O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Sharl  Perro 
(1625  –  1703)  yozgan  bo‘lsa-da, 
uning  muallifi  P.Dermenkur  deb  hisoblanardi.  Ko‘p  kitoblar  muallifi  Sharl  Perro 
ismi  sharifini  “jiddiy  bo‘lmagan”  ertaklar  ostiga  qo‘yishni  o‘ziga  lozim  ko‘rmay, 
uni o‘g‘lining ismi sharifi bilan imzolagan edi. Lekin aynan shu sehrli ertaklar jahon 
adabiyotining  oltin  fondiga  kirib,  yozuvchiga  shon-shuhrat  keltirdi.  Perroning 
ertaklari  ko‘p  marotaba  boshqa  tillarga  tarjima  qilingan  va  nashrdan  chiqqan. 
Ertakningrus tilidagi tarjimasi I.S.Turgenevga mansub. 
Perro  o‘z  ertaklarining  so‘zboshisida  ertak  janrining  asosida  yotgan  jiddiy 
hamda  kulgili  va  g‘alati  narsalarni  uyg‘unlashib  ketishiga  ishora  qilib:  “...bu 
umuman, 
bekorchilik 
emas, 
balki 
o‘zida 
foydali 
pand-nasihatni 
mujassamlashtirgan...  hikoyaning  sho‘x,  o‘ynoqi  tuzilishini  esa  faqatgina  o‘quvchi 
aqliga ko‘proq yoqimli tarzda ta’sir qilish, shu bilan birga unga ham o‘rgatib, ham 
xushnud qilishi uchundir...”degan edi. Bolalikning ilk davridan boshlab bizga “Qizil 
shapkacha”,  “Jimjimaloq  bola”,  “Zolushka”,  “Etikli  Mushukcha”,  “Uyqudagi 
malika”,  “Ko‘k  Soqol”  kabi  ertaklar  ma’lum.  Bir  xil  ertaklarning  qahramonlari 
odamxo‘r maxluqdan yoki, zolim bo‘ridan o‘zlarinio‘zlari qutqargan bolalardir.Bu 
odatga  ko‘ra,  Bibliyadagi  yomonlikka  yaxshilik  bilan  javob  qaytarganIosifni  esga 
soladi. Jimjimaloq  bola  shu kabidir;  muallif  ertakning oxirida yozishicha, o‘zining 
yaqinlariga yaxshilik qiladi va o‘zining butun oilasini – ham otasini, ham og‘alarini 
ta’minlaydi.  Zolushka  ham  xuddi  shundaylardan,  u  qanchalar  go‘zal  bo‘lsa, 
shunchalar oqko‘ngil hamdir; u o‘gay opalarinio‘zi bilan saroyga olib ketadi. Perro 
ertaklarida  yaxshilik  va  haqiqat  g‘alaba  qozonadi  hamda  qahramonlarga  sehrgar 
personajlar,  Zolushka  yoki  Etikli  mushukchada  etikdo‘zning  kichik  o‘g‘lini 
cho‘qintirgan  onasi  -  oqko‘ngil  Feya  yordam  beradi.  Bo‘ri,  mushuk  inson  tilida 
so‘zlashadi,  bu  folklorning  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  muallif  xalq  ijodining  boy 
an’analariga  tayanadi  hamda  o‘ziga  xos  mualliflik  janrini  yaratadi.  “Qizil 
shapkacha”  ertagida  tipik  folklor  asos  namoyon  bo‘ladi:  bu  qizil  Shapkachaning 
buvisiga  etayotgan  narsasi  (“pirojok  nesu  da  gorshochek  masla”),  savollaridagi 
hamda  buvisining  kiyimiga  kiyinib  olgan  bo‘rining  javoblaridagi  takrorlash  va 
parallelliklarda  ko‘zga  tashlanadi.  Perroning  boshqa  ertaklarida  birinchi 
o‘rinniromantik sevgi tarixi egallagan. Qahramon qator sinovlardan o‘tib, o‘zining 
mukofotini  oladi:  yaxshilikyomonlikni  ustidan  g‘alaba  qozonadi,  ya’ni  xuddi 
“Uyqudagi  malika”  yoki  “Ko‘k  Soqol”  ertaklaridagi  kabi.  Sharl  Perro  ertaklari 
qahramonlarining  nomlari  allaqachon  turdosh  otlarga  aylanib  ulgurgan.  Zolushka 
yoki Ko‘k Soqol tarixlari har xil ko‘rinishlarda ko‘p marta jahon adabiyotida qayta-
qayta  ishlangan va sahnalashtirilgan. 
XVII  asr  oxiri  Sharl  Perro  ertaklarining  yaratilishi  bilan  belgilanadi  va  uning 
ertaklari  fransuz  adabiy  ertaklarining  eng  zo‘r  hamda  yorqin  namunalari  sifatida 
e’tirof  etiladi.  Fransiyada  XVIII  asr  esa  ertaklarning  oltin  asri  hisoblanadi. 


300 
 
Uyg‘onish davrida talaygina shoir va yozuvchilar bu universal janrga ko‘p murojaat 
qilgan va uning estetik imkoniyatlaridan foydalanib, dolzarb mavzular bilan boyitib 
borishgan.  Masalan,  Valter  falsafiy  ertaklar  yozgan.  Sharqning  “Ming  bir  kecha” 
ertaklari  fransuz  tiliga  tarjima  qilingach,  sharqona  ertaklarga  o‘xshatishlar  paydo 
bo‘ldi. Ammo, shu XVIII asrning o‘zidayoq ertaklarning urf bo‘lishi ancha pasaydi. 
Ilgari  bolalarga  mo‘ljallangan  maxsus  adabiyot  yo‘qligi  uchun  kichkintoylar 
kattalarning  asarlarini  o‘qishar  edi.  Keyingi  asrlarda  esa  Sharl  Perroning 
qisqartirilgan  ertaklaridan  aynan  bolalar  uchun  namunalar  tayyorlangan.  Ulardan 
shafqatsizlik, erkinlik, badiiy o‘yinlar olib tashlanib, anchayin soddalashtirilgan. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish