Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


- chizma. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

31- chizma. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari 
 
17.4. Import kvotalari va litsenziyalarni taqsimlash uslublari 
 
 Jahon  amaliyotida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tartibga  solishning  bilvosita 
usullariga  qaraganda  bevosita  usullaridan  kengroq  foydalaniladi.  Bevosita  usullar 
mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - xuquqiy ko’rinishga ega bo’lishi 
mumkin. 
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng 
tarqalgani hisoblanadi. 
Litsenziyalash — bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat 
tashkilotlaridan  ruxsat  olishning  ma’lum  tartibidir.  Tashqi  iqtisodiy 
operatsiyalarga  mahsulotlar,  ishchi  va  xizmatchilar  eksporti  hamda  moliya 
operatsiyalarini  o’tkazish,  xorijga  ishchi  kuchini  ishga  joylashtirish  va  boshqalar 
kiradi.  O’zbekistonda  litsenziyalar  faqat  davlat  ro’yxatida  qayd  etilgan  tashqi 
iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish 
taqiqlangan. 
Mahsulotlar  eksporti  va  importini  litsenziyalash  davlatga  ular  oqimini  qattiq 
tartibga  solish,  ba’zi  hollarda  ularni  vaqtincha  chegaralash  va  shu  asosda  tashqi 
iqtisodiy  taqchillik  o’sishining  to’xtash  hamda  savdo  balansining  tenglashtirish 
imkonini beradi. 


 
180 
 
Umuman,  import  mahsulotlarga  beriladigan  litsenziyalar  quyidagi  usullar 
yordamida joylashtiriladi. 
1. Ochiq  auktsion  —  davlat  litsenziyalarni  yuqori  baholarni  taklif  qilgan 
ishlab chiqaruvchilarga berishi. 
2. Afzal  ko’rish  tizimi  —  davlat  birinchi  navbatda  litsenziyalarni  ishlab 
chiqarish  hajmi  jihatdan  yirik  bo’lgan  firma  va  kompaniyalarga  hech  qanday 
shart va talablarsiz beradi. 
3. Xarajat usuli — davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga 
va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi. 
 
Litsenziyalash  bilan  bir  qatorda  jahon  amaliyotida  mahsulotlarni, 
shuningdek,  ishchi  kuchi  eksport  va  importini  chegaralash  maqsadida  kvotalash 
keng qo’llaniladi. 
Bu  usulning  mohiyati  shundan  iboratki,  unda  vakolatli  davlat  yoki  xalqaro 
tashkilot  alohida  mahsulotlar,  xizmatlar,  mamlakatlar  va  mamlakatlar  guruhi 
bo’yicha  ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini 
belgilaydi.  Davlat  tomonidan  tartibga  solish  tadbiri  sifatida  kvotalash  to’lov 
balanslarini  ichki  bozorda  talab  va  taklifni  balanslashtirish  uchun  muzokaralarda 
o’zaro  kelishuvga  erishish  uchun  qo’llaniladi.  O’zbekistonda  kvotalash  xalq 
iste’moli  mollarini  va  strategik  xom  ashyoning  muhim  turlarini  olib  chiqishni 
chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda. 
Kvotalash  faqat  mahsulot  oqimlarinigina  emas,  balki  ishchi  kuchi  oqimlarini 
tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat 
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. 
Hozirgi  vaqtda  kvotalash  bojlarga  nisbatan  ko’proq  qo’llanilishiga  ikkita 
sabab bor: 
1. Tarif  stavkalari  xalqaro  savdo  kelishuvlariga  asosan  belgilanadi.  Ayrim 
hollardan tashqari vaziyatlarda,  mamlakatlar tarif  stavkasini oshira  olmaydilar va 
shuning  uchun  iqtisodiyotni  raqobatdan  himoya  qilish  maqsadida  kvotalashga 
e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi. 


 
181 
 
2. Himoyaga 
muhtoj 
tarmoqlar 
ham 
importga 
kvotalar 
jo- 
riy qilishni qo’llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar 
olish osonroqdir. 
Import  kvotalari  erkin  raqobat  sharoitiga  ko’proq  mos  keladi.  Quyidagi      3 
chizmadan  ko’rinib  turibdiki,  kvotalar  joriy  qilinishi  natijasida  umumiy 
farovonlikdagi  yo’qotishlar,  tariflar  kiritilganidagi  singari  «b»  va  «d»  sohalardan 
iborat  bo’lsa,  «s»  soha  ruxsat  etilgan  importga  ustama  narxlarni  ko’rsatadi  va 
aholidan litsenziya beruvchi tashkilotlarga beriladigan transfertni xarakterlaydi. 
Tariflarga  nisbatan  kvotalarni  joriy  qilishdan  ko’riladigan  farovonlikdagi 
yo’qotishlar  ikki  holatda  katta  bo’ladi.  Birinchidan,  kvotalar  mahsulotlar  import 
qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi 
darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa. 
 
-
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish