Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


Mamlakat to’lov balansining taxminiy ko’rinishi (raqamlar shartli)



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

  Mamlakat to’lov balansining taxminiy ko’rinishi (raqamlar shartli) 
Moddalar nomi 
Kredit (+) 
yoki 
eksportdan 
tushumlar 
Debet (-) yoki 
import uchun 
xarajatlar 
Sof kredit 
yoki sof 
debet 
Joriy operatsiyalar hisobi 
 
 
 
Tovarlar 
+185 
-260 
-75 
Tashqi 
savdo 
balansining 
qoldig’i 
  
 
-75 
Xizmatlar 
+85 
-97 
-12 
Investitsiyalardan 
daromadlar 
(foizlar va divedentlar) 
+28 
-20 
+8 


 
188 
 
Transfert  ko’rinishidagi  pul 
o’tkazmalari 
+10 
-18 
-8 
Joriy  operatsiyalar  bo’yicha 
balansning qoldig’i 
 
 
-87 
Kapital harakatining hisobi 
 
 
 
Investitsiyalar  va  boshqa  o’rta 
va uzoq muddatli kapital 
+150 
-87 
+63 
Kapital  harakati  balansining 
qoldig’i 
 
 
+63 
Joriy  operatsiyalar  va  kapital 
harakati  bo’yicha  balansning 
qoldig’i 
 
 
-24 
Rasmiy 
zahiralar 
(oltin, 
XFVdagi zahiralar) 
+24 
 
+24 
 
To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy 
operatsiyalar  va  kapital  harakati  bilan  bog’liq  operatsiyalar.  Shunga  ko’ra  to’lov 
balansi strukturasi ham ikki qismdan iborat:  
1. Joriy operatsiyalar hisobi; 
2. Kapital harakati hisobi. 
Joriy  operatsiyalar  hisobida  mahsulotlar  va  xizmatlar  eksporti  «qo’shish», 
import esa «ayirish» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida 
ichki  mahsulotlar  eksporti  kredit,  aksincha  mamlakatga  mahsulotlar  olib  kelish  - 
import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta 
ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta 
chiqib  ketishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o’z  navbatida  mamlakat  valyuta  zaxirasini 
kamaytiradi.  
Joriy  operatsiyalarning  asosiy  moddasi  tovarlar  eksporti  va  importi 
hisoblanadi,  ularning  farqi  tashqi  savdo  balansining  qoldig’i  deb  yuritiladi. 
Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan 
ko’ra ko’proq olib keladi (-75). 
Joriy  operatsiyalarning keyingi  moddasi  –  bu,  xizmatlar  (transport,  sug’urta, 
sayyohlik  xizmatlari  va  boshqalar)  eksporti  va  importidir.  Misolimizda  tovarlar 
bilan  bo’lgan  operatsiyalardagi  kabi  xizmatlar  bilan  bo’lgan  operatsiyalarda  ham 


 
189 
 
mamlakat  xorijiy  xizmatlarni  ko’proq  oladi  ya’ni,  masalan,  mamlakatda 
yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko’proq 
boradilar,  shuningdek,  mamlakatdagi  tadbirkorlarga  xorijiy  transport  va  sug’urta 
xizmatlarini  ko’rsatish  hajmi  xorijiy  tadbirkorlarga  mamlakatda  trasport  va 
sug’urta  kompaniyalari  ko’rsatadigan  xizmatlar  hajmiga  qaraganda  yuqoriroq  va 
h.k. Bu operatsiyalar bo’yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12). 
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z 
ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha 
tushumlar  mamlakat iqtisodiyotiga  jalb etilgan  xorijiy  kapital uchun  to’lanadigan 
to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8). 
Transfert  ko’rinishida  pul  o’tkazishlar  shu  mamlakatlarning  xorijda 
yashayotgan  fuqarolariga  to’lanidagan  nafaqalarni,  muhojirlarning  xorijdagi  o’z 
qarindoshlariga  pul  o’tkazmalari,  turli  ko’rinishdagi  hukumat  yordamlarini  o’z 
ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki,  xorijga  jo’natilayotgan pul  o’tkazishlar 
miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy 
valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8). 
Joriy  hisoblar  bo’yicha  barcha  operatsiyalar  yig’indisi  joriy  operatsiyalar 
balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import 
operatsiyalari  natijasida  xorijiy  valyutaga  bo’lgan  talab  uning  eksport 
operatsiyalari  ta’minlaydigan  taklifdan  ortiq  bo’lishini  anglatadi.  Boshqacha 
aytganda,  ushbu  holda  mamlakat  to’lov  balansi  joriy  operatsiyalar  bo’yicha 
kamomadga ega.  

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish