O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


IX. BOLALAR  ADABIYOTI  YUKSALISHDA



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

IX. BOLALAR  ADABIYOTI  YUKSALISHDA 
 
Reja: 
1.  Xudoyberdi To‘xtaboyev – bolalarning sargyzasht va  romannavis adibi 
2.  Miraziz A’zam she’riyatining falsafiy-badiiy o‘ziga xosligi. 
3.  Safar Barnoyev – bolalar shoiri va nosiri. 
4.  Tursunboy Adashboyev she’riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi 
5.  Anvar Oobidjn – bolalar shoiri, adibi va dramaturgi 
 
 
Xudoyberdi To‘xtaboyev 
 
– bolalarning sargyzasht va romannavis adibi 
(1932-yilda tug‘ilgan) 
 
         Xudoyberdi To‘xtaboyev  – katta-yu kichik bolalarning sevimli adibi.  U hozirgi 
zamon  o‘zbek  bolalar  adabiyotida  sarguzasht  va  fantastika  janrlarining  rivojlanishiga 
katta  hissa  qo‘shib  kelayotgan  adib  sifatida  kitobxonlarga  ma’lum  va  mashhurdir. 
Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yilning 17-dekabrida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston 
tumaniga  qarashli  Kattatagob  qishlog‘ida  dehqon  oilasida  dunyoga  keldi.    Boshqa 
bolalar qatori  Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda 
bo‘ladigan 
hamma 
mehnatlarda 
baholu 
qudrat 
ishtirok   


231 
 
etdi,  hayot  nimadan  iborat  ekanligini  yoshligidanoq  bila  boshladi.  Bo‘lajak  adib 
ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  o‘qishni  yig‘ishtirib,  dalada  ketmon  chopdi, 
hisobchilik  qildi,  mashaqqatli  mehnat  bilan  suyagi  qotdi.Qo‘qon  pedagogika  bilim 
yurtini  muvaffaqiyatli  tamomlagan  X.To‘xtaboyev  ona  qishlog‘ida  muallimlik  qilar 
ekan,  unda  ilmga  cheksiz  ishtiyoq  uyg‘onadi.  Shuning  uchun  ham  u  o‘qituvchilikni 
tashlab,  Toshkent  davlat  dorilfununiga  o‘qishga  kiradi.  Bu  yerda  Alisher  Navoiy, 
Bobur, G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor asarlarini sevib o‘qidi, o‘rgandi. 
Universitetni  tugatib,  Bog‘dod  tumanida  o‘qituvchilik  qildi.  Ilmiy  bo‘lim  mudiri, 
direktorlik lavozimlarida ishlab,  ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat ko‘rsatdi. She’riy 
mashqlari  vaqtli  matbuot  sahifalarida  e’lon  qilina  boshladi.  Bu  esa  bo‘lajak  adibni 
markazga  –Toshkentga  ijodiy  ish  bilan  jiddiy  shug‘ullanishga  chorlar  edi.  Shunday 
ham  bo‘ldi.  U  1958-  yilda  Toshkentga  ko‘chib  keldi.  “Toshkent  haqiqati”  gazetasida 


232 
 
ishlay  boshladi.  X.To‘xtaboyev  bolalikdan  to‘g‘ri  so‘z,  halol,  рок  va  mehnatsevar 
bo‘lib  o‘sganligi  uchun,  gazetada  ishlar  ekan,  ba’zi  noрок  odamlarni  ko‘rib, 
ularning  qilmishlarini  hazm  qila  olmadi.  Bunday  kishilarning  sir-asrorlarini  fosh 
etishga,  el-yurt  o‘rtasida  munofiqlarning  yaramas  tomonlarini  ochib  tashlashga 
qaror qildi. 
        Bu borada unga feleton janri qo‘l keldi. 1962- yilda respublikamizning otaxon 
gazetasi    –  “O‘zbekiston ovozi”ga    feletonchi  bo‘lib  ishga  o‘tadi  va  300  dan  ziyod 
feleton yozishga erishadi. 
Bu  orada  X.  To‘xtaboyev  bolalar  uchun  ham  hikoyalar  yarata  boshlaydi. 
Uning  “Birinchi  daraxtim”,  “Qochoqlar”,  “Qizg‘anchiq”,  “Dadajon,  yozmang”, 
“Kelvordim, dada”, “Vali bilan Salim”, “Shoshqaloq”, “Yaxshi-yaxshi” singari o‘nlab 
hikoyalari  yosh  kitobxonlarda  katta  qiziqish  uyg‘otdi.  X.To‘xtaboyev  uzoq  yillar 
feletonchi  bo‘lib  ishlab,  kishilarning  yurak  dardini,  hasratini  qunt  bilan  o‘rgandi. 
Bunday  shikoyatlarga  sabab  bo‘layotgan  shaxslarning  xatti-harakatlarini  mufassal  bilib 
olishga intiladi. Davrdan orqada qolgan, sarqit deb atalgan illatlar botqog‘iga botgan, 
molu  dunyoga  hirs  qo‘ygan  shaxslar  haqida  bir  talay  feletonlar  yozar  ekan, 
keyinchalik  “Sariq  devni  minib”,  “Sariq  devning  o‘limi”  asarlari  ana  shu 
dalillarni umumlashtirish asosida yuzaga keldi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. 
Xudoyberdi  To‘xtaboyevning  birinchi  yumoristik-sarguzasht  qissasi  bolalar 
hayotidan  olingan  “Sehrli  qalpoqcha”dir.  U  tez  orada  o‘quvchilar  hurmatiga  sazovor 
bo‘ldi. Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara  olish 
iste’dodi  bunda yorqin seziladi. 
Adib  “Sariq  devni  minib”  asarini  qiziqarli  sujet  asosiga  quradi:  asarning 
hikoyachisi  –  bayonchisi  qilib  undagi  barcha  voqealarning  ishtirokchisi,  guvohi 
bo‘lmish  Hoshimjonni  qo‘yadi,  tilga  olinadigan  voqealar  uning  nomidan  hikoya 
qilinadi. Yozuvchi Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot  yo‘li  sarguzashtlarini, 
o‘ziga  xos  xarakteri  va  psixologiyasini  atroflicha  ochib  beradi.  Shuningdek, 
Hoshimjon  xarakterida  Xo‘ja  Nasriddinning  va  xalq  ertaklaridagi  “tegirmonga 
tushsa butun chiqadigan” zukko bolalarning  fazilatlari yaqqol mujassamlashganini 
ko‘rish  mumkin.  “Sariq  devni  minib”da  o‘qish,  ilm  cho‘qqilarini  egallash  va 
insonning  o‘z  orzusi,  ezgu  niyatiga  erishish  uchun  barcha  imkoniyatlarni  yaratib 
bergan,  zamonamizda  yashashiga  qaramay,  dangasalik,  yalqovlik  qilgan,  hayotda 
yengil-yelpi yashashga yo‘l axtargan va adashgan bolalar – hoshimjonlar kulgi ostiga 
olinadi: Hoshimjon dehqon oilasidan chiqqan, sho‘xligi olamni buzadigan bir bola. U 
hayotdagi ko‘p narsaga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz oson yo‘l bilan erishgisi keladi. 
Mehnatsiz  va  ilmsiz  ham  kishi  istagan  narsaga  erisha  olishi,  katta  obro‘  orttirishi 
mumkin,  deb  o‘ylaydi.  O‘z  fikrida  qat’iy  turgan  Hoshimjon  muddaosini  amalga 
oshirish  uchun  buvisi  aytib  bergan  ertakdagi  sehrli  qalpoqchani  izlashga  tushadi, 
uzoq  izlanishlardan  keyin  istagan  ishini  hech  qanday  mashaqqatsiz  bajarishga  yordam 
beradigan  sehrli  qalpoqchani  tashlandiq  molxona  oxuridan  topib  oladi.  Endi  u  o‘zini 
orzulariga  batamom  erishadiganday  his  etadi,  “Ortiqcha”  fanlarni  dars  jadvalidan 
chiqarishni  rad  etgan  direktor,  har  xil  vazifalar  berib  “miyasini  qotiradigan” 
o‘qituvchilariga  o‘qimasdan  ham  xohlagan  kasb  egasi,  mashhur  odam  bo‘la  olish, 
ko‘krak to‘la nishonlar bilan shon-shuhrat, katta obro‘ga ega bo‘lish mumkinligini 


233 
 
ko‘rsatib  qo‘ymoqchi  bo‘ladi;    shu  maqsadda  sehrli  qalpoqcha  bilan  safarga 
chiqadi.  Nihoyat,  uning  sarguzashtlari  boshlanadi.  Ammo,  sehrli  qalpoqcha 
muhayyo  etgan  imkoniyatlar  har  safar  kutilmagan  ko‘ngilsiz  oqibatlarga  olib 
kelaveradi. Hoshimjonning baxti endi kulay deb turganida ishning pachavasi chiqib 
qolaveradi.  U  davlat  xo‘jaligida  agronom  bo‘lib  ham,  “shoirlik  qilib”  ham, 
qurilishda  muhandislik  qilib  ham,  qo‘g‘irchoq  teatrida  artistlik  qilib  ham  ko‘radi, 
mashhur  sayohatchi  sifatida  butun  dunyoni  kezmoqchi  ham  bo‘ladi.  Lekin  hamma 
yerda  ilmining,  tajribasining  yo‘qligi  ishning  pachavasini  chiqaraveradi.  Hoshimjon 
qayerga bormasin, qanday ish qilmasin, pirovardida sharmanda-yu sharmisor bo‘ladi. 
Uning  agronomlik  va  muhandislik  “faoliyati”  jinoyatga  olib  keladi,  qamalishiga  sal 
qoladi,  shoir  bo‘laman  deb  rasvo  bo‘ladi,  “ulug‘  artist”  teatrdan  quviladi.  Qissada 
Hoshimjon o‘z sayohati davomida qanchadan-qancha ajoyibotlarning guvohi bo‘lib, qiziq, 
kulgili  sarguzashtlarni  boshidan  kechiradi.  U  o‘qimay,  mehnat  qilmay,  o‘z  ustida 
ishlamay juda ko‘p narsalarga erishmoqchi bo‘lib, lekin amalda u hech narsaga erisha 
olmaydi.  Chunki  unga  ilmsizligi  pand  beradi.  Yozuvchi  Hoshimjon  obrazini  butun 
qirralari  bilan  ochishga  erishgan.  Bolalarga  xos  o‘yinqaroqlik  ham,  soddalik, 
beg‘uborlik  ham,  g‘ururlilik,  to‘g‘ri  so‘zlik,  shumlik  bir  oz  maqtanchoqlik,  hatto 
o‘rnida  yolg‘onni  do‘ndirib  yuboradigan  ham,  o‘zini  boshqalardan  ajratib 
ko‘rsatishga  intilish  odatlari,  bolalarga  taqlidchilik,  dovyurak,  epchil  va  ruhiy  
tetiklik,  xafachilik  va  tushkunlikdan  yiroqlik  ham  Hoshimjon  xarakteriga  xos 
xususiyatlardan. 
X.  To‘xtaboyevning  “Sariq  devning  o‘limi”  sarguzasht  romani  asosida  ham 
Hoshimjon  sarguzashtlari  yotadi.  Bu  romanda  ham  sehrli  qalpoqcha  yana  madadga 
keladi, ajoyib-g‘aroyib karomatlar ko‘rsatadi. U Hoshimjonga jiddiy masalalarda – 
o‘g‘ri, muttaham,  tekinxo‘rlarni fosh etishda yordam beradi. Endilikda Hoshimjon 
aynan  avvalgi  o‘yinqaroq  Hoshimjon  emas,  balki  to‘qqiz  yillik  maktabni  bitirib, 
ulg‘ayib, birmuncha quyulib, esi kirib, oq-qorani tanib qolgan yigitcha.  Endi u o‘z 
hayoti,  taqdiri,  jamiyatga  foyda  yetkazadigan  odam  bo‘lib  yetishi  haqida  jiddiy 
o‘ylaydi, biror kasb egallash haqida bosh qotiradi. Boshida sartarosh bo‘ladi. “Bilasizku, 
bir ishga ahd qilsam, uni oxiriga  yetkazmaguncha qo‘ymaydigan  odatim bor.   Jonimni 
qiynab  bo‘lsa  ham  maqsadimga  erishaman”,  deb  shu  kasb  orqali  odamlarga  xizmat 
qilishga bel bog‘laydi. Keyin militsiya maktabiga kirib o‘qiydi, uni bitirgandan so‘ng 
militsionerlikka  ishga  o‘tadi.  Kitobdagi  barcha  voqea-hodisalar,  sarguzashtlar 
Hoshimjonning  ana  shu  militsionerlik  nuqtasidan  boshlanadi,  barcha  gap-so‘zlar 
qahramonning  shu  kasb-kori  bilan  bog‘liq  holda  davom  etadi.  Romanda  yaxshilik, 
ezgulik  ramzi  sifatida  militsiya  polkovnigi  Salimjon,  uning  madadkori  Hoshimjon, 
yomonlik,  eskilik  ramzi  tarzida  Odil  battol  gavdalanadi.  Ular  o‘rtasida  tinimsiz 
shiddatli  kurash  ketadi.  Odil  nihoyatda  makkor,  u  Salimjon  boshiga  juda  ko‘p  og‘ir 
savdolar  solgan,  uyiga  o‘t  qo‘ygan,  uning  yakka-yu  yolg‘iz  farzandining  qo‘liga 
to‘pponcha  tutqazgan,  jinoyatga  yetaklagan.  Asar  pirovardida  butun  umri  davomida 
xalqqa,  yaxshi  odamlarga  zarar  yetkazish  bilan  shug‘ullangan  Odil  battol  va  uning 
hamtovoqlari  qonuniy  mag‘lubiyatga  uchraydi,  haqiqat,  adolat,  ezgulik  g‘olib 
chiqadi.  Xudoyberdi  To‘xtaboyev  o‘z  romanida  yulg‘ichlarga,  qalloblarga  qarshi 
kurashda  butun  xalq  bir  kishiday  bo‘lib  birlashsa,  bu  ishni  butunlay  o‘z  qo‘liga 


234 
 
olsa,  Odil  battollarga  qiron  keladi,  ulardan  nom-nishon  ham  qolmaydi,  degan 
fikrni o‘rtaga tashlaydi. 
“Qasoskorning oltin boshi” romani markazida esa bosh qahramon – tarixiy shaxs, 
xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi. Ammo bu asar tarixiy-biografik roman emas, 
shuning  uchun  ham  muallif  Namozning  hayotini  batafsil  yoritib  berishni  maqsad 
qilib  olgan  emas.  Shunday  bo‘lsa-da,  adib  o‘rni-o‘rni  bilan  uning  hayotiga  doir 
ma’lumotlar  berib  borgan.  Namoz  faqat  jismonan  emas,  aqlan  ham  yetuk.  U  haqiqat 
uchun qasoskor, qo‘rqmas, tadbirkor, ochiq ko‘ngilli qahramon sifatida gavdalantirilgan. U 
atrofiga  o‘zi  kabi  dovyurak  yigitlarni  to‘plab,  zulmkorlarga  qarshi  kurashga  undaydi. 
Halolligi,  mardligi,  adolatliligi,  yetimparvarligi  uchun  xalq Namozni  yaxshi  ko‘radi 
va uni Go‘ro‘g‘liga qiyos qiladi. “Go‘ro‘g‘libek Namozboy qiyofasida paydo bo‘lgan 
emish. Afsun o‘qisa, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qolarmish, undan o‘q o‘tmas emish, qilich 
chopmas emish...” 
Namozning  mardligi,  jasorati  xalq  qalbida  mangu  yashab  kelayotganligi 
“Qasoskorning oltin boshi”da yaxshi chizib berilgan. 
Talantli  bolalar  adibi  Xudoyberdi  To‘xtaboyevning  “Sir  ochildi”,  “Акa-uka 
Omonboy  bilan  Davronboyning  qishloqqa  gaz  olib  kelganlari  haqida  qissa”,  “Besh 
bolali  yigitcha”,  “Shirin  qovunlar  mamlakatida  yoki  sehrgarlar  jangi”,  “Mungli 
ko‘zlar”,  “Jannati  odamlar”  kabi  yirik  asarlarining  vujudga  kelishi  o‘zbek  bolalar 
adabiyotining  yutug‘i  hisoblanadi.  U  bolalar  uchun  yanada  o‘qimishli  asarlar 
yaratish  maqsadida  tinimsiz  izlanmoqda.  O‘zbek  xalq  yozuvchisi,  bolalarning 
sevimli  adibi  X.  To‘xtaboyevning  asarlari  nafaqat  respublikamizda,  balki  chet 
ellarda ham ma’lum va mashhurdir. 
“Sariq  devni  minib”  asarimning  jahon  tillariga  tarjima  qilinishiga  sabab  – 
1971-yili  Italiyaning  Rim  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  jahon  bolalar  yozuvchilarining 
kengashida J.Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplaridir. 
Xo‘sh, adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada? 
        Nima uchun roman aynan shunday nomlangan? 
Shu  o‘rinda,    avvalo,  “Sariq  dev”    iborasining  majoziy  ma’nosini  ifodalash  joiz. 
Nima  uchun  aynan  “sariq”,  qora  yoki  oq  emas?  Ma’lumki,  sariq  –  nafs,  olov 
ma’nolarini bildiradi. Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, 
ya’ni nafs bandalari  “Nafsi olovlar” deb ham ataladi. Darhaqiqat, kimki nafsini tiya 
olmas ekan, bir kunmas bir kun, nafs olovida kuyib kul bo’ladi. Olov esa, tabiiyki, 
sariq rangdadir. 
        Ibora  tarkibidagi  “dev”  afsonaviy  yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon 
qilinishicha,  yovuz  dev  komiga  tushgan  har  qanday  jonzot  hech  qachon  tirik 
qolmagan. Asar qahramoni  Hoshimjon ham o‘z nafsiga anchagina erk beradi: Nafs 
deviga minib yo‘lga tushadi. Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan 
sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha o‘y-fikrlar orqali hikoya qilinadi. Hoshimjonning 
gap-so‘zlari  va  xatti-harakatida  bolalarcha  tafakkur  tarzining  saqlanishi  asar 
sujetining  yutug‘ini  ta’minlashga  xizmat  qilgan.  Romanning  keng  kitobxonlar 
ommasiga  manzurligining  bosh  sabablaridan  yana  biri  –sehrli  qalpoqchaning 
ishtirokidir.  Hoshimjon  aynan  sehrli  qalpoqcha  vositasida  bir-biridan  ajoyib  va 
g‘aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi. 


235 
 
X.To‘xtaboyev  qahramonlarining  har biri  o‘ziga xos  qiyofa  va  gapirish  tarziga 
ega  bo‘lsa-da,  ularni  adib  asarlaridan  asarlariga  sayqal  topib  kelgan  quvnoq  va 
hayotbaxsh  yumor  birlashtirib  turganini  ilg‘ash  qiyin  emas.  “Rostini  aytsam,  – 
deydi  Hoshimjon,  –  o‘zim  ham  unchalik  yomon  bola  emasman.  Aqlu  hushim 
joyida,  odobim  ham  chakki  emas,  oltinchi  sinfning  intizomli  o‘quvchilaridanman. 
Bir  xil,  haligi  sho‘x  bolalarga  o‘xshab,  kun  bo‘yi  ko‘cha  changitib  yurmayman. 
Yashirib nima qilaman, k’ocha changitib yurgandan k’ora komandaga bo‘linib olib, 
to‘p  tepgan  yoki  xoliroq  joyga,  masalan,  oying  harchand  chaqirsa  ham  ovozi 
yetmaydigan joyga borib olib, chillak o‘ynagan ming marta yaxshi”. 
“Xudoyberdi  To‘xtaboyev  ijod  qila  boshlaganidan  beri,–  deb  yozadi 
A.Rasulov,–  zamon,  tuzum,  mafkura,  adabiy-estetik  qarash  o`zgardi.  Lekin 
yozuvchi  salkam  ellik  yillik  ijodi  davomida  qanday  roman,  qissa  yozgan  bo‘lsa, 
ularga  bo`lgan  qiziqish  susaymadi.  Chunki  yozuvchi  hamisha  tirik  insonni,  o‘z 
“men”i,  yo‘l-yo‘siniga  ega  odamni  tasvirlagan  edi.”  Darhaqiqat,  olim  to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek, X.To‘xtaboyev “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati”, 
“Mungli  ko‘zlar”  asarlari  orqali  XX  asrning 2-yarmidagi  ijtimoiy,  ma’naviy-ruhiy 
hayotining badiiy tarixini ishonarli ochib bergan. Zafarning (“Mungli ko`zlar”) ota-
onasi pul, oltin yig‘adi. Ular boyiganlari sayin o‘zlarini boshqara olmay qoladilar. 
Topilgan  pullar  oilaga  kulfat,  baxtsizlik,  fojea  olib  keladi.  Yoqutxon,  Saidlarning 
pul-boyliklari    do‘st-dushmanni  tanib  olishda  o‘ziga  xos  vosita  vazifasini  o‘tagan. 
Oila  boshiga  tushgan  tashvishlar  farzandlar  ruhiyatiga  keskin  zarba  beradi.  Katta 
o‘g‘li  nogiron  Akbarjon  dang‘illama  hovliga  qo‘shib,  o‘ziga  o‘t  qo‘yib  yuboradi, 
Zufar  avtohalokatga  uchraydi,  Zafar  ota-onasining  sadoqatsiz  do‘stlaridan  o‘ch 
olish  maqsadida  jinoyat  yo‘liga  kiradi,  Nigora  esa  qattiq  iztirobdan  teri  kasaliga 
chalinadi.  Umuman,  asarni  ko‘zda  yosh  bilan  o‘qigan  kitobxon  mol-dunyoni  har 
