www.ziyouz.com kutubxonasi
253
— Shundayligiga ishonasanmi?
— Ishonmayman, — Palmer bo‘shashdi. — Bu shunchaki, ishonib bo‘lmaydigan gap.
Shu payt Virjiniya uni ko‘rdi. Uning qo‘llari Bernsning tirsagiga yopishdi.
— Men yanayam ishonib bo‘lmaydigan narsalarni ko‘rdim, — sekingina dedi Edis.
Shu payt Berns ham ularni ko‘rdi va maftunkorona hayrat bilan Virjiniyani ularning oldiga yetaklab
keldi.
— Vudi... va mening sevimli mallaginam. Qalaysiz, azizam? — u Edisga murojaat qildi. Uning
javobini kutmasdanoq: — Edis, Palmer, Virjiniya Kleri, bizning ishongan xodimimiz — jamoatchilik
bilan aloqa qilish bo‘yicha mutaxassis.
Edis bir soniyaga ikkilanib turgach, qo‘lini uzatdi.
— Siz haqingizda hamma narsani bilaman deya olmayman, — Virjiniyaga murojaat qildi u. — Biroq
siz o‘sha... Vudi uchun nutqlar yozib beradigan daho bo‘lsangiz kerak.
Virjiniya uning qo‘lini qisdi.
— Odatda, yozar edim, — dedi u sekingina.
— Kechirasiz?
— Odatda yozar edim, — qattiqroq takrorladi Virjiniya. — Endi bu lavozimdan ozod qilishgan.
— Vuds o‘zidan aqlliroq odamlarni unchalik yoqtirmaydi.
— Bundaylarni kim yoqtiradi? — Yumshoqqina qilib so‘radi Berns.
— O, bu gapingiz siz bilan juda apoq-chapoq bo‘lmasligim kerakligini yodimga tushirdi, janob
Berns. Mening erim siz bilan achchiqlashib qolibdi. Nima gap o‘tdi? — so‘radi Edis.
— Nima gapligini aytgani yo‘q demoqchimisiz? — Hamon do‘stona jilmayib so‘radi Berns. Uning
o‘tkir burni Palmer tomonga o‘girildi.
— ... shartnoma deyarli mening qo‘limda edi, dedi menga, — Palmerning yonginasidan qandaydir
erkakning ovozi keldi.
— Unga qizig‘i bo‘lmasa kerak deb o‘yladim, — Bernsning gapiga javob berdi Palmer.
— Aksincha. Men hamisha qiziqaman.
Virjiniya Bernsga yanayam yopishibroq olib, qo‘llariga shapatiladi va:
— Sen menga nisbatan sabrliroqsan, — deb qo‘ydi.
— Agar siz bu ikki erkak bilan ishlasangiz, sizning sabr-toqatingiz hammanikidan ko‘proq ekan
derdim, — Edis gap qo‘shdi. U jim bo‘lib qoldi, keyin atrofga alangladi.
— Shampan vinosi yo‘qmi?
— Hozir men topib kelaman, — Berns uchovini qoldirib, bir zumda nari ketdi.
Palmer o‘zi va ikki ayol anchadan buyon jim turishganini anglab qoldi. U shoshilib, angladi.
— Chamasi, Mak unchalik uzoqqa ketmagan shekilli, — gap boshladi u. — Anavi, u bilan
gaplashayotgan ikki kishi kim ekan?
Virjiniya u ko‘rsatgan tomonga qaradi.
— Qishloqdan kelgan respublikachilar.
— Mak demokratlardan boshqa birov bilan gaplashishiga shubha qilardim, — dedi Edis.
— Hamma o‘zi xohlagani bilan gaplashadi, — javob berdi Virjiniya. — Bu — siyosatning asosiy
qoidasi. Suhbatlashish, do‘stona munosabatda bo‘lish. Aloqa yo‘llarini ochiq tutish.
— Ajoyib qoida, o‘ychanlik bilan dedi Edis. — Nafaqat siyosatda.
— Biz, chamasi, bu qoidani quvvatlay olmaymiz shekilli, — Edis gapini davom ettirdi. — Aytingchi,
Kleri xonim, bu bankda anchadan buyon ishlayapsizmi?
— Yo‘q... deyarli ikki yildan buyon, — Virjiniya Palmerga nazar tashladi. — Nahotki shuncha ko‘p
vaqtdan buyon ishlayotgan bo‘lsam?
— Mening o‘zim ham yaqinda keldim-ku? Darrov ikki yil bo‘ptimi-a?
Virjiniya biroz jim bo‘lib qoldi. Keyin: — Darvoqe, shunday. Sezmabman ham, ikki yil bo‘libdi, —
deb qo‘ydi.
Yana gap qovushmadi. Palmer ko‘zlari bilan Bernsni qidirdi va u shtatning sobiq gubernatori bilan
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |