O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

 
 
 
 
 
 
Safar Barnoyev 
– bolalar shoiri va nosiri 
 
 


244 
 
 
 
U  jurnalistika  fakultetida  o‘q`iy  boshlagan  kezlarida  shu  haqiqatni  anglab 
yetdiki,  bolalar  uchun  yozmaslik  “dadajoni  janggohlarga  olib  ketgan  bolaligi”ga 
xiyonatdir.  U  yana  shuni  ham  anglab  yetdiki,  bunday  xiyonatning  oqibati  behad 
og‘ir.  Shundanmikan,  butun  ijodida  ikkinchi  jahon  urushi  davridagi  bolalikni 
ketidan  qayta  tiklash  va  undan  axloqiy-estetik  saboq  chiqarishni  yetakchi  tamoyil 
qilib oldi. 
Safar  Barnoyev  o‘zbek  bolalar  adabiyotining  Zafar  Diyor,  Sulton  Jo‘ra, 
Quddus  Muhammadiy,  Shukur  Sa’dulla,  Hakim  Nazir,  Mirkarim  Osim,  Qudrat 
Hikmat va Po‘lat Mo‘min singari namoyandalari, shuningdek, jahon xalqlari bolalar 


245 
 
adabiyotining  zabardast  vakillari  ijodini  qunt  bilan  o‘rgandi,  xususan,  xalq 
ijodiyotiga,  bolalar  folkloriga  hayratlanib  nazar  soldi.  U  iste’dodini  bolalar 
adabiyotining  betakror  namoyondalaridan  biri  Sulton  Jo‘raning  adabiy  vorisi 
sifatida bo‘y ko‘rsata oldi. 
Ya’ni, Sulton Jo‘ra ikkinchi jahon urushida bevosita qatnashib, uning bolalar 
qismatiga  ko‘rsatgan  fojeali  ta’sirini  ifodalab,  o‘zbek  bolalar  she’riyatida  shu 
mavzuni  yuksak  sa’natkorlik  bilan  ifodalovchi  “Sog‘inib”,  “Sog‘inchli  salom” 
singari go‘zal epistolyar she’rlar yaratib q’oldirgan sa’natkor edi. U jangchi sifatida 
urush  dahshatini o‘z  tanasida  sinagan.  Safar  Barnoyev  esa  bola  sifatida  urushning 
barcha kulfatlarini  ko‘rdi,  otasini  yulib  olib,  uni  yetim  qilgan  urush haqida, o‘zga 
xonadonlarga qora xatlar kelganida ko‘kka  o‘rlagan faryodlarni eshitib o‘shandagi 
iztirobli yig‘ilardan q’albi ozurda bo‘lib: 
Iztirobli yig‘idan 
Uyg‘ondi tor ko‘chamiz 
Qora xatday qorayib 
Ketdi bizning kechamiz,– 
deya  o‘sha ma’shum kunlarga nazar sola olgandi. 
Zotan,  urush  mavzusida  Sulton  Jo‘ra  she’rlari  tugagan  joyda,  urush  haqidagi 
bolalik xotirasi bilan  Safar  Barnoyev  bo‘y  ko‘rsata boshladi. Urush  uning qalbida 
bitmas-tuganmas alam va jarohat qoldirgan. Shoirning “Non”, “Nur yog‘ilgan kun” 
hikoyalari, “Oq laylaklar” qissasi, yoxud, afg‘on bolalari turmushiga bag‘ishlangan 
hikoyalarida urush xotiroti asosida bolalik qismatiga nazar solinadi. 
Safar Barnoyev asarlarida moziy bilan bo‘y o‘lchashgan Buxoroyi sharifning 
bolalarga  xos  tasavvuridagi  suvratini  ko‘rish  mumkin.  Muhimi,  shoir  she’rlarida 
jajji bolakaylar timsoli yarq etib ko‘zga tashlanib turadi. 
Bilasizmi, dadam meni erkatoyim deydilar, 
Yozda bayram bo‘lganida toychoq olib berdilar. 
Bilasizmi, oyim meni yurardilar o‘ynatib, 
Tili shirin o‘g‘lim deya, yurardilar so‘ylatib. 
Qo‘ldan-qo‘lga olib uni ko‘tarishib yurishar. 
15  hijoli  satr  negizidagi  bu  she’rdagi  poetik  nutq  vositasida  maktabgacha 
yoshdagi  kichkintoylarga  xos  hayajon  tovlanishlarini  g‘oyat  jozibali  ohanglarda 
ifoda  etilgani  anglashiladi.  O‘zi  hali  kichkina  bo‘lgan  lirik  qahramon  o‘rnini 
egallayotgan  ukajonidan  kuyayotganini  yopish  uchun  “yig‘lashni  qo‘ymayotgani, 
dadasi  uxlayolmayotganligi”ni  vaj  ko‘rsatib,  o‘z  haqiqatini  himoya  qilayotir. 
Fe’lida yilt etgan shu qarama-qarshi mayllar asosida zuvalasi bichilayotir. Bolaning 
shakllanishidan iborat murakkab jarayon bor bo‘yicha shunday ko‘rinib turibdi. 
Safar  Barnoyev  buni  bola  nutqidagi  takrorlar  bilan  yanada  jonliroq  qilib  aks 
ettirgan.  Garchi  bu  yoshdagi  kichkintoylar  uchun  3-7  va  8-9  hijoli  tizimdan  iborat 
she’rlar yozish an’anaga aylangan bo‘lsa-da, Safar Barnoyev bu yoshdagilar uchun 
bolalar  nutqiga  xos  ohang  tovlanishlarini  asos  qilib,  behad  samimiy  va  ravon 
she’rlar yoza olgan: 
Mehmon kelsa uyimizga, menga bayram bo‘ladi, 
Shokolad-u konfetlarga cho‘ntaklarim to‘ladi. 


246 
 
Boshqa paytlar konfet desam, oyim berar urishib, 
“Konfet yesang, labi-lunjing ketar deya burishib”. 
15 hijoli bu satrlar kichkintoyning poetik nutq’i. 14 hijoli tizimga asoslangan 
“Feruza”  she’ri  aslida  kattalar  erkalamasi.  Unda  Feruzaxonni  kuta-kuta  intiq 
bo‘lgan,  nihoyat  uning  kelganidan  qalbi  quvonchga  to‘lgan  lirik  qahramonning 
farahbaxsh  qiyofasi  tiniq  chizilgan.  Bunda  anafora  san’ati  ohang  samimiyatini 
ta’minlagan: 
Feruza quyosh bilan tongda turar jilmayib, 
Feruza quyosh bilan tongda kular jilmayib. 
Feruza kulsa agar, olam yayrab ketadi, 
Feruza kulsa agar, qushlar sayrab ketadi, 
Feruza kulgisidan har uyga kelar sevinch, 
Feruza kulsa agar, demak olam bo‘lar tinch. 
Shoir  “Mening tarjimayi holim” she’rida  quyidagi satrlarni bitgan: 
Qaysi kun, 
Qaysi yilda tug‘ilganimni, 
Taxminan 
Bitib bergan sho‘ro kotibi, 
Necha bor daraxtdan yiqilganimni 
Hamon aytib yurar qo‘shnimiz xotini. 
Tut pishig‘ida tug‘ilgansan deb, 
Onam aytganlar, 
Pishiqchilikda... 
Safar Barnoyev – Buxoro yurtining farzandi. Uning bolaligi shu qadim shahar 
ko‘chalarida o‘tgan. Labihovuz, Registon, moviy gumbazlar, Minorayi kalon, hatto 
unda  in  qo‘ygan  oq  laylaklar...  Bularning  barchasi  adib  ijodiga  umr  bo‘yi  ilhom 
baxsh  etib  keldi.  Yana  sharif  shahar  jinko‘chalari,  muhtasham  yodgorliklar-u 
zalvorli toshdevorlar ijodkor  armonlarining tilsiz guvohi... 
Safar Barnoyev ijodiga o‘zbek bolalar adabiyotining rang-barang muammolari, 
chunonchi,  bolalar  taqdirida  o‘chmas  iz  qoldirgan  urush  dahshatlari  aks  etgan. 
“Chehralar”  to‘plamidagi  she’rlar  va  balladalarning,  “Afg‘on  hikoyalari” 
turkumidagi  asarlarning  asosiy  qismi  ushbu  mavzuni  badiiy  yoritishga 
bag‘ishlangan. 
“Qirq  yettinchi  yil  hikoyalari”  deb  nomlangan  turkumga  kirgan  asarlarida 
butun  bir  avlodning  urush  tugagan  pallalarda  voyaga  yetgan,  oq-qorani  tushuna 
boshlagan,  ko‘ngli  bir  umr  yarim  bo‘lib  qolgan  bolalar  avlodining  qiyofasi  aks 
etgan. Ota diydoriga to‘ymagan bu avlodning bir vakili sifatida Safar Barnoev “Ota 
o‘g‘li”,  “Dadamning  qo‘llari”,  “Dadam  haqida  qo‘shiq”  asarlarida  o‘sha  davr 
bolalarining armonlarini tasvirlagan. 
Safar  Barnoyev  asarlarida  fikriy  tarbiya  tasvir  va  talqin,  tushunish  va 
tushuntirish,  hissiy  idrok  va  badiiy  ifoda  vositasida  amalga  oshiriladi.  Shuning 
uchun  hatto  aksariyat  she’rlari  sujetli-voqeaband.  Ko‘rgan,  bilgan,  his  qilgan 
narsalarni  voqealar  jarayoni  ila  yaxlit  bir  butunlikda  ko‘rsatishga  mayli  kuchli. 
She’rlar xotimasidagi poetik obraz zimmasiga yuklangan ma’no ana shu mohiyatni, 


247 
 
hikmatli  mazmunni  aks  ettiradi.  Shoirning  “Sirli  sado”  she’ri  bunga  dalil  bo‘la 
oladi: 
Amakimning yo‘qdir ikki 
Oyog‘i. 
Oyoqlari – uning qo‘ltiq 
Tayog‘i. 
Qo‘ltiq tayoq ingrab borar, 
“To‘-o‘q, to‘-o‘q”. 
Bu degani urushga yo‘l- 
Yo‘-o‘q, yo‘-o‘q! 
Inson – hayot guli. Voqelikdagi xunuklik ko‘rinishlarini bartaraf etilgani sayin 
hayot  ham,  tiriklik  ham  yanada  chiroyli  bo‘la  boradi.  Safar  Barnoyev  asarlaridagi 
tarbiyaviy  jihatlar  xilma-xil.  Ijodkorning  “Urush  bolalari”,  “Tunda  osoyishtalik 
cho‘kkanida  borliqqa”,  “Jabbor  otaning  aytganlari”,  “Uka,  men  senga  aytsam”, 
“O‘ttiz  yoshlilar”,  “Mening  o‘z  burchim  bor”,  “Bobomning  qo‘llari”,  “Otamning 
o‘rtoqlari”  singari  qator she’rlari va  inson  taqdiri  masalasini poetik  tadqiq  etishda 
o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Ularda, avvalo, qalbning iztirobli tajribalari – dardlari 
muhrlangan; u aynan shu avlodning qalbidan silqib oqqan, ko‘z qorachig‘ida tugilib 
qolgan dard. 
“Bolalar  xulosalarni,  isbot-dalillarini  va  mantiqiy  tafsilotlarni  talab 
qilishmaydi, – deydi V.G.Belinskiy, – ularga obrazlar, bo‘yoqlar va ohanglar kerak. 
Bolalar g‘oyalarni unchalik xush ko‘rmaydi; ularga sarguzashtlar, qisqa-qisqa tarix 
saboqlari,  qissalar,  ertaklar,  hikoyalar  kerak.  Obrazlar  bilan  so‘zlash  uchun  shoir 
bo‘lmasa-da, jilla qursa jonli, ziyrak va quvnoq fantaziyaga ega bo‘lgan hikoyachi 
bo‘lish  lozim.  Bolalar  bilan  obrazlar  vositasida  so‘zlashish  uchun  bolalarni  bilish 
kerak, shoirning o‘zi, katta yoshli bola bo‘lishi lozim. Ya’ni, oq ko‘ngil, soddadil,  
go‘dak tabiatli  bo‘lib tug‘ilishi zarur ". 
Zotan,  S.Barnoyev  “Uchburchak  maktublar”,  “Jabbor  otaning  aytganlari”, 
“Bobomning  qo‘llari”,  “O‘ttiz  yoshlilar”  singari  she’rlarida  bolalar  bilan  ana 
shunday  jonli,  obrazli  tilda  so‘zlashadi.  O‘quvchi  xotirasida  uzoq  saqlanib 
qoladigan tiniq manzaralar chizadi. 
Shoirning  aksariyat  she’rlarida  urush  va  inson  taqdiri  masalasini  turli  xil 
qirralardan o‘ziga xos yo‘sinda yoritishga mayl kuchli. “Jabbor otaning aytganlari” 
she’rida  urishda  bedarak  yo‘qolgan  o‘g‘lini  hamon  intiq  kutayotgan,  o‘z  mehriga 
o‘zi  isinib  yashayotgan  yetim  mo‘ysafidning  (“Men  deyman:–  Juda  yomon  otalar 
yetim  qolsa”)  armonli  hasratini  eshitamiz.  “Uka  men  senga  aytsam”  asarida  esa 
urushda  ko‘plab  jarohat  orttirgan,  hozirgi  kunda  ham  ba’zi  olchoq  va 
“qochoqlar"dan  yuragidagi  jarohati  kuchaygan  jangchi  o‘z  ko‘nglini  bo‘shatadi. 
“Otamning  o‘rtoqlari”da  oltmishning  teng  yarmida  ota  degan  nomga  ega  bo‘lgan 
lirik qahramonni keksa jangchilar g‘oyat izzat qilishadi (“Otam o‘rnida ko‘rib, ular 
meni  sizlashar”),  ularning  borligidan  lirik  qahramon  ham  cheksiz  faxrlanadi.  Ular 
yurtga  jon  fido  qilishgan,  bugun  hamon  hayot  jabhasining  oldingi  safida.  Shu 
boisdan  ham  otasining  o‘rtoqlari  oltmishdan  oshib  qolsa-da,  belidagi  belbog‘lari 
unga  jangchining  kamarini  eslatadi.  “Qo‘shni  kampir  iltijolari”  she’rida  esa  uch 


248 
 
o‘g‘lini urushga jo‘natib, uchovidan ham qora xat olgan, yo‘liga qarayverib ko‘zlari 
to‘rt bo‘lgan mushtipar kampirning dil nolalari yuraklarni zirqiratadi. 
E’tiqod tuyg‘ulari, yaxshi xulq, yoki yaxshi odat malakalari inson bilan birga 
tug‘ilmaydi.  Ularni  jamiyat  va  odamlar  shaxs  tabiatida  tarbiyalab  kamolga 
yetkazadilar,  ya’ni,  ushbu  fazilatlarni  biz  hayotimiz  davomida  o‘qish,  o‘rganish, 
turli  xil  tarbiya  ko‘rinishlari  orqali  o‘z  shaxsimizda  shakllantirib  boramiz. 
Shaxsning ma’naviy saviyasini, intellektual darajasini voqelikning ijtimoiy-falsafiy 
asoslari  belgilab  beradi.  Safar  Barnoyev  she’rlarining  yoshlar  tarbiyasida  salmoqli 
o‘rni,  burchi-vazifasi  bor.  Bu  o‘ziga  xoslik  –  ota-bobolarning  ezgu  ishlariga 
sadoqatda  ko‘rinadi.  Bu  borada  shoirning  “Mening  o‘z  burchim  bor”  she’ri 
ibratlidir.  Unda  lirik  qahramon  ellar  –  elatlarga  ezgulik  urug‘ini  ekmoqlikni, 
yomonlarning  boshlarini  egmoqlikni,  go‘daklar  kulgisini,  Vatanning  sof  havosini 
asramoqlikni  o‘z  burchi,  deb  biladi.  Shu  boisdan  ham  “Agar  yaxshilik  deb 
kurashmasam, hech kimman”, – deya qat’iy ayta oladi. 
S.Barnoyev  asarlarida  ruhiy  holat  tahlili  yetakchi. Bu  avvalo, ijodkor bolaligi 
xotiralarining mustahkamligidir. “Menga qolsa, umr daftarini – bolalik daftari deb 
atardim,–  deydi  adib  “Beg`ubor  damlar”  maqolasida.  –  Chunki  bolalikda  ko‘rgan, 
bilganing,  eshitganing  bir  umr  senga  hamroh  bo‘ladi.  Ana  o‘shaning  zavqi  bilan 
yashaysan.  Har  bir  daqiqada  bola  bo‘lging  kelaveradi.  Bolalik  dunyosi  o‘ziga 
chorlab turadi. Bu dunyo qalbga muhrlanib qolgan. O‘tgan kunlarni eslash, bugungi 
kunlarning qadriga yetmoq kerak, degan gap-da”. 
Umuman,  Safar  Barnoyev  hikoyalaridagi  bosh  qahramonlar  kitobxon  bolalar 
qalbiga yaqin bo‘lib qoladi. Yozuvchi o‘tmishga aylangan urushni ko‘rsatish orqali 
bugungi  hayotimizning  naqadar  mashaqqat  va  yo‘qotishlar  evaziga,  ota-
bobolarimizning 
mislsiz 
qahramonliklari 
va 
mardliklari 
hisobiga 
yaratilayotganligini  ta’kidlaydi.  Maqsad  esa  bolalarni  Vatanni  sevishga,  uni 
asrashga undashdir, o‘tmishni bilmasdan turib, bugungi va ertangi kunning qadriga 
yetib bo‘lmasligini uqtirishdir. 
Binobarin, Safar Barnoyev yigirmaga yaq’in she’riy va nasriy kitoblarini bitib, 
o‘zbek bolalar she’riyati va nasrini goho hazin, goho quvnoq ruhiyatga sug‘orilgan 
she’rlar-u,  hayajonbaxsh  adabiy  ertaklar,  xilma-xil  mavzulardagi  hikoyalar-u 
qissalari  bilan  boyitdi.  U  istiqlol  tufayli  mamlakatimizda  bolalikka  munosabatning 
tubdan  qayta  qurilayotganiga  teranroq  razm  sola  boshlagan  edi.  Bu  hol  uning 
ijodida  bolalik  muammolaridan  bahs  etuvchi  publitsistikaning  faollashuviga  yo‘l 
ochdi. Zotan, uning qator dolzarb publitsistik maqola va ocherklari yuzaga keldiki, 
bular  XX  asrning  so‘nggi  choragidagi  o‘zbek  bolalar  publitsistikasi  qiyofasini 
belgilashda  alohida ahamiyat kasb etadi. 
 
 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish