33-chizma. Eksport tariflari (eksport bojlari) joriy qilinishining iqtisodiy oqibatlari
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib
boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo’lishi bu jarayonining
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.