Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


 Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

 
17.3. Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va 
ishlab chiqarish subsidiyalari 
Bojxona  tariflarini  kirtishni  yoqlovchi  mutaxassislar  fikriga  ko’ra  import 
tariflari: 
• mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; 
• mamlakatda  bandlilik  darajasi  o’sishini  ta’minlaydi  va  yalpi  talabni 
rag’batlantiradi,  importning  nisbatan  cheklanishi  natijasida  sof  eksport  o’sadi  va 
joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi; 
• milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur; 
• davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi; 
• milliy  ishlab  chiqaruvchilarni  demping  ko’rinishidagi  chet  el  raqobatidan 
himoya qiladi; 
• iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular 
yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k. 
Milliy  iqtisodiyotning  tiqlanishi  sharoitida  ko’pgina  davlatlar  o’z  ishlab 
chiqaruvchilarini  chet  el  raqobatidan  himoya  qilish  maqsadida  protektsionizm 
siyosatini  qo’llaydilar.  Aks  holda,  mahalliy  korxonalar  «sinishi»  jamiyatda 
ishsizlik xavfini tug’diradi. 
Mamlakatlarda  ta’rif  mexanizmi  orqali  tashqi  savdo  siyosatini  yuritish, 
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish 
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va 
istiqbolli  soha  hisoblanadi  va  tabiiyki,  tarifli  himoya  qilinadi.  Tarmoqni  tarifli 


 
177 
 
himoyalanishining  haqiqiy  darajasini  quyidagi  misolda  ko’rib  chiqamiz.  Masalan, 
O’zbekistonda  yanga  mashinalar  uchun  import  boji  40  foizni  tashkil  qilsin.  Ushbu 
mashinani  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo’ladigan  ehtiyot  qismlar  asosan  chetdan 
keltirilsin  va  unga  import  boji  25  foiz  miqdorida  o’rnatilsin.  Bir  dona  mashinaning 
narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo’lgan 
ehtiyot qismlarining narxi 7000 AQSh dollarini, qo’shilgan qiymat esa 3000 AQSh 
dollarini tashkil etsin. 
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 
4000 AQSh  dollariga o’sib, tarif bilan birga 14000  AQSh dollarini tashkil etadi. 
Ehtiyot  qismlar  importiga  25  foizli  tarif  kiritilishi  ularga  qilinadigan  xarajatlarni 
1750  AQSh  dollariga  oshirib  8750  AQSh  dollariga  etkazadi.  Oqibatda  mahsulot 
birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 AQSh dollariga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa 
2250  AQSh  dollariga  (4000  -  1750  =  2250)  o’sdi.  Shunday  qilib,  tarif 
kiritilgandan  so’ng  mahsulot  birligiga  to’g’ri  keladigan  qo’shilgan  qiymat  5250 
AQSh dollarini (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi. 
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz. 
E
r
= (E
t
- E
0
) / E
t

Bu srda: E
r
 - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; 
E
t
 - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat; 
E
0
 - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat. 
E
r
 = ((3000 + 2250) - 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75% 
 
Bu  shuni  bildiradiki,  tayyor  avtomobillarga  40%  tarif  va  ehtiyot  qismlarga 
25%  tarifni  joriy  qilib,  davlat  milliy  avtomobisozlikni  xaqiqatda  75%  tarifli 
himoyalanganligini ta’minlaydi. 
Protektsianizm  siyosatining  muhim  tamoyili  ham  shundaki,  davlat  tayyor 
mahsulotlarga  bojni  ko’tarish  va  yarim  tayyor  mahsulotlarga  esa  uning  miqdorini 
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi. 
Bojxona  bojlarini  joriy  qilishni  qo’llovchi  fikrlarga  aksincha  bo’lgan 
muloxazalar  ham  mavjud.  Chunki  sanab  o’tilgan  natijalarga  boshqa  usullar  bilan 


 
178 
 
kamroq  yo’qotishlar  hisobiga  xam  erishsa  bo’ladi  degan  fikrlar  xam  qaysidir 
darajada asoslidir. 
Birinchidan,  import  tariflari  iste’molchilar  turmush  darajasining  pasayishiga 
olib keladi. 
Ikkinchidan,  import  tariflari  kiritilishi  oqibatida  ular  vositasida  himoya 
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi. 
Uchinchidan,  tariflarni  kiritish  va  ular  stavkasini  belgilash  masalasida 
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan. 
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning 
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. 
Ishlab  chiqarish subsidiyasining tariflardan  afzalligi shundan iboratki, u bir 
tomondan,  milliy  ishlab  chiqarishni  S
0
  dan  S
1
  gacha  o’sishini  ta’minlasa  (31- 
chizma),  ikkinchi  tomondan,  iste’moliing  mutlaq  kamayishiga  olib  kelmaydi. 
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. 
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi R
d
, jahon 
narxlari  R
w
  darajasiga  teng.  Shuning  uchun,  haqiqiy  iste’mol  hajmi  D
0
  ga  teng. 
Tarif  kiritilgan  sharoitda  esa  u  D
1
  gacha  kamaygan  bo’lur  edi.  Mamlakat 
farovonligidagi  mutlaq  yo’tqotish  esa  «b»  sohasidangana  iborat  bo’ladi.  Ayni  paytda 
ishlab  chiqarishga  berilgan  bevosita  subsidiyalar  ishlab  chiqarish  xarajatlarining 
samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi. 
Chunki,  aynan  qaysi  tarmoqni  xalqaro  raqobatdan  himoya  qilishni  bilish  qiyin 
bo’ladi.  Subsidiyalarni  joriy  qilgandan  so’ng  ularni  bekor  qilish  qiyin  bo’ladi, 
raqobat  muxiti  yo’qoladi  hamda  bu  xarajatlarni  moliyalashtirish  muammosi 
kuchayib  boraveradi.  Shuning  uchun  iqtisodiyotni  tartibga  solish,  bandlik  darajasini 
oshirish  va  yalpi  talabni  qondirish  maqsadida  fiskal  va  pul-kredit  siyosatlari 
qo’llaniladi.  Ushbu  siyosatlarni  qo’llashdan  asosiy  maqsad  mamlakat  ishlab 
chiqarishini  xalqaro  raqobatdan  ximoya  qilish,  ishsizlik  darajasini  eng  past  holatga 
keltirish va xalq farovonligani oshirishdan iborat. 


 
179 
 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish