ertagi, makedoniya xalq she`riyatidan "Teskari hisob" she’rlari tarjimalari
shular jumlasidandir.
U qirg`iz adabiyotidan 30 ga yaqin asar tarjima qilgan. Ular orasida
"Manas"ning nasriy bayoni, "Singan qilich" romani bor. T.Adashboyev
"O`zbekiston xalq maorifi a’lochisi"(1993), "Qirg`izistonda xizmat ko`rsatgan
san’at arbobi" (1999), "Do`stlik" ordeni (1999), "Manas" ordeni (1995) sohibidir.
T.Adashboyev bola ruhiyatini yumorga moyil tarzda nozik ifodalaydi. Uning
kattalar uchun yozilgan asarida ham o`ziga xoslik sezilib turadi. T.Adashboyev o`zi
tug`ilib o`sgan qardosh Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyati tabiatini shu qadar
mehr, samimiyat bilan tasvirlaydiki, ko`z oldingizda marjon-marjon manzaralar
xushbo`yini sochib tizilaveradi:
Asqar tog`dan suv tushar
Qoyalarda yanchilib.
Deysan, nahot qarag`ay
Ko`kda qolgan sanchilib.
Kelar chanqoq bosgani
Kiyik, qulon ohista,
Arxar shohi ilinib
To`kilar xandon pista.
Qorli cho`qqi eslatar
Qirg`iz og`am tumog`in.
Tog` asalning hididan
Bitib qolar dimog`ing.
("Sarichelak")
Bolalarda bir xususiyat bor – o`yinga, mashg`ulotga shu qadar beriladiki,
uning o`yinligini ham unutadilar. Yosh qalbda hali rost-u yolg`on, soxta-yu haqiqiy
degan tushunchalar o`rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma narsaga
ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar. Hattoki, o`zlari o`yin uchun yaratgan
narsalarni ham tirik mavjudot kabi yaxshi ko`rib qoladilar:
Eh xayriyat, yomg`ir bu gal
"Suvga oqib ketmasaydi
Yo`lda qolgan rasmlar" deb,
252
Dilshod tunda uxlay olmay
Tashvishlanib chiqdi hadeb,
Suratlarni o`chiribdi
Mashinalar, kaptarlarni
Cho`chitmabdi, uchirmabdi.
("Asfaltdagi rasmlar")
Taraqqiyot sari intilish – zamonlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot munis
o`t-o`lanlar o`sgan jaydari yerlarni bosib-yanchib o`tmasligi, bir-biriga oqibatli
mehnatkash chumolilarning uyini buzmasligi kerak. Fan-texnika nechog`li taraqqiy
etmasin, inson bolasi, o`zini eng avvalo, ona- tabiat bag`rida to`laqonli his etadi.
Katta zamonaviy shaharlarda tug`ilib o`sgan bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti
qo`ng`izcha bilan kun-tun o`ynab zerikmasligida hikmat ko`p. T.Adashboyev
she`rlarida bola qalbining quvonchi, hayratlari, beg`uborliklari ufurib turadi:
Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi,
Qizg`aldoqlar selda oqdi,
Quyosh yana kulib boqdi.
T. Adashboyev she`rlarining qahramonlari "Loyni bir oz tindirib suv zahrini
sindirib" g`isht quyayotgan, "Sapchib oqqan suv bilan kim o`zarga yugurgan",
xolasiga yordam uchun "... nonni botirib, qotirib qaymoq yegan", "Tog`dan
ko`tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga" o`xshatgan, buvisining ajinlariga qarab
"Dazmol bosib olsangiz, tekis bo`lib ketardi", deb maslahat beradigan, kun bo`yi
bog`dagi sirpanchiqda "vagon" bo`lib uchishgach, "Oqshom uyga... Shimning orti
suzilib" qaytadigan quvnoq, topqir, xayolparast, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi
tobida bo`lgan bolalardir.
Ayrim she’rlardagi voqelik, tuyg`ular kechinmasidan shoir bu she’rni o`z
boshidan kechirganlari ta’siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi – bilinib
turadi. Lekin T.Adashboyev she’rlarida bunday chegara yo`q – oddiy chizgilardan
salmoqli voqealargacha lirik qahramonning yuragidan o`tgan.
Ag`darishmachoq soz o`yin,
Polvonlar egmas bo`yin.
Davrani keng olamiz.
Chunki tengqur bolamiz.
Shaylandim minib eshak,
Akmal ham chiqdi beshak.
Tushim ekan, xayriyat,
Shoir bolalar, kattalar tabiatining, o`zligining yarq etgan har bir qirrasini
ko`rsatib qo`yadigan manzara, voqea, bahsning suratini so`zlarda chizadi. Shu
orqali o`quvchilarni bag`ri kenglikka, mustaqil mushohada yuritishga o`rgata
boradi.
Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni langarcho`p deb
miriqib o`ynashlari mumkin. Ba’zan farzandlarimiz ertak qahramonlariga
aylanadilar: gullar bilan suhbatlashadilar, xazonlarni qayiq qilib sayohatga
chiqadilar, nima uchun qushlar ularning qo`liga qo`nmayotganidan ajablanadilar...
253
Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylarning shu kabi xislatlariga asoslangan ajoyib
ertaklar bor.
T.Adashboyev ijodida ixcham, manzara she’rlar borki, bolalar uchun filmlar
yaratuvchi mohir rejissor ular asosida ajoyib asarlarni suratga olishi mumkin. Mana
bu to`rt qator she’r go`yo multfilmday.
Boychechaklar nish urib
To turguncha o`rnidan
Bahor qishni tarnovga
Osib qo`ydi burnidan.
Yoki,
Tolning bargi suvga tushib
Qayiq bo`ldi.
Bu ayniqsa qumursqaga
Loyiq bo`ldi.
Qo`sh qirg`oqni to`lqin yalab
Ko`kka sapchir,
Eshkakni-chi, o`zi yakka
Eshar abjir.
Teng-tushlari qoldi gap-so`z
Tayinlashmay.
Qumursqa ham jo`nab ketdi
Xayrlashmay...
T.Adashboyevning turli davrlarni, ya’ni o`zining bolalik yillarini eslatuvchi
she’rlarini, farzandlarining bolaligini tasvirlovchi she’rlarini – barchasini ichki bir
yaxlit tuyg`u – mehr, mehribonlik birlashtirib turadi. Shoir yaratgan obrazlarning
hayotiyligi bola tabiatiga yaqinligidadir. Uning "Do`ppi", "Kesib turdim", "Mayiz"
nomli she’rlari quvnoq yumor bilan sug`orilgan bo`lib, ularda kichkintoylarning
goh sodda, goh beg`ubor, goh esa ozgina quv, ayyor xarakteri ochib beriladi.
Aytaylik, "Mayiz" she’rining qahramoni – Lola ismli jajji qizcha. U mehmon
tog`aning savollariga juda aqlli javob qaytaradi:
–
Oting nima, qizaloq?
–
Men-mi, tog`a, Lolaman.
–
Ol mayizdan bir hovuch,
–
Yo`q, odobli bolaman.
Hovuchingiz kattaroq,
Siz bersangiz olaman…
She’rda bolalarning o`ziga xos topqirligi ham aks etib turibdi. Chunki, qizcha
mayizdan o`zi olib yesa odobsizlik ekanini biladi, mehmon tog`a olib bersa, uning
qo`lini qaytarib bo`lmaydi-ku, axir… Mehmon tog`aning hovuchi ancha kattaligi
esa ayni muddao.
"Alam, alam" she’rida Lolaning teskarisi bo`lgan Saida ismli qizaloq xarakteri
yaratiladi:
– Betoqat qiz Saida
Sensan nafsing payida,
254
Turmaysan dasturxondan
Uyalmaysan mehmondan.
Uyat-uyat!
– O`zing anor yeyolmay,
Ozgina ber deyolmay,
Ko`zing to`rt-ku bechora,
Ololmasang ne chora,
Alam-alam!
T.Adashboyevning juda ko`p she’rlarida maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalar va qizaloqlarning turli fe’l-atvori quvnoq va samimiy talqin etiladi.
Kichkintoy lirik qahramonlar goh o`z soddaligi tufayli kulgili holatga qoladi, gohida
o`zlarini dono hisoblab, kattalarga gap uqtiradilar: tuflilari eski bo`lmasligi uchun
sandiqqa solib qo`yadilar, kiyishga qizg`anib, asrab yurgan tor kelgan shimni katta
bo`lsam kiyaman deydilar, do`ppisini o`rtoqlari koptok qilib tepganda darvozabon
bo`lgani uchun choki so`tilganida ham o`zini aybsiz hisoblaydi, yoki
qo`g`irchoqlari – o`quvchilarining hammasiga qattiqqo`llik bilan ikki qo`ygan
"o`qituvchi" barcha beshni o`ziga qo`yadi va h.k.
T.Adashboyev umrining oxirigacha qalbi bolalik beg`uborligi, samimiyati,
soddaligi, yorqin hayrat-u quvnoq topqirliklari olamida sobit turdi. Binobarin, shoir
ijodi adabiyotshunoslikda keng o`rganilib, alohida tadqiqot mavzuiga ham aylanib
ulgurgan. Jumladan, B.Ashurov o`z ishida shoir ijodining uch asosiy bosqichini
ajratib ko`rsatadi:
1. XX asrning 60-70-yillari. Bu davrda u xalq og`zaki ijodi, jahon bolalar
adabiyoti hamda o`zbek bolalar adabiyoti yetakchi namoyandalarining eng yaxshi
an`analarini o`zlashtirgan.
2. XX asrning 80-yillari. Bu davrda T.Adashboyev o`zbek bolalar adabiyotida
o`z o`rniga, o`z so`ziga ega bo`lgan shoir sifatida shakllandi, ijtimoiy dolzarb
masalalarni bolalar she’riyatiga olib kirdi.
3. Istiqlol davri. Bu davr T.Adashboyev ijodiy kamolotiga rivoj qo`shdi. U
ona-Vatan, kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq, milliy, tarixiy, madaniy va
adabiy qadriyatlarimiz haqida to`lib-toshib kuylovchi, yosh avlodni ularga sadoqat
ruhida tarbiyalashga da’vat etuvchi sermahsul ijod bilan mashg`ul bo`ldi.
Shoir salkam ellik yillik ijodi davomida ko`plab ballada, ertak va dostonlar
yaratgan. "Ustaning baxti", "Dovonlar", "Burgutning o`limi", "Qismat" balladalari;
"Sirli sharshara", "Nur daryo" dostonlari; "Adolatli qozi", "Oriyatli xo`roz", "Oltin
yolli tulpor qissasi", "Roston xola - doston xola" ertaklari xalq og`zaki ijodi ta`sirida
yozilgan.
Uyg`ur xalq ertagi asosida qayta yaratilgan "Adolatli qozi" ertagi sujetini
jo`jalarga qiron keltirayotgan Tulki ustidan tovuqlarning qoziga arz qilishi bilan
bog`liq voqealar tashkil etadi. Majoziy usulda bitilgan ushbu ertakda birinchi qozi -
Arslon. Tovuqlarning arz-dodini tinglagan qozi haqiqatni ayon qilish uchun Tulkini
so`roqqa chaqirtiuradi:
Paydo bo`ldi quv Tulki,
255
Yetmish yetti bukilib.
Qo`ltig`ida paryostiq,
Ta’zim qilar yukinib:
– Davlatingiz bir umr,
Bo`lsin bekam, ziyoda.
Ayyor, xushomadgo`y Tulki men tovuqning go`shtiga emas, patiga o`chman,
chunki men yostiqdo`zman, mana, tovuq patlaridan sizga atab paryostiq tikdim,
deya paryostiqni Qozining yonboshiga suyaydi. Sovg`a-salom olgan qozi ishni
tekshirtirishni orqaga tashlaydi. Natijada Tulki qutulib qoladi.
Kun ortidan tun o`tib,
Falak charxi aylandi.
Bu orada Qashqir
Qozi qilib saylandi.
Tovuqlar endi bu qozi haqiqatni ro`yobga chiqarar, jinoyatchining jazosini
berar degan umidda Qashqirga murojaat qiladilar. Tulki yana eski usulni qo`llaydi,
bu qoziga ham paryostiq sovg`a qilib, qutulib qoladi. Ammo uchinchi marta
Tayg`on qozi etib saylangan vaqtda tulkining hiylasi o`tmaydi. Shu sababli Qozi:
- Bu makkorni hoziroq,
Qirga quvib chiqinglar.
Tulki zoti uchrasa,
Tutib somon tiqinglar…
deb farmon beradi. Shu tariqa, xalq ertaklaridagidek, yaxshilik murodiga yetadi.
"Oltin yolli tulpor qissasi"da Olabuqa qishlog`idan o`n chaqirim naridagi
Chotqol tizma tog`larining etagida joylashgan, "chor atrofni archazorlar kiprik
misol to`sgan" Tulporko`l afsonasi qalamga olinadi. Bu adabiy ertakda inson
tabiatidagi azaliy ochko`zlik, boriga qanoat qilmaslik oqibatlari xalq ertaklariga
monand aks etgan. Adabiy ertakdan ma’lum bo`lishicha, Chotqol tomondan
baytalini yeldirib, ovuliga qaytib kelayotgan cholning ayni peshin chog`ida
Tulporko`l bo`yiga yetib kelishi voqea sujetiga asos bo`lgan. Chol issiqdan
tolganligi sababli ko`lning yam-yashil qirg`og`i yaqinida bir pas dam olmoqchi,
qolaversa, peshin namozini o`qish niyatida otdan tushadi. U namoz o`qish bilan
mashg`ul bo`lgan vaqtda esa ko`lning o`rtasidan oltin yolli tulpor chiqib, "ko`kka
sapchib pishqirib, ko`zi yonib, shaylanib", bo`z baytal atrofidan uch marta aylanadi.
Cho`pon esa beg`am, befarq,
Ibodatin buzmasdan-
Turib boqsa duldul ayg`ir
Sho`ng`idi ko`l qatiga.
…Oradan o`n ikki oy o`tib, cholning baytali oltin yolli qulun tug`adi. Ammo
mol-dunyoga hirs qo`ygan kampir yana bitta shunday qulunli bo`lish dardida qaysar
cholni aldab-avrab, Tulporko`lga qayta borishga ko`ndiradi. Chol baytalni minib,
ko`l tomonga yo`l oladi, oltin yolli toychoq ham onasining ketidan qolmay, ularga
ergashadi. Chol yana avji peshin chog`ida ko`l bo`yiga yetib keladi va:
Yozdi shoshib chakmonin
Olib-olmay tahorat.
256
Chol shunchaki, nomi uchun
Namoz o`qib o`tirar.
Oltin yolli ot tashvishi
Yuragini o`pirar.
Shunga yarasha, ko`ldan chiqqan tulpor toychoqning bo`ynidan tishlab, o`zi
bilan ko`l ostiga olib ketadi. Chol esa barmog`ini tishlab qolaveradi.
Bu adabiy ertakda ham xalq og`zaki ijodi va A.S.Pushkin ertaklariga o`xshash
insonning ochko`zligi, qanoatsizligi tufayli boridan ham ajrab qolishi, mahrum
bo`lishi haqqoniy ochib berilgan.
Xullas, T.Adashboyevning ertak va she’rlarida zamondosh o`quvchiga
ma’naviy-ma’rifiy oziq bera oladgigan qahramonlar, obrazlar hamda detallar juda
ko`p.
Do'stlaringiz bilan baham: |