narsadan  ustun  bilgan  va  oxir-oqibatda  guldek  farzandlarning  achchiq  qismatiga 
sabab bo‘lgan ota-onalarga achinishi, shubhasiz. 
 “Xudoyberdi To`xtaboyev ijodida Zafarlar yangi, avval ko‘zga tashlanmagan 
qahramonlar”,– deb yozadi A.Rasulov. Olim yozuvchining boshqa asarlaridagi Orif 
(“Besh bolali yigitcha”),  Hoshim (“Sariq devni minib”), Akrom (“Shirin qovunlar 
mamlakati”) kabi qahramonlar bilan  Zafar, Zufarlarni taqqoslab, “Mungli ko‘zlar” 
romani  qahramonlari  katta  shaharda,  dang‘illama  koshonada  yashashlari,  ular  boy 
ota-onaning farzandlari ekanini ta’kidlaydi.   Chindan ham to‘g‘ri ta’kidlanganidek, 
yozuvchi  bir  koshona  tanazzulini  ochib  beradi:  otning  o‘limi  –  itning  bayrami 
degandek, Yoqutxon ko‘zining yog‘ini yegan kazo-kazo ulfatlari ro‘y-rost tubanlik, 
talovchilik, muttahamlik qila boshlaydilar. Qo‘mondon xola “Volga”ni  ilib ketadi, 
Qozi  xola  tilla  taqinchoqlarni  o‘maradi;  ular  olgan  narsalaridan  tonadilar. 
Yoxutxonni  ayblab,  Zafarni  jinniga  chiqarib  qo‘yadilar…  Bir  oilaning  tag-tomiri 
bilan yemirilishi sabablari asar konsepsiyasini belgilaydi.  
“Mungli ko‘zlar” asari qahramonlariga, chunonchi, Yoqutxon, Said Karimov, 
Qozi  xola,  Qo‘mondon  xola,  Shahodat  amma  singarilarga  insof,  diyonat,  qanoat 
yetishmasligi  haqiqat.  Sho‘ro  hukumati  ilk  qadamidanoq  xalqning  e’tiqodiga, 
qadriyatlariga  qarshi  murosasiz  kurash  boshlagan.  Natijada,  minglab  oilalar 
e’tiqodidan,  ma’naviyatdan,  komillikdan  mahrum  yashaganlari  ham  achchiq 


236 
 
haqiqatdir.  Zotan,  Yoqutxon  va  Said  oilasini  qanoatsizlik,  gunohdan  qo‘rqmaslik 
yemirgani rost.  Zafaru  Zufarlar sirtdan tomosha qilguday bashang, kelishgan bo`z 
bolalar edilar. Ammo ularning qalbi, ma’naviyati o‘ta qashshoq edi. 
Xudoyberdi  To‘xtaboyevda  yozuvchilikka  ishtiyoq  uyg‘otgan,  qobiliyatining 
shakllanishida muhim rol o‘ynagan, asarlariga qaytarilmas rang va jilo bergan narsa 
hayot, vaqtli matbuot, redaksiyalardagi qaynoq ijodiy muhit, shu bilan birga  qunt, 
chidam bilan o‘qish, o‘rganish, o‘z ustida ishlash bo‘lganiga shubha yo‘q. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish