O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

           
Abdusaid  Ko`chimov
  (1951-yili  tug`ilgan)  Samarqandning  Urgut 
tumanida  tugilgan.  Toshkent  Davlat  pedagogika  institutining  o`zbek  tili  va 
adabiyoti fakultetini tugatgan. Ilk kitobi – "Kashfiyotchi bolalar" 1978-yilda chop 
etildi. 
Shundan 
so`ng  uning 
"Mening 
O`zbekistonim"(1979)  "Mening 
yulduzim"(1984), "Umid daraxtlari" (1992), "Chanoq"(1985), "Ikki bahor"(1990), 
"Qiyofa"(1996)  kabi  she’riy  va  nasriy  kitoblari  nashr  qilindi.  "Baland 
tog`lar"(2002)  saylanma  kitobiga  yozuvchining  qissalari,  dostonlari,  she’rlari 
kiritilgan.  A.Ko`chimov  Xalqaro  YUNESKO  mukofoti, G`afur  G`ulom  nomidagi 
mukofot  bilan  taqdirlangan.  Unga  "O`zbekistonda  xizmat  ko`rsatgan  jurnalist" 
unvoni, "Shuhrat" medali, "Mehnat shuhrati" ordeni berilgan. 
      A.Ko`chimov qalbi jo`shqin, shijoatli bolalar publitsisti hamdir. U mustaqillik 
g`oyalarini  matbuotda  keng  yoyish,  o`tmish  tariximizga  oid  hamda  istiqlol 
ne’matlarini  bolajonlar  qalbiga  jo  etishda  dolzarb  maqolalari  bilan  hissa  qo`shib 
kelmoqda. 
      A.Ko`chimovning  bolalar  shoiri  sifatidagi  o`ziga  xosligi  -  bolalar  qalbini 
so`zlatishida.  Uning  she’rlar  mavzusi  rang-barang.  Shoirning  "Biz  o`n  yetti 
o`rtoqmiz",  "Ikki  o`rtoq  bor  edi",  "Uch  do`st",  "Mish-mishvoy",  "Yer  boyliklar 
onasi",  "Buvimning  istagi"  kabi  she’rlarida  kichik  zamondoshlarning  lirik  obrazi 


291 
 
va murakkab ichki kechinmalari teran aks ettirilgan. Jumladan, shoirning "G`affor 
shamol"  she’ri  kichik  maktab  yoshidagi  o`quvchilar  xarakterini  ochib  bergishga 
xizmat qiladi. Unda G`affor ismli bola timsolida mashaqqatlardan hayiqadigan, o`z 
fikrida  turmaydigan,  shamol  singari  qo`nimsiz  bolalar  hajv  qilingan. 
Ta`kidlanishicha, G`affor shundayki: 
Boksyorlikka havas qo`yar 
Gohida u. 
Goho birdan oshpazlikni 
Qilar orzu. 
O`qituvchi, artist, suvchi 
Yoki rassom. 
U "sevmagan" hunar yo`qdir 
Xullas kalom. 
G`affor hamma kasbni shu tariqa oirzu qiladi, ammo o`z so`zidan darrov qaytadi. 
Chunki,  uningcha  doktorlikning  ishi  og`ir;  shofyorlikning  egni  dog`-dug`,  yag`ir 
bo`ladi; mashhur olim bo`lish soz-u, o`qish qiyin; shoirlik xo`p ajoyib, biroq she’r 
to`qish qiyin; xullas, hamma hunarning bir "lekin"i  topila qoladi. Lirik qahramon 
bunday  bolalarga  achinadi.  G`affor  singarilarga  biror  kasbni  tezroq  tanlab,  har 
daqiqa oltinga tengligini anglashga da’vat etadi. 
         A.Ko`chimovning  yana  bir  she’ri  "Yer  –  boyliklar  onasi"  deb  nomlanadi. 
She’rda  kichkintoy  bolalarga  xos  "nimavoy"lik  hamda  undan  chiqarilgan  ibratli 
saboq  mazmuni  aks  etgan.  Yosh  lirik  qahramon  jajji  ukasi  Savlatjonning  ezma 
"bilag`on"ligidan dastlab jahli chiqadi. Chunki u juda ko`p narsaga qiziqadi: Nega 
kunduz  chiqmas  oy?  Nega  qishda  muzlar  soy?  Nega  tomning  tili  yo`q?  Nega 
gulning  qo`li  yo`q? Xayriyatki, ularning tog`day  bardoshli bobosi  bor: u  erinmay 
jajji  nevaraning  barcha  "nega-nega"lariga  javob  beradi.  Natijada,  lirik  qahramon 
ona yer haqidagi tushunchaga ega bo`ladi: Yer - non tayyorlanadigan bug`doyning, 
kiyim-kechak  tayyorlanadigan  paxtaning,  oq  qant  olinadigan  shakar  qamishning, 
temirning,  barcha  boyliklarning  onasi  ekanligi  ma’lum  bo`ladi.  Shuningdek, 
bobosining  hikoyasidan  yosh  qahramon  oqpadar  Gitlerning  ona-yerga  chang 
solgani, shu  urushda bobosi  ham  o`ng  oyog`idan  ajralib kelgani, hozir  ham  ba`zi 
yovlar  zaminga  azob  berib,  bog`-rog`larni  xarob  etayotgani  ayonlashadi.  Shu 
tariqa,  lirik  qahramon  ongida  Yer  oddiy  tuproq,  zamin  holidan  buyuk  Vatan 
darajasiga ko`tariladi va "ezmavoy" ukasiga ich-ichidan minnatdorlik bildiradi. 
       Shoirning "Ikki o`rtoq bor edi", "Mish-mishvoy", "Men g`iybatchi emasman", 
"Majlis",  "Sufliyor"  kabi  she’rlarida  ham  maktab  o`quvchilari  o`rtasida  uchrab 
turadigan  turli  voqealar,  odatlar,  yoki,  shu  yoshdagi  o`g`il-qizlarning  fe’l-atvori 
lirik ifodasini topgan. "Hiyla" she’rida kattalarga xos fe’l-atvor aslida bolalikdan, 
aniqrog`i,  oiladan  boshlanishi  ochib  berilgan.  She’r  qahramoni  Shodmonjon 
otasidan  xushomadgo`ylik  sabog`ini  olgach,  darhol  bu  "o`git"ni  hayotga  tatbiq 
etadi: 
Ertasi erkalanib, 
Oyisidan pul oldi. 
Darsdan keyin G`anining 


292 
 
Yuragiga qo`l soldi… 
–"Morojnie"ga bir to`ysak. 
Nima deding,  jo`rajon? 
G`ani labin yaladi: 
–Attang, pulim yo`q edi.. 
Shodmon kerilib: 
–Mana, 
Menda bor, ketdik!–dedi. 
       Tandirday  qizib  turgan  kunda  ikki  o`rtoq  muzqaymoqni  paqqos  tushiradilar. 
A’lochi,  yuvosh,  morojniy  jonu  tani  bo`lgan  G`ani  bu  siylovdan  hayron  bo`lib 
turganda, Shodmon maqsadga ko`chadi: 
–Uy ishin ko`chirsam, 
Degandim daftaringdan… 
       G`anining  yo`q  demoqqa  tili  bormay,  g`alati  ahvolga  tushadi.  Qo`li  titrab 
portfelini ochadi… "Yegan og`iz uyalar, xushomad zo`r shaytondir". 
        Shoir  shu  tarzda  yosh  kitobxonlarga  ijtimoiy  hayotda  ro`y  berayotgan 
hodisalar  mohiyatini  tushuntirgishga,  realistik  tasvirga  e’tibor  qaratadi.  Bu  ham 
bo`lsa,  mustaqillik  davri  bolalar  adabiyotining  mavzu  va  muammoni  yoritishda 
kengqamrovlilik  kasb  etgani  dalolatidir.  Shu  ma’noda  A.Ko`chimov  ijodida 
umuman,  insoniyat  dardi,  ruhiy  kechinmalari,  iztiroblari,  yoxud  orzu-o`ylari 
reallasha boradi, ya’ni, hayotga yaqinlashadi. Shoir she’rlarida yosh qahramonlar- 
bolalar  chinakam  "hayot  qozonida  qaynaydilar".  Bu  jihat  "Ukamning  maslahati" 
she’rida  ham  yaqqol  ko`rinadi.  Umuman,  shoir  she’rlari  kichkintoylarni  bolalik 
olamidan 
kattalik 
dunyosiga 
yetaklovchi 
vosita 
ekanligi 
ayonlashadi. 
A.Ko`chimovning bolalar uchun yozgan adabiy ertak, ballada va dostonlarida ham 
bu xususiyat majoziy, obrazli tasvir etilgan. 
      Uning  "Saboq"  she’riy  ertagi  ijtimoiy  dolzarb  mavzuga  bag`ishlangan.  Shoir 
Chumchuq  va  Burgut  ramziy  obrazlari  orqali  vatanparvarlik  tuyg`usini 
oydinlashtiradi.  O`z  dala-qirida  –  pastlikda  yashashdan  or  qilgan  Chumchuq 
Burgutga taqlid qilib, o`rkach-o`rkach qoyalar tomonga qarab parvoz qiladi. Qora 
terga botib, jiqqa ho`l bo`lgach, nafasi tomog`iga tiqilib, bir qoyaga urilib yiqiladi. 
Anchagacha  behush  yotgan  chumchuqqa  sor  Burgut  duch  kelib,  uning 
nimjonligiga rahmi keladi. Chumchuqning: 
Pastliklarda shuncha yashab, 
Qoniqmadi yuragim 
Yo`q demasang sening bilan 
Yashamoqdir tilagim,– 
degan  gapiga  qah-qah  urib  kulsa  ham,  uni  yelkasiga  mindirib  oppoq  bulutlar 
orasiga  kirib  ketadi.  Yer,  dala,  suv,  tog`,  o`rmon  –  barchasi  ko`zdan  g`oyib 
bo`ladi.  Ana  shundagina  yuragini  qo`rquv  qoplagan  chumchuq  yerning  naqadar 
go`zalligini  his  qiladi  va  o`z  xatosini  tushunib  yetadi.  Burgut  o`z  makoni  bilan 
cheksiz faxrlanadi: ko`k bag`rida yashash, qor-bulutlar qo`yni-yu shamollar raqsini 
kechalari  porlagan  yulduzlar  qurshovini  otashin  muhabbat  bilan  ta’riflaydi. 


293 
 
"Bilsang,  yo`qdir  yer  yuzida,  suluvlikda  bunday  joy",–  deb  g`ururlanadi.  Ammo 
Chumchuqqa shunday saboq beradi: 
Biroq, uka, har narsaning 
O`z Vatani bo`ladi, 
Har narsaning baxt-iqboli 
O`z bog`ida kuladi. 
         Chumchuq  bu  fikrdan  to`g`ri  xulosa  chiqarib,  o`z  do`stlari  bag`riga 
shamolday yelib, uchib ketadi. 
      Ko`rinadiki, ertak ezgulik bilan tugagan. Shunga muvofiq asarning tarbiyaviy 
ahamiyati, mavzuviy dolzarbligi katta. 
       Xullas,  ona-Vatan,  ijtimoiy-hayotiy  voqealar,  zamona  taloto`plari,  jamiyatda 
kechayotgan  yaxshi-yomon  o`zgarishlarlarni  A.Ko`chimov  o`ziga  xos  uslubda, 
ohangda  bolalarbop  ifoda  etadi.  Ijodkorning  o`z  ovozi,  tahliliy  mushohadalarga 
boy  publitsistikasi,  esse  va  ertaklari  istiqlol  davri  bolalar  adabiyotini  yangi 
tamoyillar  bilan  boyitishga  hissa  qo`sha  oldi.  Uning  she’rlarida  hurfikrlilik  yarq 
etib  ko`zga  tashlanadi,  lirik  qahramonlari  haqiqatga  tik  boqadi.  Uning  asarlarida 
Vatan  oldidagi  burch  va  mas’uliyat  eng  oliy  insoniy  tuyg`u  ekanligi  anglashilib 
turadi. Xuddi shu qirralar davr bolalar adabiyotining yetakchi xususiyatlari hamdir. 
 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish