www.ziyouz.com kutubxonasi
255
Palmer deyarli yarim soatcha qolib ketdi. Taksi chaqirishga bir necha daqiqa vaqti ketdi. Biroq
Edisni mashinaga o‘tqazib, unga xayrli tun tilagandan keyin ham darhol zalga qaytgani yo‘q.
Aksincha, “Plaza”ning keng sharqiy zinalarida turib, muzdek havodan shunday to‘yib simirdiki,
ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. U to‘xtab, yelkalarini to‘g‘riladi, aftini burishtirib, o‘z aksiga tikilib qoldi-
yu, darhol chehrasi o‘zgardi: yo‘lak xizmatchisi uni kuzatib turardi.
Palmer o‘qraygan nigohini xizmatkorga tikdi, u darhol yerga qaradi. Palmer boshini chayqab, ortiga
qaytdi va tantana bo‘layotgan zal yonidagi kichkinagina xonaga kirib o‘tirdi. Zaldagi tartibsiz shov-
shuvlar yaqqol eshitilib turardi.
Uning ko‘z oldida o‘t chaqnadi. Palmer boshini ko‘tarib, yoqilgan gugurt cho‘pini uzatib turgan
ofitsiantni ko‘rdi va sigaretani tutatdi.
— Rahmat.
— Marhamat, janob. Vino istaysizmi?
Palmer og‘rinibgina chimirildi.
— Muz solingan viski olib keling.
— Xo‘p bo‘ladi, janob, muz solinganidan...
Palmer kerishdi. Edis uning o‘ynashi borligini, u — Virjiniyaligini bilishi mumkinmi? Agar u hamma
narsani tushungan bo‘lsa, qanday chora qo‘llashi mumkin? Dalil qidirarmikin? Bu ishda Bernsning
rolini va uning qo‘lidagi ma’lumot haqida bilguncha, qancha vaqt o‘tarkin?
Viski olib kelishdi. U ofitsiantga minnatdorchilik bildirib, viskining xo‘plab icha boshladi. Muzdek
nordon ichimlik aqlini tiniqlashtirgandek bo‘ldi.
Yo‘q, dedi u o‘ziga o‘zi, Edis nimanidir gumon qilishi mumkin, lekin aniq bir gap bilmaydi. Biroq
YuBTKni kuzata borib, Jet-Texni qo‘lga olishda qatnashganini bilsa, shunday bo‘lishi tayin, u eriga
juda kuchli taziyq o‘tkazilganini anglaydi.
Bir soat, uzog‘i bilan ikki soatda u Bernsga javob berishi kerak. Palmer stakanni ko‘targanicha,
zalning eshigi yoniga bordi. Raqs maydoni atrofiga qo‘yilgan stollarni odamlar o‘rab olgan, ular
ishtaha bilan taomlarni tushirib, idishlarni bo‘shatishardi. Zalda bir necha juft raqs tushardi. Ularning
orasida allaqachon musiqa ohangini anglamay, o‘zicha raqs tushayotgan, o‘yinni boshlab bergan
qariyalar ham bor edi.
Palmer hayrat bilan nima uchun Bernsga javob berishni paysalga solayapman, deb o‘yladi. Bu
javob qanday bo‘lishi ikkoviga ham ma’lum, axir.
Palmer qishloqdan kelgan, tijorat banki zanjirining qudratli halqalaridan biri bo‘lgan bir tadbirkor
bankirni kuzata boshladi. U bruklinlik demokrat kongresschi va “Merrey Xill”dagi Jim Madigalga
yaqinda bo‘lib o‘tgan qandaydir uzundan uzoq voqeani kuyib-pishib gapirayotgandi. Ular Palmerdan
bir necha qadam narida turishar, ko‘rinishdan go‘yo qadrdon aka-ukalarga o‘xshar edilar. Gap
tugagach, tadbirkor bo‘sh likopchalarni olib, yana taom to‘ldirgani ketdi...
— ... Yarim kechaga yaqin mening uyimga o‘tgin, — Berns Palmerning qulog‘iga shivirladi.
Palmer ko‘zini pirpiratib, so‘radi:
— Borishim shartmi?
— Albatta borishingiz zarur.
— Men shu yerdayoq senga javob berishim mumkin.
— Biroq men senga bu yerda ko‘rsatma bera olmayman, shunday emasmi?
Palmer “ko‘rsatma” nima bo‘lishini o‘ylab, indamadi.
— Virjiniya ko‘rinmaydimi?
— Shu atrofda. Xohlasang, topib beraman.
Palmer bosh chayqadi:
— O’zim topib olaman.
— Albatta, azizim, — Berns do‘stona kulganicha nari ketdi.
Palmer qo‘lidagi viskini simirganicha, qizil ipak ko‘ylakni qidirib, devor bo‘ylab siljiy boshladi.
Go‘yo oxiri yo‘qdek tuyulgan musiqa ovozi birdan to‘xtadi-yu, boshqa, ohistarog‘i boshlandi. Palmer
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |