www.ziyouz.com kutubxonasi
258
— Agar u ham aqlli gaplar ayta boshlagan bo‘lsa, hech narsa qo‘shimcha qilolmayman, — e’tiroz
bildirdi Berns.
— Sening qaynoq lablaringda hamon o‘sha tabassum, — Palmer Berns tomon bir qadam yurdi.
Xonaning chap tomoni biroz ko‘tarilib, yana joyiga tushdi.
— Xo‘p, mayli, Vudi, kel, qo‘l olishamiz, do‘stginam!
— Nima, men kulgilimanmi? — qiziqdi Palmer. U endi Bernsdan atigi yarim qadamcha berida
turardi. U hatto Berns sepgan losonning hidini ham sezdi.
— Hech kim hech narsa degani yo‘q...
— Men gapiryapman, — dedi Palmer. — Aks holda sen jilmaymasding.
Berns u tomon yurib, qo‘lini uzutdi:
— Vudi, o‘zingni tut, kel qulingni ber.
Palmer Bernsning qimmatbaho to‘g‘nog‘ichi sovuq yaltiraganini payqadi. U Makning murdaning
rangidek oppoq yuzlarini ko‘zdan kechirdi, keyin Virjiniyaga qiyshayib qaradi. Ayol unga qarab,
qandaydir noxushlikni sezdi va sal nariroqqa surildi. Ehtiyotkorlik bilan goh Bernsga, goh Palmerga
tikildi.
— Vuds, — gap boshladi ayol, — nima uchun sen...
— Nima uchun hamma mening ismimni aytib gap boshlaydi? — so‘radi Palmer.
— Vudi, — gap qo‘shdi Berns, — tinchlan, qariya. Kel, yana do‘st bo‘lamiz.
— Sen bilanmi? — Palmer o‘zining baland chiqqan ovozidan aftini burishtirdi. Uning savoli deyarli
qichqiriq bo‘lib yangradi. U chuqur xo‘rsinib, ich-ichidan titroq his qildi. — Sen bilan, iflos fitnachi
bilan-a? — ... boshdanoq sendan latta sifatida foydalandi...
— ... bu qizni shirin luqma sifatida tiqishtirdi...
Palmer anglab bo‘lmaydigan nimalarnidir aytib g‘o‘ldirayotganini payqadi.
— O’chiringlar! — o‘shqirdi u. Qulog‘iga eshitilayotgan ovozlar tindi. — Mak Berns! Sasigan
ariqdagi achigan miya. O’z kasbining arzandasi va faxri. Oxirgi bosqichdagi ruhiy kasal. Qo‘shmachilar
qiroli. Xoinlik ritsari. — U chap qo‘lini cho‘zib, barmoqlari bilan Bernsning ko‘ksiga nuqdi.
U o‘zini chetga olib, go‘yo himoyalanmoqchi bo‘lgandek, qo‘lini ko‘tardi.
— Yo‘q! — Palmer qichqirib yubordi. Vaqt go‘yo keskin to‘xtab qoldi. Chamasi, Bernsning qo‘llari
musht bo‘lib tugila boshladi.
Palmer o‘ng qo‘li taranglashayotganini payqadi. Tirsaklari orqaga surildi. Keyin qo‘li tepaga
ko‘tarildi, mushaklari taranglashdi. O’ng qo‘li oldinda aylandi. Tanasi ham qo‘li bilan birga harakat
qildi. Bernsning ko‘zlari kattardi. Uning o‘tkir iyagi va qulog‘i o‘rtasiga musht tushdi.
Palmer barmoqlari tekkan joydagi suyaklarning qisirlaganini eshitdi. U Bernsning ko‘kimtir oq yuzini
ko‘rdi. Keyin u ko‘zdan yo‘qoldi...
Palmer pastga qaradi. Berns oppoq gilamda chuvalchangdek buralib yotardi. Uning kipriklari biroz
pirpirab, keyin qimirlamay qoldi.
Og‘zining chetidan quyuq qizil qon oqib, avval iyagiga, keyin gilamga tusha boshladi.
Palmer o‘zini orqaga oldi. Xonadagi muhit go‘yo ikkiga bo‘linib ketdi. Unga havo yetishmay qoldi.
Qiynalib nafas ola boshladi.
Va nihoyat u o‘pkasidagi jazava to‘xtaganini va og‘zi qurib, qandaydir, achchiq ta’m bilan to‘lganini
payqadi. O’ng qo‘lining barmoqlari karaxt bo‘lib qolgandi.
U quloq soldi. Xonada jimlik hukmron. Hatto xayolidagi ovozlar ham tinchib qoldi. U Virjiniyaga
qaradi. Uning ko‘zlari shunday katta tuyuldiki, go‘yo Palmerning aksi bu ko‘zlarga singib ketdi.
Palmer Bernsning yoniga cho‘kkalagancha, qo‘lini bo‘yni ostiga tiqib, gilamdan ko‘tardi. Gilamda
doira yasalgan qon yap-yangi qizil bo‘yoqqa o‘xshardi. U Bernsning bo‘yni terlab ketganini sezdi.
Barmoqlari ostidagi tomir sezilar-sezilmas urib turibdi. U o‘rnidan turib, xonani yana bir marta ko‘zdan
kechirdi.
Uning nigohi bir necha marta Virjiniyaning yuzlariga tushdi. U ko‘zlarini Bernsdan olib, Palmerga
qaradi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |