18.2.Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha
beriladi:
X – M = Xn = Y-(S+I+G)
bu erda: X - eksport; M – import, Xn - sof eksport, S + I + G - absorbtsiya
190
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning
eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni
tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy
investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy
aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Sof xorijiy aktivlar (CXA) – bu milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan
xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni
bildiradi.
Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat
xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi.
Mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa,
unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa
mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy
valyuta yuzaga keladi.
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining
keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va
sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital
harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatnarx qog’ozlar,
aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq
kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy
valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq
kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar
ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib
oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini
sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko’rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati
balansining qoldig’i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+63).
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operatsiyalar
ko’rsatiladi.
191
Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar –
Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni
kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan
keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy
qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i
mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o’tilganidek, joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital
harakati balansi o’zaro chambarchas bog’liq. Bizning misolda birinchisining
taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga
moliyalashtiriladi va aksincha, agar to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha
musbat qoldiqqa ega bo’lsa, kapital harakati hisobi balans bo’yicha manfiy
qoldiqqa yo’l qo’yilgan bo’ladi.
Shunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-biri bilan tenglashib boradi.
To’lov balansi qoldig’i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi
Biroq, amalda to’lov balansining bu qismida ham ko’pincha kamomad yoki
ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy
zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo’lib, bu zaxiralar joriy
operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati bo’yicha balans
nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik
yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga
solinadi.
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy
zaxiralarning o’sishi (-) esa to’lov balansining musbat qoldig’i miqdorini
ko’rsatadi. Natijada uning barcha uch bo’limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim.
Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo’lgan talab tengligini
bildiradi.
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini
umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
192
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn, bu erda: Sn – milliy jamg’arish
(I-S)+Xn=0 (Markaziy bank aralashmagan sharoitda egiluvchan valyuta kursi
rejimida)
(I-S) miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini
ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko’ra joriy operatsiyalar va kapital harakati
hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M (tashqi balans) = Xn=-(I-S)=S-I (ichki balans)
Bu shuni bildiradiki, to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’ycha kamomadi
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn< 0 X-M < 0 X< M ;
I-S >0 I >S xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S), ortiqcha
investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu
qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko’proq import
qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega
bo’ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo’lib qatnashadi.
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo’lganda, ortiqcha mablag’lardan
xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko’chmas mulk sotib olishda
foydalaniladi.
Xn>0 X-M>0 X>M;
I-S<0 IDavlatlar rasmiy zaxiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega
bo’lmagan to’lov balansining katta davriy taqchilligi bo’lgan hollarda o’z
valyutalari devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik
hajmi ko’payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o’sishi
hamda to’lov balansi kamomadi tugatiladi.
193
To’lov balansini tuzish tamoyillariga ko’ra u doimo balanslashgan bo’ladi.
Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to’lov balansining alohida
qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to’lov balansi qoldig’ining milliy iqtisodiyotga
ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib
chiqib to’lov balansining musbat qoldig’i ham, manfiy qoldig’i ham ijobiy yoki
salbiy deb baholanishi mumkin.
To’lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig’i, joriy
operatsiyalar balansi qoldig’i, kapital harakati va moliya balansi qoldig’i hamda
rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig’i alohida tahlil etiladi.
Savdo balansi qoldig’i o’zgarishiga baho berishda bu o’zgarishlar qaysi
omillar ta’sirida ro’y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq
eksportning qisqarishi hisobiga ro’y bergan bo’lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimi
ko’payishi hisobiga importning o’sishi natijasida ro’y bergan bo’lsa, milliy
iqtisodiyotning zaiflashishidan dalolat deb qaralmaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to’lov balansining ma’lumot
beruvchi qoldig’i deb qaraladi. Chunki bu qoldiq bilan birga ichki iqtisodiy
siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning
moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining
musbat qoldig’i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan
dalolat beradi, va aksincha, manfiy qoldig’i ( ya’ni joriy operatsiyalar hisobi
balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun
to’lovlarni amalga oshirishga va transfert to’lovlarini moliyalashtirishga majbur
bo’lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to’lov balansining
musbat qoldig’iga ega mamlakat milliy jamg’armalarning bir qismini kapitalni
ichki jamg’arishga yo’naltirish o’rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig’i joriy operatsiyalar balansi
holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko’rsatadi.
194
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda
qoldirishlar» moddasiga to’g’ri keladi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig’i to’lov balansi umumiy (yakuniy)
qoldig’ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo’lib norezidentlarning mamlakatga
nisbatan likvidli talablarning ko’payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli
aktivlardagi mamlakat rasmiy zahiralarning ko’payishidan ( kamayishidan)
dalolat beradi. Bu qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha
moddalarni qamrab oladi.
Qayd qiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob
kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning
boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining
kamayganligini) anglatgani holda valyuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi.
Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy to’lov balansi
tushunchasini yo’qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy
hisob kitoblar qoldig’ining oqibati, balki to’lov balansining boshqa bo’limlarida
hisobga olingan oqimlaridagi o’zgarishlarning sababchisi ham bo’lib qoldi.
0> Do'stlaringiz bilan baham: |